Mavzu: “ilk qadam” davlat o`quv dasturi va uning qabul qilinishining maktabgacha ta’lim sohasida rivojlanishdagi o’rni


O‘quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish



Yüklə 291,89 Kb.
səhifə7/12
tarix23.12.2023
ölçüsü291,89 Kb.
#155650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
“ILK QADAM” DAVLAT O`QUV DASTURI KURS ISHI

O‘quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish
O‘quv-tarbiyaviy faoliyat guruhning kundalik ish tartibiga tayanadi va unda pedagog tomonidan rejalashtirilgan kundalik harakatlar, bolalar o‘yinlari, bo‘sh vaqt va o‘quv-tarbiyaviy faoliyat turlari navbatma-navbat amalga oshiriladi3.
O‘quv-tarbiyaviy faoliyat ta’lim va ijtimoiy ehtiyojlar (salomatlik, ovqatlanish va xavfsizlik)ni qondirish maqsadida bolaning yoshi va individual rivojiga asoslanuvchi o‘quv rejasiga muvofiq olib boriladi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat bola hayoti va uning atrofidagi muhitdan kelib chiquvchi yagona bir butun mavzuga birlashtiriladi4.
O‘quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish ta’lim sharoitlariga bog‘liq holda integratsiya, xilma-xillik va moslashuvchanlik tamoyillaridan tarkib topadi.
O‘quv-tarbiyaviy faoliyatda quyidagi rejalashtirish turlari mavjud:

  • yillik mavzuviy;

  • haftalik.

Rejalashtirishda faoliyatning maqsadlari, mavzusi, mazmuni va turlari ifodalanadi. Faoliyat turini tanlashda nafaqat o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning umumiy maqsadlari, balki rivojlanish sohalari bo‘yicha maqsadlar, faoliyat mazmuni va turlarini integratsiyalash ham hisobga olinadi.
Rejalashtirishda kun tartibini hisobga olish zarur. Kun tartibi ish sur’atini belgilaydi va bolaga bir faoliyatdan boshqasiga oson o‘tishda yordam berishi lozim. SHuni yodda tutish joizki, o‘yin maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyati hisoblanadi. Kun tartibini tuzishda kunduzgi uyqu, dam olish vaqti va sayrga chiqish vaqti hisobga olinadi.
Yillik mavzuviy reja.
Yillik mavzuviy rejada har bir yosh guruhi uchun oy mavzulari va hafta mavzulari aks ettiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasasi hudud yoki boshqa xususiyatlarni hisobga olgan holda o‘zining yillik mavzuviy rejasini tuzishga haqli. Mazkur mavzuviy reja maktabgacha ta’lim muassasasining Pedagogika kengashida tasdiqlanadi5.
Haftalik reja
Haftalik reja yillik mavzuviy rejaga asoslanadi va haftaning kichik mavzulari, shuningdek, mazkur mavzu bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Haftalik reja barcha rivojlanish sohalari bo‘yicha maqsadlarni belgilash, tegishli markazlarni tayyorlash, mashg‘ulotlarni hafta mavzusiga mos ravishda taqsimlashga yo‘naltirilgan. Hafta mavzusi barcha erkin faoliyat markazlari orqali o‘tishi lozim. Haftalik rejada guruhdagi va sayr vaqtidagi didaktik va harakatli o‘yinlar rejalashtiriladi6. Bolalar bilan olib boriladigan ishning mazmuni va izchilligi faoliyat turi (faol faoliyat / passiv faoliyat; individual faoliyat / kichik guruhda, katta guruhda; tarbiyachi rahbarligi ostida o‘tadigan faoliyat / bola rahbarligi ostida o‘tadigan faoliyat) va uni o‘tkazish joyi (xona ichidagi faoliyat / ko‘chadagi faoliyat)ni hisobga olgan holda rejalashtirilishi kerak.
Haftalik reja xilma-xil va moslashuvchan bo‘lishi lozim. Boshqacha aytganda, ob-havo o‘zgarishi va bolaning qiziquvchanligini hisobga olgan holda, rejalashtirilayotgan faoliyat boshqasiga almashtirilishi yoki faollik vaqti biroz ko‘proq yoxud kamroq vaqtga mo‘ljallanishi mumkin. Masalan, agar tarbiyachi bahorgi gullagan bog‘ga borishni rejalashtirgan bo‘lsa-yu, ob-havo juda yomg‘irli bo‘lsa, bu tadbirni xonada o‘tkazishning imkoni bo‘lgan boshqa tadbirga almashtirishi mumkin.
Haftalik reja – bu tarbiyachining ish jurnali va mashg‘ulotlar konspekti. Tarbiyachining ish jurnali quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi:

  • titul varag‘i;

  • guruhning iliq va sovuq davrdagi kun tartibi;

  • ertalabki badantarbiya kompleksi;

  • guruhda sentyabrdan avgustgacha bo‘lgan ta’lim jarayonini rejalashtirish tarkibiga ertalabki suhbat, sayr, kunning ikkinchi yarmi kiradi;

  • haftalik ish tahlili;

  • ilovalar.

Mashg‘ulotlar konspektlarida maqsadlar, faoliyatning qisqacha ta’rifi, zaruriy jihozlar ifodalanadi. Mazkur konspektlar tavsiyaviy xarakterga ega va tarbiyachi tomonidan ijodiy o‘zgartirilishi mumkin.

Yüklə 291,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə