Mavzu: “ilk qadam” davlat o`quv dasturi va uning qabul qilinishining maktabgacha ta’lim sohasida rivojlanishdagi o’rni



Yüklə 291,89 Kb.
səhifə3/12
tarix23.12.2023
ölçüsü291,89 Kb.
#155650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
“ILK QADAM” DAVLAT O`QUV DASTURI KURS ISHI

1953-yil - bolalar bog'chasida ta'limga ilmiy yondashuv munosabat bilan qo'llanma qayta ishlab chiqildi. Ushbu bolalar egallashi lozim bo'lgan bilim mundarijasi aniq yoritib berildi.
1959-yiI - maktabgacha tarbiya muassasalarini yanada rivojlantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ularga tibbiy xizmatni ko'rsatishni yaxshilash choralari to'g'risidagi qarori qabul qilinadi. Unda mahalliy sharoit va imkoniyatlarini nazarda tutib, bolalar muassasalari ishini ikki "yasli" va "bolalar" bog'chasini yagona Maktabgacha ta'lim bolalar muassasasi qilib birlashtirish va maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashning yagona programmasini tuzish belgilandi.
1964-yil - bolalar bog'chasida tarbiya programmasi nashr etildi. Unda ilk yoshdan to maktabga tayyorlov yoshgacha bo'lgan davrlarda olib boriladigan ta'lim - tarbiya ishlari yoritib berildi. 1972-yil - maktabgacha ta'lim muassasalarining yangi "Bolalar bog'chasida tarbiya programmasi bilan ishlashga o'tkazish to'g'risidagi 1972-yil may qaroriga binoan yangi programma qabul qilindi. Programmada - bolalar bog'chasining vazifalariaqliy,axloqiy, jismoniy, estetik, mehnat, o'yin mashg'ulotlar ro'yxati va haftalik taqsimoti, guruhlar bo'yicha bolalarni tarbiyalash vazifalari, ularning rivojlanish xususiyatlari, o'quv faoliyatining boshlang'ich formalarini egallash, tarbiyachi va otaonalar hamkorligi masalalari aks ettirilgan edi. 1978-1980-yilIar - bolalar bog'chasida ta'lim-tarbiya programmasi takomillashtirildi va qayta nashr etildi. 1980-1999-yillar - bolalar bog'chasida ta'lim-tarbiya programmasining bir necha bor takomillashtirish jarayonlari bo'lib o'tdi. Mustaqilligimizning ilk mevasi bo'lgan "Uchinchi ming yillikning bolasi" dasturi qabul qilindi. Unda bolalarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash va ularga ta’lim berishning uch asosiy: ma'naviy, jismoniy va nutq rivojlanishi yo'nalishlari belgilab berildi. 2010-yil - O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim Vazirligi tomonidan "Bolajon" tayanch dasturi nashrga tavsiya etildi.

Yüklə 291,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə