Mavzu: “ilk qadam” davlat o`quv dasturi va uning qabul qilinishining maktabgacha ta’lim sohasida rivojlanishdagi o’rni



Yüklə 291,89 Kb.
səhifə5/12
tarix23.12.2023
ölçüsü291,89 Kb.
#155650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
“ILK QADAM” DAVLAT O`QUV DASTURI KURS ISHI

ota-onalar va mahalliy hamjamiyat bilan hamkorlik yangilangan shaklda taklif etildi, bunda ota-onalar va pedagoglarning umumiy maqsadi bolaga ta'lim va tarbiya berishdir; pedagog, oila va mahalliy hamjamiyat o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun yanada xilma-xil imkoniyatlar taklif etildi;

  • ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etish tamoyillari bolalarning qiziqishlariga ko‘ra, mustaqil faoliyatlarini amalga oshirish imkoniyatlarini ta'minlashda ta’lim muhiti imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan rivojlantiruvchi muhit to‘g‘risidagi ma'lumotlar bilan to‘ldirildi;

  • Takomillashtirilgan o`quv dasturining IV bobining “Maktabgacha yoshdagi bolaning rivojlanishida o‘yinning roli va maktabgacha ta’lim tashkilotining ta’lim va tarbiya jarayonida uning ahamiyati” bandida o'yinning ta’lim-tarbiya jarayonidagi rolining batafsil tavsifi keltirilgan.

  • Dasturning inklyuziv xususiyati MTTning alohida ehtiyojli har bir bolaning alohida ta'lim ehtiyojlari va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’limda qo‘shimcha yordam ko‘rsatish majburiyatlari bilan mustahkamlandi;

  • Rivojlanish markazlarida tashkil etilgan bolalarning faoliyati loyiha mavzusi bilan to‘ldirildi;

  • Namunaviy kun tartibida ta’lim va tarbiya jarayoniga ajratilgan vaqt o‘zgartirildi, bu esa o‘z o‘rnida bolalarning erkin o‘yin faoliyati, bolalarning qiziqishlariga ko‘ra mustaqil faoliyatiga, shuningdek, mavzuli loyiha faoliyatiga ko‘proq vaqt ajratish imkonini beradi;

  • O‘zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq, xalqaro tajribani, shuningdek, boshlang‘ich ta’lim bilan uzviylikni ta’minlash maqsadida o‘quv reja qisman o‘zgartirildi;

  • bola rivojlanishini kuzatish va ba holash jarayonini optimallashtirish uchun bolaning rivojlanish xaritalari qisman o‘zgartirildi. Dasturning V bobi qayta ko`rib chiqildi va qo`shimchalar kiritildi. Pedagog bolalarni turli joylarda, turli vaqtlarda va turli sharoitlarda kuzatadi. Kuzatish natijalarini bola rivojlanishi xaritasida hujjatlashtiradi. Bolaning rivojlan tirishxaritasi yilga uchmarta (o'quv yilining boshi, o'rtasi va oxiri) har bir bola uchun individual ravishda to'ldiriladi.

  • Takomillashtirilgan davlat dasturi 10 ta ilovadan iborat bo`lib, (birinchi nashrda 7 ta ilovaberilgan) deyarli barcha ilovalarga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilgan.9-ilovada guruhlarda rivojlanish markazlarining taxminiy joylashuvi quyidagicha ko`rsatilgan:

    • Rivojlanish uchun mos jismoniy faollik uchun joylar

    • Bolalar faoliyatining muayyan amaliy turlari uchun imkoniyat.

    • O‘zgarish va xilma-xillik.

    • Xavfsiz o‘quv muhiti

    10-ilovada guruhlardagi rivojlanish markazlari va rivojlantiruvchi muhit uchun materiallarning namunaviy ro‘yxati keltirilgan
    Davlat o‘quv dasturini tadbiq etishda pedagoglarga yordam tariqasida "Ilk qadam" davlat o‘quv dasturiga uslubiy yordam sifatida o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar to‘plami taklif etiladi. Toʻplam MTV mutaxassislari tomonidan BMTning Oʻzbekistondagi Xalqaro bolalar jamgʻarmasi (UNICEF) bilan birgalikda ishlab chiqilgan boʻlib, oltita qoʻllanmani oʻz ichiga oladi: “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ta’lim dasturlarini ishlab chiqish”; “Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida ta’lim jarayonini rejalashtirish”; "O‘yin orqali ta’lim olish"; “Maktabgacha ta’limda ta’lim jarayonini individuallashtirish. Alohida ehtiyojli bolalar inklyuziyasi”; “Oilalar va mahalliy jamoatchilik bilan hamkorlik”; "Kuzatish va baholash".
    Loyihaviy mavzuli faoliyatni rejalashtirish va amalga oshirish uchun "Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim va tarbiya jarayonini mavzuli rejalashtirish" qo‘llanmasi taklif etiladi.



    1. ILK QADAM” DAVLAT O'QUV DASTURI TARKIBIY TUZILISHI

    Maktabgacha ta'lim muassasasining davlat o'quv dasturi "O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablari"ga muvofiq ishlab chiqilgan me'yoriy-huquqiy hujjat bo'lib, unda maktabgacha ta'lim muassasasining maqsad va vazifalari, o'quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g'oyalari, maktabgacha yoshdagi bolalarni ta'limning keyingi bosqichiga o'tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilab berilgan O'zbekiston Respublikasida faoliyat ko'rsatayotgan barcha maktabgacha ta'lim muassasalari uchun (davlat, nodavlat, maxsus va boshqalar) ushbu dastur asosiy manba bo'lib xizmat qiladi.


    O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta'lim muassasalarida:

    • davlat maktabgacha ta'lim muassasalari;

    • maktabgacha ta'lim sohasida xizmat ko'rsatuvchi nodavlat muassasalari;

    • maktabgacha guruhlarga ega bo'lgan Mehribonlik bolalar uylari;

    • maktabgacha va boshlang'ich ta'limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlarida ushbu davlat o'quv dasturini qo'llash majburiydur.

    Davlat o'quv dasturi VII bobdan iborat bo'lib, 1 bobda MTT davlat o'quv dasturini qo'llash va MTT ning maqsad va vazifalari aks ettirilgan. Davlat o'quv dasturi variativ o'quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi. Ta'lim muassasalari Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o'quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega.
    Ta'lim tashkiloti Davlat o'quv dasturi asosida o'zining MTT ishchi o'quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta'lim muassasasining ishchi o'quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida asdiqlanadi.
    Davlat o'quv dasturida MTTning quyidagi maqsad va vazifalari belgilab berilgan: bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid Davlat talablari asosida hamda Davlat o'quv dasturiga muvofiq;

    • uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shartsharoitlar yaratish;

    • maktabgacha yoshdagi bolalarning o'quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish;

    • bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish;

    • bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o'zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish.

    II bob - MTT ta'lim jarayonining maqsad va tamoyillari deb nomlanib, u quyidagilarni:
    - MTT ta'lim jarayonining maqsadlari - MTTda ta'lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari
    - Qo'shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil qilish
    - Alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan ta'lim faoliyati
    - Ota-onalar bilan hamkorlikni o'z ichiga oladi. Davlat dasturida MTM ta'lim jarayonining maqsad va tamoyillari aks ettirilgan bo'lib:
    - O'quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir.
    MTTda ta'lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari: bola huquqlari, o'ziga xos rivojlanish xususiyat va salohiyatlarini hisobga olish; ta'lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o'zaro bog'liqligi; bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari,shu jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish; bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo'llab-quvvatlash; o'yin orqali ta'lim berish va rivojiantirish;bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish; bola uchun xavfsiz muhitni ta'minlash; MTMning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi; milliy madaniy an'analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish.
    Alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan ta'lim faoliyati. Maktabgacha ta'lim muassasasida alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalarni qo'llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari javobgar bo'ladi. Zarurat tug'ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta'lim muassasasi rahbariyati, tor ixtisosdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, bola (uning rivojlanishi) uchun o'quv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi. Ota-onalar bilan hamkorlik Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlash uchun maktabgacha ta'lim muassasasi ota-onalar bilan o'zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin:

    • ota-onalarning maktabgacha ta'lim muassasasi borasidagi fikrlarini hisobga olish;

    • ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish;

    • ota-onalarni o'quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashisbga jalb etish;

    • ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash.

    Ill bob - Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishda kompetensiyaviy yondashuv deb nomlanib, dastur majburiy 5 ta ta'lim sohasini o'z ichiga oladi.

    • Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzini shakllantiris sohasi kompetensiyalari

    • Ijtimoiy-hissiy rivojlanish sohasi kompetensiyalari Nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari sohasi kompetensiyalari

    • Bilish jarayonining rivojlanishi sohasi kompetensiyalari Ijodiy rivojlanish sohasi kompetensiyalari

    Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh] bolaning umumiy muhim kompetensiyalari
    - Kompetensiya bolaning bilim, ko'nikma, malaka va qadriyatlari
    majmuidir. Boshlang'ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat'iy nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi.
    - Kommunikativ kompetensiya - muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko'nikmasi.
    - O'yin kompetensiyasi - bolaning o'yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko'nikmalardan ijodiy foydalanishi.
    O'quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi.
    - Ijtimoiy kompetensiya - hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me'yorlariga rioya qilgan holda o'zini tutish mahorati.
    - Bilish kompetensiyasi - atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko'nikma, malaka va qadriyatlardan o'quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish.
    VI - O'quv-tarbiyaviy faoliyat bobida O'zbekiston Respublikasidagi barcha MTTlarda tashkil etiladigan o'quv va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish masalalarini o'z ichiga oladi.
    Bunda MTTlarda o'quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish turlari yillik mavzuviy va haftalik ish rejalari va tarbiyachi tomonidan rejalashtirishni amalga oshirish yoritib beriladi.
    O'quv-tarbiyaviy faoliyat O'zbekiston Respublikasining ilk va maktab yoshidagi bolalarni rivojlantirishga oid davlat talablari asosida amalga oshiriladi.
    V bob Bolaning rivojlanish sohalari bo'yicha yutuqlari MTM pedagoglari tomonidan bolaning rivojlanishini kuzatib boorish xaritasi yiliga uch marta to'ldiriladi (3 dan 7 yoshgacha bo'lgan davrni o'z ichiga olgan) shuningdek, 6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaritasi ham to'ldiriladi. Bu xarita Davlat dasturiga muvofiq bolar rivojlanishning beshta sohasi kompetensiyalari bo'yicha kutilayotgan natijalar ifodalanadi.
    VI bob Rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish bobida Maktabgacha ta'lim muassasasida quyidagi mazmunda:
    - ko'rgazmali-rivojlantiruvchi
    - madaniy-tarixiy qadriyatlar:
    - milliy va mintaqaviy an'analar;
    - tabiat, iqlimdan kelib chiquvchi xususiyatlarga mos bo'lishi
    yoritiladi;
    VII bob Ilovalarni o'z ichiga olib ushbu dasturni amaliyotda qo'llashning mazmun va mohiyati yoritib beriladi.
    Dastur - muhim vosita bo'lib, uning yordamida tarbiyachilar (mutaxassislar) O'zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojiga oid Davlat talablariga muvofiq muayyan yosh guruhidagi bolalar uchun eng maqbul va samarali shakllar, metodlar va ta'lim jarayonini tashkil qilish yo'llarini belgilaydi.
    Dastur uchta asosiy bo'limni qamrab oladi:

    Yüklə 291,89 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə