Xulosa va tavsiyalar


Harakatga oʻrgatishning oʻziga xos xususiyatlari



Yüklə 26,54 Kb.
səhifə2/4
tarix19.12.2023
ölçüsü26,54 Kb.
#150678
1   2   3   4
kurs ishi 2023.TAYOR JMN (2) (3)

1.2. Harakatga oʻrgatishning oʻziga xos xususiyatlari

Jismoniy tarbiya jarayonidagi ta'limning asosiy xususiyati bu, oʻrgatishning harakat malakalari va maxsus bilimlarni egallashga qaratilganligidir. Shu narsa harakterliki, oʻrgatish shugʻullanuvchining jismoniy rivojlanishi bilan mahkam bogʻlangan boʻladi. Ta'lim-tarbiya amaliyotining turli sohasi boʻlganidek, jismoniy tarbiya jarayonida ham oʻqitish muallim va oʻquvchining birgalikdagi ijodiy faoliyatidan tashkil topadi, bunda oʻqituvchi etakchi rol oʻynaydi. Jismoniy tarbiya jarayonida oʻrgatish natijasi jismoniy ma'lumot hisoblanadi. Harakat faoliyatiga oʻrgatish (yoki jismoniy mashqni oʻrgatish, agar konkret harakat faoliyati boʻladigan boʻlsa) — bu, kichkina pedagogik vazifa demakdir. Harakat faoliyatiga oʻrgatish deganda, jismoniy mashqni oʻrgatish, konkret harakat faoliyati va bilim berish uchun materialni oʻrgatish nazarda tutiladi. Harakat faoliyati tarkibiga harakatinnng oʻzi kiradi yoki tom ma'noda "harakatga oʻrgatish" termini ishlatiladi. Harakat faoliyatiga oʻrgatish jarayonida harakat malakasi shakllanadi, shu bilan bir vaqtda, jismoniy sifatlar (kuch, tezkorlik, chidamlilik va boshqalar) rivojlantiriladi. Ikkala jarayon ham bir-birini taqozo etadi, ammo uslublari, ba'zan vositalari jihatidan farq qiladi. Shuning uchun real pedagogik jarayonda ba'zan oʻrgatishga (malakaning shakllanishiga) yoki jismoniy sifatlarni rivojlantirishga e'tibor beriladi. Harakat faoliyatiga oʻrgatishning oʻziga xos xususiyatlari quyidagicha:


1. Oʻquvchilarning faolligi oʻquv materialini oʻzlashtirishning zaruriy sharti hisoblanadi. Bolaning jismoniy mashqlar ni oʻrganishi uning oʻquv-mehnat faoliyati hisoblanadi. Bu faoliyat undagi jismoniy va ruhiy kuchlarni sarflashni taqozo etadi.
2. Harakat koʻnikmalari tizimini shakllantirish. Faqat faoliyat tizimigina jismoniy tayyorgarlik tavsifini belgilaydi. Tizimlar varianti juda koʻp. Chunonchi, ular jismoniy tarbiyaning yoʻnalishi va uning aniq vazifalariga bogʻliq holda tanlab olinishi kerak.
3. Harakat faoliyatiga oʻrgatish bilan jismoniy sifatlarni tarbiyalashning oʻzaro aloqadorligi. Ikkala jarayonning ham shartligi oʻz yoʻnalishida ifodalanadi: ayrim harakat faoliyatiga oʻrgatishni jismoniy sifatlarning darajasisiz amalga oshirish mumkin emas. Masalan, tirmashishni oʻrgatish qoʻl muskullarining etarli darajadagi kuchini talab qiladi. Harakat koʻnikmasining shakllanishi tegishli jismoniy sifatlar darajasining oshishi bilan bir vaqtda oʻtadi. Masalan, kichik koptokni uloqtirish kuch va tezkorlik sifatining oʻsishiga qarab kuzatiladi. Shakllangan koʻnikmaning natijadorligi oʻziga xos sifatning darajasiga, u oʻz navbatida boshqa sifatlarning darajasiga bogʻliq. Masalan, qisqa masofaga yugurishni oʻrgatish paytida shiddatkorlik imkoniyatlari rivojlanadi, lekin ularning rivoji koʻproq kuch va chidamlilikning optimal (muqobil) darajasi chogʻida samaraliroq boʻladi. Faoliyatga oʻrgatishning natijadorligi faqat erishilgan jismoniy ma'lumot darajasiga qarab emas, egallangan jismoniy rivojlanish darajasiga qarab ham belgilanadi. Bilimlar tizimi va faoliyatlarni egallash, pedagogik jarayonni toʻgʻri tashkil qilish doimo jismoniy rivojlanish koʻrsatkichlarining oshishi bilan hamohanglikda boʻlishi kerak. Kichik maktab yoshidagi bolalar rivojlanishining yosh xususiyatlari bolalarni jismoniy tarbiyalash favqulodda murakkab va uzoq davom etadigan jarayon boʻlib, u bolani har tomonlama jismoniy rivojlantirish, organizmini chiniqtirish, jismoniy tarbiya mashgʻulotiga boʻlgan intilish va qiziqishlarini hosil qilishdan iborat. Bu muhim vazifalarni hal etish faqat bola organizmining anatomik-fiziologik xususiyatlarini qat'iy hisobga olish yoʻli bilan amalga oshiriladi, uning oʻsish va rivojlanishidagi asosiy qonuniyatlar e'tiborga olinadi. Yoshiga qarab rivojlanishning asosiy mohiyati faqat tana oʻlchamining oʻzgarishiga koʻra belgilanmaydi, u asosan organizmning oʻziga xos funksional oʻzgarishiga, astasekinlik va ketma-ketlik bilan oliy asab faoliyati rivojlanish xususiyatlarining shakllanishiga asoslanadi. Kichik maktab yoshidagi bolalar bosh miyasining yarim sharlari doimo oʻsib, 37 rivojlanib boradi. Bu yoshdagi bolalar miyasining yarim sharlari katta odamlarnikidan (relfi) yuza tuzilishi bilan farq qiladi. Bolalar taxminan 9-10 yoshga kirganda miya yarim sharlarining egriliklari bilan egatlari xuddi katta yoshdagi kishilarniki kabi holatni egallaydi. Katga yarim sharlarining, qanday boʻlmasin, biror qismi qoʻzgʻalganidan keyin, uning qoʻzgʻaluvchanligi susayadi va, aksincha, oʻsha qismi tormozlangandan keyin qoʻzgʻaluvchanligi orta boradi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda qoʻzgʻalish maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarnikiga qaraganda bir muncha turgʻunroq boʻladi, bu hol kichik maktab yoshidagi oʻquvchilar diqqat-e'tiborining uzayishiga olib boradi, demak, jismoniy tarbiya darslarida oʻtilayotgan oʻquv materialini ancha uzoq tushuntirishga, birinchi sinfdan yuqoriroq sinflarga oʻtgandan keyin esa tushuntirish muddatini asta-sekin uzaytirib borishga imkon beradi. Biroq kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarning yoshi ulgʻaygan sari ularda qoʻzgʻalish turgʻun boʻlmaydi, balki uning tormozlanish kuchi ortib boradi. Irradiasiya bir muncha jadalroq oʻtadigan va konsentrasiya ancha keskin ifodalanadigan boʻlib qoladi, shu bilan birga, oʻzaro induksiya ham tezlashadi va kuchayadi. Shu tufayli kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarda harakatlar koordinasiyasi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarnikiga qaraganda anchagina mukammal boʻladi. Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarning muskullari faoliyati uzoqroq davom etadi, ularning jismoniy tarbiya darsidagi harakat faoliyatini bajarishi birmuncha aniqroq boʻladi. Oʻsish xususiyatlarini tibbiy-biologik kuzatishlar, odam organizmining rivojlanishi va oʻsishi jarayonlari hayotiy faoliyatni alohida fazalarga ajratish imkonini beradi. Shunga asosan, fanda yoshlarni (umrni) davrlash ishlab chiqildi. Davrlar miqdor va sifati jihatidan bir-biridan farq qiladi. Miqdor jihatdan oʻzgarish asta-sekinlik bilan yuz beradi, soʻngra juda qisqa davrda organizm oʻz rivojlanishshshng yangi sifat holatiga oʻtadi, ya'ni yangi fazasiga kiradi. Organizm funksiyasi va morfologik oʻzgarishi, hayot davrining mazmunidagi xilma-xil tomonlarini hamda ularning bir-biridan farqlanish xususiyatlarini jismoniy mashq mashgʻulotlari paytida hisobga olish zarur. Hozirgi vaqgda fanda inson tushigan kundan etuk yoshiga erishguncha uning umri quyidagi yosh davrlariga ajratiladi. Insonning oʻsishi va rivojlanishi xususiyatlari bilan bogʻliq boʻlgan jarayonni ilmiy asosda boshqarish maqsadida, quyidagicha, davrlash qabul qilingan. Bolalar organizmining oʻsish va rivojlanish jarayoni notekis va intensiv ravishda takomillashadi. Ular hamma vaqt parallel ravishda bormaydi. Boʻyning nisbatan sekin oʻsishi davrida ba'zi organlar funksiyalari rivojlanishining kuchli taraqqiyoti kuzatiladi. Umuman, bolalar organizmi plastik va sirtdan boʻladigan sezilarli darajadagi taassurotlarga tez beriladi. Bu esa uning sifat jihatdan oʻzgarishiga va qayta koʻrilishiga olib keladi. Jismoniy mashqlar, biologlar nuqtai nazaridan, tashqi ta'sir etuvchi (qoʻzgʻovchi) vosita hisoblanadi. Natijada organizmda tegishli oʻzgarishlar sodir boʻladi hamda jismoniy rivojlanish va funksional koʻrsatkichlarning ma'lum siljishlariga olib keladi. Masalan, tana uzunligi, koʻkrak aylanasi va oʻpkaning tiriklik sigʻimi, muskul kuchi va boshqalar. Maktabda bolalarni oʻqitish 67 yoshdan boshlanadi. Bu kichik maktab yoshidagi davrning boshlanishiga toʻgʻri keladi. U 10-11 yoshgacha davom etadi. Tana uzunligining yillik oʻzgarishi bu davrda oʻrtacha 4,5 sm ga teng, tana massasi 23 kg, koʻkrak aylanasi 1,52 sm.Oʻqituvchilarni tayyorlash sifatini oshirishning muhim omillaridan biri talabalar - pedagogik nazoratni tashkil etishni takomillashtirish.Ta'lim jarayonida oʻquvchilarning bilim, koʻnikmalarini nazorat qilishni takomillashtirish yoʻllarini izlash fanlarni oʻqitish ilmiy yangi yoʻnalish emas,oʻquv jarayonida oʻquvchilarning pedagogik tayyorgarligi "mukammallik masalasi professor-oʻqituvchilarning tadqiqotlarida nazorat qilish, u ilmiy maqolalarida aks etgan.
Zamonaviy sharoitda jismoniy tarbiya jarayonida kompetensiyali yondashuvni amalga oshirish ta'lim, talabalarni oʻqitish jarayonida nazoratni takomillashtirish masalasi emas dolzarbligini yoʻqotdi. Aniqlashga qaratilgan pedagogik nazorat, talabalarning bilimlarini, koʻnikmalarini oʻlchash va baholash, ta'minlashning asosiy vositasidir ta'lim jarayonida teskari aloqani ta'minlash. Bu hozirgi boshqaruv bilan chambarchas bogʻliq, buni oʻqitish uslublarini takomillashtirish uchun zarur ma'lumotlarni taqdim etadi ta'lim intizomi. Pedagogika fanlari Psixologiya maxsus ishlab chiqilgan holda oʻtkazildi. Soʻrovnoma davomida talabalar.Soʻrov natijalarining ishonchliligini oshirish, oldindan oʻrganish jarayonida mavzular talabalarning bilimlarini, koʻnikmalarini nazorat qilish va baholash usullari kurs davomida oʻqituvchilar talabalar qanday ma'lumot olishdi pedagogik nazoratning mohiyati, uning vazifalari, usullari haqida bilimlarga ega boʻlishi lozim.


Yüklə 26,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə