Xxrning mintaqaviy integratsiya jarayonlaridagi ishtiroki


III bob. Xitoy va ASEANmamlakatlarining mintaqaviy integratsiya



Yüklə 326,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix29.11.2023
ölçüsü326,35 Kb.
#143214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
5af3e7ae67c2d

III bob. Xitoy va ASEANmamlakatlarining mintaqaviy integratsiya 
jarayonlaridagi ishtirokining muammo va istiqbollari………………………..66 
 
3.1. ―Sharqiy Osiyo Birlashmasi‖ konsepsiyasining shakllanishi...................66 
3.2. Xitoy va O‗zbekistonning SHHT doirasida iqtisodiy hamkorlik
aloqalarining rivojlanishi......................................................................................74 
3.3. O‗zbekistonning mintaqaviy integratsiya jarayonlaridagi ishtirokining 
o‗ziga xos jihatlari...................................................................................................82 
3 - bob bo‗yicha xulosa...................................................................................99 
 
Xulosa...........................................................................................................101 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati...........................................................105



KIRISH 
Magistrlik dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. 
Zamonaviy sharoitlarda dunyoning biror bir mamlakati boshqa davlatalar bilan 
o‗zaro hamkorlik aloqalarini olib bormasdan turib samarali rivojlana olmaydi. 
Jahon xo‗jaligini tobora globallashib borishi jarayonlarining negizini mamlakatlar 
iqtisodiyotining o‗zaro integratsiyasi ta‘minlamoqda. Mamlakatlarning xalqaro 
iqtisodiy aloqalari singari iqtisodiy integratsiyalshuvi ham dastlab mintaqa 
miqyosida shakllantirilishi tabiiy hol. Mintaqviy bozorlarning integratsiyalashuvi 
va uning ko‗lami, unda ishtirok etayotgan mamlakatlarning barqaror rivojlanishi 
uchun alohida o‗rin tutadi. Mintaqaviy integratsiya zamonaviy xalqaro 
munosabatlar rivojlanishining muhim xususiyati. Dunyoda amaliy jihatdan bitta 
yoki bir nechta mintaqaviy integratsiya guruhlarining a‗zosi bo‘lmagan davlat 
qolmadi. Hozirgi vaqtda jahon savdosining yarmidan ko‗pi savdo birlashmalarida 
tashkil etilmoqda, deyarli har bir mamlakat bir yoki bir nechta mintaqaviy 
integratsiya bo‗yicha kelishuvlar a‘zosi hisoblanadi. Ushbu jarayonlarni bilish va 
mohiyatini tushinib yetish, mustaqil O‗zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib 
borishini jadallashtirish va xalqaro iqtisodiy aloqalarini kengaytirishning samarali 
yo‗nalishlarini belgilashda amaliy ahamiyatga egadir. 
Mamlakatning jahon xo‗jaligiga integratsiyalshuvi darajasi tashqi iqtisodiy 
aloqalarning milliy iqtisodiy ko‗rsatkichlar nisbatiga ko‗ra aniqlanadi. Bunda yalpi 
ichki mahsulot, sanoat ishlab chiqarishi, yalpi investitsiyalar va boshqa 
ko‗rsatkichlarga nisbatan tashqi bozorning ulushi taqqoslanadi. Chunki tashqi 
bozor mamlakatdagi ishlab chiqarish va iste‘molni faollashtirib milliy 
iqtisodiyotning rivojiga ta‘sir ko‗rsatadi. Shu bois O‗zbekiston ham jahon 
hamjamiyati bilan iqtisodiy aloqalarni o‗rnatishga va kengaytirishga katta 
ahamiyat berib kelmoqda. 
Mamlakatimiz Prezidenti I.A. Karimov Mamlakatimizni 2014-yilda ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo‗ljallangan iqtisodiy dasturning 
eng muhim ustuvor yo‗nalishlariga bag‗ishlangan Vazirlar Mahkamasining 
majlisidagi ma‘ruzasida quyidagilarni ta‘kidlab o‗tdilar: ―Mamlakatimiz yalpi 



ichki mahsuloti 8,1 foiz, sanoat ishlab chiqarish hajmi 8,3 foizga, qishloq xo‗jaligi 
ishlab chiqarishi 6,9 foiz, kapital qurilish 10,9 foiz, chakana savdo aylanmasi hajmi 
14,3 foizga oshdi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qariyb 70 foizini yuqori 
qo‗shimcha qiymatga ega bo‗lgan tayyor tovarlar tashkil etdi. Iste‘mol tovarlari 
ishlab chiqarish hajmi 2014-yilda 9,4 foiz o‗sdi. Inflatsiya darajasi yil yakunlari 
bo‗yicha 6,1 foizni tashkil etdi. Bu prognoz ko‗rsatkichlariga nisbatan sezilarli 
darajada pastdir. O‗tgan yili soliq yuki 20,5 foizdan 20 foizga, daromad solig‗i 
stavkasi esa 9 foizdan 8 foizga kamaytirilgan bo‗lsa-da, davlat byudjeti yalpi ichki 
mahsulotga nisbatan 0,2 foiz profitsit bilan bajarildi.
Tashqi savdo balansidagi 
ijobiy saldo 180 million dollarni tashkil qildi, mamlakatimizning oltin-valyuta 
zaxiralari 1 milliard 600 million dollarga ko‗paydi.
2014-yilda iqtisodiyotimizga 
jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10,9 foizga o‗sdi va AQSh dollari hisobida 14 
milliard 600 million dollarni tashkil etdi. Bunda jami kapital qo‗yilmalarning 21,2 
foizdan ortig‗i yoki 3 milliard dollardan ziyodini xorijiy investitsiya va kreditlar 
tashkil qildi. Ularning to‗rtdan uch qismi to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy 
investitsiyalardir.‖
1
Shu bilan bir qatorda Prеzidеntimiz I.A. Karimov quyidagilarni ta‘kidlab 
o‗tganlar: «Barchamiz bir haqiqatni anglab уеtishimiz lozim — O‗zbеkiston 
bugun xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas 
tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu bois global moliyaviy inqiroz va birinchi navbatda 
uning oqibatlari iqtisodiyotimizning rivojlanishi va samaradorlik holatlariga ta‘sir 
etayotganidan ko‗z yumib bo‗lmaydi»
2
. Shunga ko‗ra, biz mamlakatimizning
intеgratsiya jarayonlarida ishtirok etishida, jahon moliyaviy inqirozi oqibatlarining 
ta‘sirini har tomonlama hisobga olishimiz, iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ushbu 
jarayonlar ta‘siri nuqtai-nazaridan shakllantirishimiz va ularni izchil amalga 
oshirishimiz taqozo etiladi.
1
Karimov I.A. Mamlakatimizni 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo‗ljallangan 
iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‗nalishlariga bag‗ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi 
ma‘ruzasi..- T.: O‗zbekiston. 2015. – 3 b. 
2
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari 
– T.: O‘zbekiston – 2009. 



Bugungi kunda jahon xo‗jaligi tizimiga integratsiyalashmay turib, jahonning 
hech bir mamlakati mukammal rivojlana olmaydi. Jahon xo‗jaligining tarkibiy 
yig‗indisi bo‗lgan milliy iqtiodiyotlar to‗g‗ridan-to‗g‗ri ta‘sir ko‗rsatish darajasi 
ortib bormoqda. Jahon iqtisodiyotida milliy xo‗jaliklarning baynalminallashuvi 
ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojining zaruriy tomonlaridan biri bo‗lib, u barcha 
mamlakatlarni, ular qaysi siyosiy, ijtimoiy - iqtisodiy tizimga mansubligidan qat‘iy 
nazar qamrab oladi. Jahon iqtisodiyotining baynalminallashuvini sifat jihatdan 
yangi holati (ko‗rinishi) - iqtisodiy integratsiyadir. Mamlakatlar o‗zlarining turli xil 
manfaatlaridan kelib chiqqan holda birlashadilar. Ayni vaqtda bu manfaatlarning 
amaldagi ijrosi uchun turli integratsion birlashmalar tuziladi.
Integratsion birlashuv a‘zolari bo‗lmish mamlakatlar o‗rtasida kapital va 
ishlab chiqarishning markazlashuvi va jamlashuvi jarayoni yanada tezroq kechadi. 
Bu esa ushbu mamlakatlar integratsion guruhlari chegarasida yagona iqtisodiy 
siyosatning vujudga kelishini obyektiv tarzda talab qiladi. Mintaqviy iqtisodiy 
integratsiyalar birlashayotgan davlatlarni ishlab chiqarish jarayonlarining qayta 
qo‗shilishiga, o‗zaro ta‘sirlashuvi va aralashuvini taqazo etadi. Mamlakatlarda 
iqtisodiy integratsiyalashuv jarayoning yuzaga chiqishi uchun milliy ishlab 
chiqarish takomillashgan va mehnat taqsimoti chuqurlashib zamonaviy texnologiya 
asosida iqtisodiy faoliyat yo‗lga qo‗yilgan bo‗lishi lozim. Demak, mamlakatda 
iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoit yaratilganda iqtisodiy integratsiya voqelikka 
aylanishi mumkin. 
Mintaqaviy iqtisodiy integratsiya – bu milliy xo‘jaliklar (davlatlar) o‗rtasida 
ko‗p tomonlama o‗zaro barqaror aloqalarning rivojlanishi va mehnat taqsimoti 
negizida yuzaga kelgan mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy 
jihatdan birlashuvi bo‗lib, ishlab chiqarish tarmoqlarining turli darajada va turli 
ko‗rinishdagi o‗zaro aloqadorligini ifoda etadi.
Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov ta‘kidlaganidek: «XXI asr shubhasiz, 
xalqaro munosabatlarda butun dunyo qamrab olinadigan asr bo‗ladi. Bunday 
sharoitda integratsiya jarayonini, xalqaro institutlar va tashkilotlarda suveren 
davlatlarning ishtirok etishini kengaytirish jarayonini faqat tarix taqozasi deb emas, 



balki ayrim mintaqalar ko‗lamida ham, shuningdek, umuman – butun sayyoramiz 
ko‗lamida ham sobitqadamlik barqarorlikning qudratli omili deb hisoblamoq 
zarur».
3
Shuning uchun ham o‗tkazilayotgan iqtisodiy islohatlarning barchasi 
O‗zbekistonni jahon xo‗jaligi tizimiga teng huquqli kirishiga va barcha 
mamlakatlar bilan teng huquqli hamkorligini ta‘minlashga qaratilgan. 
Iqtisodiy integratsiya bir tomondan, yangi texnologiyalardan xorijiy 
sarmoyalardan foydalanish orqali milliy iqtisodiyotni tezda o‗stirishga 
ko‗maklashsa, boshqa tomondan, O‗zbekistonning boy resurslari va ishlab 
chiqarish imkoniyatlarining jahon xo‗jaligiga qo‗shilishi, uning umumjahon 
iqtisodiy 
imkoniyatlarini 
kuchaytiradi. 
Integratsiya 
– 
O‗zbekiston 
Respublikasining jahon xo‗jaligi tizimiga kirib borshini tezlashtiradi. Shuning 
uchun ham O‗zbekiston iqtisodiyotida mintaqviy iqtisodiy integratsion 
jarayonlarning borishi muhim o‘rin tutmoqda. 
Mamlakatning mintaqaviy iqtisodiy integratsiyalashuvi jarayoniga ta‘sir 
etuvchi omillar qatoriga milliy xo‘jaliklarning chuqur integratsiyalashuviga 
obyektiv asoslardan biri mamlakatlarning geografik yaqinligi bo‗lib, u iqtisodiy 
aloqlarning rivojlanishiga tayanch bo‗ladi. Davlatlarning geografik yaqinligi 
transport va aloqa xarajatlarini tejashga, rivojlanish darajasi katta farq qilmasligi, 
bozorda faoliyat olib borishda va raqobat jarayonida ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. 
Mintaqaviy iqtisodiy integratsiyaning mustahkamlanishi uchun tashkiliy tuzilmalar 
mavjudligi, qo‗shma investitsiya faoliyati, miliy ishlab chiqarishning o‗xshashligi, 
harbiy-siyosiy yakdillik, tuzilma darajasida doimiy ishlaydigan organlarining 
mavjudligi muhim hisoblanadi. Shuningdek, milliy qadriyatlar va tarixiy 
taraqqiyotning o‗xshashligi, iqtisodiy aloqalar jarayonining ijtimoiy jihatdan 
mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
Jahon tajribasini o‗rganish shundan dalolat beradiki, integratsiya davlatlarning 
jahon xo‗jaligiga qo‗shilishini rag‗batlantirish uchun samarali, tub tashqi iqtisodiy 
siyosat ekanligini, barqaror iqtisodiy o‗sishni, kapital jamg‗arishni, iqtisodiyotda 
3
Karimov I. A. ―O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va tarqqiyot 
kafolatlari‖. T.:1997 y, 298 b 



ilg‗or texnologik va tarkibiy siljishlar yuz berishini, ishlab chiqarish, 
investitsiyalarni boshqarish va ularning sifatining oshishini ta‘minlashidan dalolat 
beradi. Iqtisodiy rivojlanishning jahon tajribasi shuni ko‗rsatmoqdaki, har bir 
mamlakatning rivojlanish darajasi olib borilayotgan strategiyaga va jahon 
xo‗jaligiga integratsiyalashuv darajasiga, ko‗lami va nufuziga bog‗liqdir. Shu 
nuqtai nazardan ham, mintaqaviy iqtisodiy integratsiyaning milliy davlatlar 
iqtisodiy rivojidagi ahamiyati beqiyosdir. Mamlakatning integratsiya jarayonlariga 
imkon qadar tezroq kirishishi, davlat tomonidan xo‗jalik yurituvchi subyektlar 
uchun yaratiladigan ma‘lum iqtisodiy nafni ifodalashi tabiiydir. 

Yüklə 326,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə