Xvii-xix asrlarda Koreya madaniyati



Yüklə 11,41 Kb.
səhifə2/4
tarix30.12.2023
ölçüsü11,41 Kb.
#166039
1   2   3   4
Numonjonova Odinaxon

Bu Yevropadan to Yaqin Sharqgacha tarqatilgan edi. Hamda butun dunyo bu haqidagi yangi ma’lumotlarga ega bo’lishga muyassar bo’lgandi. Hindiston chegarasidan Afg’oniston va Tibetga Britaniya harbiylari bostirib kirishni xohlamagan edilar, lekin bu hududlardagi siyosiy jarayonlar bizning sarhadlarimizga tahdid solayotganligi va ularning biz bilan do’stlik munosabatlariga rozi bo’lmaganliklari bu ishlarimizga sabab bo’ldi deb aytib o’tadi . Lekin bu qilingan barcha ishlarda hech qachon muvofaqiyatga erisha olmagan edilar. XVIII asr boshlaridan XIX asr o’rtalarigacha Rossiya Hindistonga davo qilishi boshlandi va vaqt o’tishi bilan surinkali o’sishi zo’raydi. Rossiyaning Hindiston tomonga yurishi 1725 yilda boshlandi deb yozadi. Shunday bo’lsada XIX asrga kelganda Rossiya yetakchiligi sekinlasha boshlandi, ammo Hindiston chegaralari atrofidagi o’z harbiy ba’zalari mustahkamlangandi. Bora-bora 1850- yilgacha Britaniya va Rossiya Imperiyalari o’rtasidagi masofa ming milgacha qisqarib bordi. Shunday qilib bu o’rtadagi jarayonlar shu qadar yuzaga kela boshlangan edi. Bundan Afg’oniston ham mustasno qolmadi, chunki Hindiston va Rossiya Imperiyasi o’rtasidagi chegarani shu davlat tomonidan to’sqinlik qilinar edi. Rossiya va Britaniya Imperiyalari taqdiri oxirida “ Katta O’yin” jarayonlari Yevropada qaror topadigan bo’lgandi. Bular uchun Eron va Afg’onistonning muhimligi shundan iborat ediki, Britaniya Rossiyaning Hindistonga yaqinlashib qolishidan qo’rqardi. Rossiya ham Turkistonga yaqinlashishidan qo’rqar edi. Eron va Afg’oniston sharqida yashovchi kishilar aytadi: “tog’li urug’ qabilalari o’rtasida tinchlikni ta’minlash maqsadida bu davlatga kirishga harakat qila boshlangan edilar” 3 . Afg’onistonning xavfsizligidan bezovtalangan Britaniya dastlab Sank-Peterburg bilan muzokaralar olib borish uchun harakat qilishga qaror qilgandi va Rossiyaning ta’siri kuchayib ketishi aynan ushbu paytlarda unga mutloq joylashishidan tashqari o’zini bu davlatdan himoya qilishi kerakligi to’g’risida Afg’oniston bilan suhbatlashgan edi va aynan manashu paytda afg’on siyosiy rahbarlarini ishontirishga harakat qilgan edi. 1868-yildan 1874- yilgacha Kulidistonning birinchi kotibiyatida Hindiston tashqi ishlar vaziri bo’lgan Divok Argilning aytishlariga qaraganda “Biz ruslarning Markaziy Osiyoni egallashi yuzasidan ancha harakat qilgan “Salobatli yurishlar”dan bir ikkita ma’lumotlar va suhbatlarni ochiqchasiga bayon qilamiz.


Yüklə 11,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə