Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Qandli diabet diabet tiplarining fiziologik asoslari haqida


Irsiyat. Albatta, kasallik ta’sir etuvchi omillar bo’lmaganda rivojlanmaydi, lekin moyillik yuqori bo’ladi. Semizlik



Yüklə 66,92 Kb.
səhifə3/13
tarix02.03.2023
ölçüsü66,92 Kb.
#101783
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Qandli diabet tiplarining fiziologik asoslari.

Irsiyat. Albatta, kasallik ta’sir etuvchi omillar bo’lmaganda rivojlanmaydi, lekin moyillik yuqori bo’ladi.

  • Semizlik. Ortiqcha vazn ikkinchi turdagi diabet shakillanishiga olib keladi.

  • Kasalliklar. Insulin ishlab chiqarish uchun javobgar β-hujayralari shikastlanishiga olib keluvchi kasalliklar. Ularga pankreatit, me’da osti bezi saratoni, boshqa endokrin bezlar kasalliklari kiradi.

  • Virusli infeksiyalar — qizamiq, suvchechak, yuqumli gepatit va boshqa kasalliklar. Ushbu infektsiyalar diabet rivojlanishiga hissa qo’shadi. Ayniqsa, xavf guruhida bo’lgan insonlar uchun.

  • Asabiylashish, stress. Stress, asabiylashishdan yiroq bo’lish tavsiya etiladi.

  • Yosh. Yosh ortishi bilan har o’n yilda diabet rivojlanish ehtimoli ikki barobarga ortadi.

    Bu ro’yxatga ikkilamchi diabet chaqirishi mumkin bo’lgan omillar kiritilmagan, chunki asosiy omil bartaraf etilganda kasallik ham tuzalib ketadi.
    Bundan tashqari, kasallik rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir o’tkazishi mumkin:

    • Feoxromositoma — buyrak usti bezi o’simtasi, natijada insulinga aks ta’sir etuvchi gormonlar ko’p ishlab chiqariladi;

    • Buyrak usti bezlari giperfaolligi (giperkortitsizm);

    • Gipertireoz;

    • Jigar sirrozi;

    • Uglevodlarga sezuvchanlik buzilishi;

    • Vaqtinchalik giperglikemiya — qonda glyukoza miqdorining vaqtinchalik oshishi.

    Muammoning eng muhim asosi to’qima bilan insulin o’zaro ta’sirlashuvi buzilishi hisoblanadi. Glyukoza organizmga hayotiy jarayonlarni davom ettirish uchun asosiy energiya substrati sifatida kerak. To’qimalarga glyukozaning o’tmasligi, glyukozaning glikogen sifatida jigarda depo bo’lib to’planmasligi uning qondagi miqdorini oshishiga sabab bo’ladi. Ana shu o’zgarishlar qandli diabet nomini oladi.
    Har qanday giperglikemiya haqiqiy diabet deb sanalmaydi. Faqat insulin ta’sirida kechadigan o’zgarishlarga bunday kasallik deb qaraladi.

    Yüklə 66,92 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə