Xviii-asrning ikkinchi yarmi XIX asrning birinchi yarmida Qo’qon va Xiva xonliklari tarixiy geografiyasi



Yüklə 2,3 Mb.
tarix11.12.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#144914
XVIII asrning ikkinchi yarmi XIX asrning birinchi yarmida Qo’qon

XVIII-asrning ikkinchi yarmi XIX asrning birinchi yarmida Qo’qon va Xiva xonliklari tarixiy geografiyasi.

Reja:


Xorazmda qo`ng'irotlar xokimiyati XVIII asrning 60 - yillaridanoq qo`lga kiritilgan bo`lsalarda 1804 yil Abdulg'ozining taxtdan tushirib Эltuzarning (1804-1806y) taxtga chiqishi rasman boshqaruvni boshlab berdi. Geografik jihatdan Xiva xonligi Xorazm voxasini qamrab olgan bo`lib shimolda Orol, janubda ko`chmanchi turkmanlar, sharqda esa Buxoro erlari bilan chegaradosh bo`lgan. Davlat mutloq monarxiya bo`lib boshqaruv xon qo`lida edi.
Ma`muriy - xududiy jihatdan Xiva xonligi beklik viloyat va noiblikka bo`lingan. Xozarasp, Gurlash, Xonka, Ko`xna Urganch, qo`shko`prik, Pitnak, Xazovot, Kiyot, Shoboz, Shovot, Toshxovuz, Ambarmanok, Urganch, Xo`jayli, Shumanay, qo`ng'irot, kabi beklik va viloyatlar yana Beshariq, Kiyotqo`ngiroq kabi noibliklar mavjud bo`lgan. Xuddi Buxorodagidek poytaxt shaxar Xiva bosh vazir tomonidan boshqarilgan.
Xiva axolisi xaqida gap ketganda Buxoro xonligidagidek ko`p yoki qo`ramas emasdi. Axolining ko`pchiligini o`zbeklar tashkil etgan bo`lib qo`ng'irot, Naymon, qiyot, Uyg'ur, Nukuz, Kangli, Xitoy, qipchoq qabilari ustunlik qilar edi. Xonlik axolisining ? qismini tashkil etuvchi, o`gizlar avlodidan bo`lmish turkmanlar Amudaryoning chap soxilida yashashgan. Amudaryoning quyi qismida, daryo atrofida yashagan o`zbek qabilalarining asosiy mashg'uloti dexqonchilik va xunarmandchilik bo`lsa, turkmanlar chorvachilik bilan shug'illanganlar. Orol dengizining janubiy qismlari Amudaryoning quyilish qismi bilan birga qoraqalpoklar eri bo`lgan. Ularning asosiy mashg'ulotlari dexqonchilik, chorvachiliк, baliqchilik va ovchilik bo`lgan.qo`qon xonligi ham ko`p millatli davlat bo`lgan. Umumiy axolisi 3 milion atrofida bo`lib ko`pchilikni o`zbeklar tashkil etgan. Mamlakat xayotida etakchi o`rinda turuvchi o`zbeklar asosan vodiylardagi shaxar va qishloqlarda yashashgan.
Qo`qon xonligi xududida rus va tatar millatiga mansub axoli xam yashagan. Tarixiy manbalarda keltirilishicha, XIX asrning o`rtalarida qo`qon shaxrining o`zida 100 mingdan ortiq rus va tatar axolisi yashagan. Ularni yana Toshkent shaxrida uchratish mumkin edi. Bu millat vakillarining O`rta Osiyogа ko`chib kelishi savdo bilan bog'liq. Bundan tashqari tatarlar o`qish uchun xam kelganlar. O`rta Osiyoning Buxoro, Toshkent, qo`qon kabi katta shaxarlarida yana yaxudiy jamoalarini xam uchratish mumkin edi.
Shu tariqa XIX asrda yirik shaxarlarda "kugay maxallalar" vujudga keldi. Ozchilikni tashkil etuvchi bu xalqlar savdo, xunarmandchilik va yana dexqonchilik bilan shug'ullanishgan.
Xonliklarda erga egalik qilishning asosiy 3 ta turi mavjud bo`lgan: mulki sultoniy (davlat erlari), xususiy erlar, vaqf erlari. Xonliklar agrar davlat bo`lganligi uchun erga e`tibor kuchli bo`lgan. Buxoroda XVIII - XIX asrlarda dexqonchilikning muxim tarmog'i sug'orma dexqonchilik bo`lib bunday erlarda an`anaviy ekinlar etishtirilgan (asosan boshoqli ekinlar). Sanoat ekinlaridan paxta ko`p ekilar edi. Pilla tarqoq bo`lsada rivojlangan.
Qo`qon xonligida xam suv inshoatlari barpo etishga katta e`tibor berilgan. Xonlikdagi tabiiy suv man'ai Sirdaryo bo`g'lib undan tashqari Sux, Isfara, Shoximardon, Poshshota, Isfayram, Novkat, Oqbura, qorabura, Kosonsoy va boshqa katta - kichik daryo va soylar, Toshkent atrofini sug'oruvchi Chirchiq va Oxangaron daryolari mavjud. XVIII asr oxirida - XIX asrning 1 yarmida xonlar va ayrim kishilar boshchiligida sun`iy sug'orish inshoatlari qurildi. Olimxon (1801-1810) va Umarxon (1810-1822) davrlarida ayniqsa, erlar o`zlashtirish uchun kanallar, ariqlar qazildi. Bu kanaldan jami 96 ta ariq chiqarilgan. 1819 yili Umarxon davrida yangi ariq kengaytirildi va o`zaytirildi (100 chakirim). 1819 - 1821 yillarda Shaxrixonsoy kovlanib "Naxri Umarxoniy" nomini olgan 101 chaqirimli kanal qazildi. U qoradaryodan suv oladigan bo`ldi. Muxammad Alixon davrida (1822 - 1841) Sirdaryoning chap qirg'og'ida Gurtepa, Momoxon arig'i qazildi. Chirchiqdan Bo`zsuv, Zaxarik kanallari qazildi. 1860 yillarda esa Xonarik, Ulugif kabi kanallar qazildi.
Xiva va Qo’qon xonligi geografik xaritasi
Adabiyotlar.
  • Abdulg`oziy, Shajaran Turk, T. «Cho`lpon» 1992 yil.
  • Vasifiy. Zayduddin, Badoe` ul-vaqoe` («Nodir voqealari») T., 1979 y
  • Bobobekov. X. Qo`qon tarixi, T. 1996 yil.
  • Bobobekov. X. Narodnie dvijenie v Kokandskom xanstve........... T. 1990
  • Nabiev R. Qo`qon tarixi, T. 1984 yil.
  • Qosimov. Y. Qo`qon xonligi tarixi ocherklari, N. 1993 yil.
  • Raximbekov R. U Dontsova Z, N O`rta Osiyo tabiatini geografik o`rganish tarixi, Namangan 1992 yil.
  • Tarixiy geografiya, ma`ruzalar matni. N. 2001 yil.

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə