Mavzu: “ilk qadam” davlat o`quv dasturi va uning qabul qilinishining maktabgacha ta’lim sohasida rivojlanishdagi o’rni



Yüklə 291,89 Kb.
səhifə4/12
tarix23.12.2023
ölçüsü291,89 Kb.
#155650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
“ILK QADAM” DAVLAT O`QUV DASTURI KURS ISHI

2018-yiI - O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan "Ilk qadam" o'quv dasturi qabul qilindi.
Maktabgacha ta'lim jadal rivojlanayotgan ta'lim sohasi bo‘lib, u butun dunyo va mamlakatimizdagi ta'lim sohasi mutaxassislari va tadqiqotchilarining diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Hozirgi kunda O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan davlat o‘quv dasturiga (2018-yil) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda ikkinchi nashrini yaratish zarurati tug‘ildi.
O‛zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun “Ilk qadam” davlat o‛quv dasturining takomillashtirilgan ikkinchi nashri O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq yaratildi.
Davlat o‘quv dasturining birinchi nashrini qayta ko‘rib chiqish uchun quyidagi omillar asos bo‘ldi:

  • 2019-yilda qabul qilingan “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va unda belgilab berilgan maktabgacha ta’lim va tarbiyaning asosiy tamoyillari, shuningdek, maktabgacha ta’limda davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari;

  • 2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni;

  • Dasturning birinchi nashrini qo‘llashda orttirilgan tajriba va uning tahlili;

  • 2021-yilda respublikamizning barcha hududlarida maktabgacha ta'lim boshqaruv organlari mutaxassislari, MTTning davlat, nodavlat va muqobil shakllari pedagoglari va metodistlari o‘rtasida o‘tkazilgan manzilli milliy so‘rov natijasida aniqlangan fikr va takliflarining inobatga olinganligi;

  • Maktabgacha ta’lim dasturlarini yaratish bo‘yicha o‘tgan yillar davomida to‘plangan xalqaro tajriba. Aynan, UNESCO ta'limning xalqaro standart tasnifi TXCT UNESCO 106-bandiga muvofiq ta'lim dasturlari tasnifi http://uis.unesco.org/sites/default/files/documents/isced-2011-ru.pdf; Finlyandiya o'quv dasturining qiymat doirasi va kompetensiyalari /www.oph.fi/en/education-and-qualifications/national-core-curriculum-ecec-nutshell; Britaniya Kolumbiyasi maktabgacha ta’limi dasturi uchun kompetensiyalar; Avstraliya maktabgacha ta’lim tizimi dasturi uchun kompetensiyalar.

  • Davlat o‘quv dasturi – bu bolaning barkamol shaxs sifatida shakllanishiga qaratilgan bo‘lib, ta'lim va tarbiya jarayonining maqsadlari, vazifalari, tamoyillari, kutilayotgan natijalari, mazmuni va tashkil etilishini belgilaydigan tayanch hujjat hisoblanadi.

Mazkur hujjat maktabgacha ta'limning muqobil, parsial, moslashtirilgan dasturlarini ishlab chiqish uchun ham asosdir.
Davlat o‘quv dasturi ikkinchi nashrining asosiy jihatlariuning muqobilligi, moslashuvchanligi, individual xususiyatlarni hisobga olgan holda har bir bolaning ta'lim ehtiyojlariga qaratilganligidir.
Kiritilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar davlat oʻquv dasturining quyidagi jihatlarida o‘z aksini topdi:

  • ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish tamoyillari dasturning shaxsga yo‘naltirilganligi, bola shaxsini hurmat qilish va har bir bolaning farovonligini ta'minlash zaruratini ta'kidlash uchun batafsil ochib berildi va umumlashtirildi;

  • kompetensiyaga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlarini yaratish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda bolaning tayanch kompetensiyalari ochib berildi va to‘ldirildi;

  • bolalar va pedagogning o‘zaro hamkorligi yangi formatda, ya’ni "bolaning ovozini eshitish", uning fikrini hurmat qilish, shuningdek, bolalarning o‘quv jarayonlarida ishtirok etishim koniyatlarini rivojlantirish va ko‘paytirishga; loyiha faoliyati uchun mavzularni tanlashda bolalar tashabbusi va imkoniyatlarini kengaytirishga; individual tarzda va kichik guruhlarda ishlash uchun rivojlanish markazini tanlashga; kun davomida bolalar bilan o‘quv faoliyatini birgalikda rejalashtirish, ta’lim olshni rivojlantiruvchi muloqot orqali birgalikda baholashga asoslangan holda taqdim etildi;

  • Dasturning I bobi 3-bandida pedagogning roli ko`rsatib berildi.Ya’ni, pedagog fasilitator sifatida bolalarga ta’lim va tarbiya berishda o‘z bilimi, ko‘nikma va resurslaridan foydalanadi. Inklyuzuv muhitni rejalashtiradi va yaratadi, bolaning rivojlanishiga hissa qo'shadi, kasbiy faoliyatini hujjatlashtiradi va tahlil qiladi. Bola, ota-onalar va mahalliy jamoatchilik vakillarining fikri va tajribasini hurmat qiladi va o‘z ishini teng sheriklik asosida quradi.


  • Yüklə 291,89 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə