Xudoyberdi To'xtaboyevning "Mungli ko'zlar" asari tahlili Hoshimova Gulnoza



Yüklə 3,9 Mb.
səhifə3/5
tarix28.11.2023
ölçüsü3,9 Mb.
#135597
1   2   3   4   5
2027-guruh Hoshimova Gulnoza mustaqil ish

Personajlar tahlili
Aqlli, ko'p kitob o'qiydi, to'g'riso'z, halol, asar so'ngida o'ziga o't qo'yadi
Akbar
Dimog'dor, kibrli, asar oxirida ancha yaxshi tomonga o'zgaradi
Zafar
Qiziqqon, janjalkash, beparvo, asar yakunida fojiali o'lim topadi
Zufar
Aqqli, chiroyli, mehribon, asar so'ngida og'ir xastalikka chalinadi
Nigora

Asardagi Akbar personaji

Oilaning to'ng'ich farzandi Akbar esa tug'ma nogiron bo'lsa-da, ularning bu ishlari uzoqqa bormasligini ich-ichidan his qilardi. Shuning uchun ham qaysarlik qilib ovqat yemas, oyisi olib bergan kiyimlarni ham kiymas edi. Akbar qalbi butun va sergak bola edi. U to'g'riso'zlikni, halollikni muallimi Atoullo Isayevichdan o'rgangan edi. Akbar shu sababli oiladisidagi manmanlik ustun bo'lgan muhitni deyarli qabul qilolmasdi. Chunki Akbar halol mehnat mevasini ko'rish gashtini ustozidan o'rgangan edi. Ko'pchilik farzandlar qatori Akbar ham Zafar gam ota-onalarini birdek yaxshi ko'rishar, hurmatlarini joyiga qo'yishardi. Faqat Akbargina otasining poraxo'r, onasining esa chayqovchi ekanligini sira ham hazm qilolmasdi. Akbar qachondir bu ishlarning oqibati yaxshi bo'lmasligidan qo'rqib yashaydi.

Asardagi Zafar personaji

Zafar ota-onasi bilan faxrlanar, qalbi g'ururga to'la bo'lib ularga o'xshashni juda istardi. Zafar hamma narsasini: dang'illama uyini, ota-onasini, o'smirlik davrini, akasi Akbarni, ukasi Zufarni yo'qotadi. Boy paytida "do'stim" deb yurganlarning xiyonatiga uchraydi, aksincha, dushman deb yurgan Atoullo muallimdan esa ko'p marhamat ko'radi, ammasining mehribonchiligini ko'rib yonida suyanadigan tog'i borligini his etadi. Zafar asar nihoyasida shunday iqrorga keladi:"... Bu yerdan eson-omon chiqsam, sen orzu qilgandek, halol yashayman, eshityapsanmi, akajon halol yashayman! Bu gapni men senga, mana, yig'lab aytyapman. Haromxo'rlikka qarshi kurashaman, ehtimol, orzum ushalib, prokuror bo'larman. Lekin kurashaman, qattiq kurashaman..."

Asardagi kulminatsion nuqtalar


Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə