Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaningning tavsifi
Tadqiqotni olib boorish
jarayonida empirik, kuzatish, eksperiment, taqqoslash, tavsiflash, analiz, sintez va
ekstropolyatsiya metodlaridan keng foydalanildi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati
Mutaxassisliklar,
maxsus kurslar bo‗yicha XXRning mintaqaviy integratsiya jarayonlaridagi
ishtiroki, xususan ASEAN mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalari
va uning istiqbollari Xitoy iqtisodiyoti, Xitoyning tashqi iqtisodiy siyosatining
o‗ziga xos xususiyatlari fanlari doirasida o‗qitilishi va mazkur fan sohalarida
maxsus adabiyotlar, metodologik qo‗llanmalar yaratish uchun material bo‗lib
xizmat qiladi. XXRning mintaqaviy integratsiya jarayonlardagi ishtirokini ASEAN
mamalakatlari misolida o‘rganish Xitoy iqtisodiyotini yanada chuqur o‗rganish va
o‗rganilgan bilim va ko‗nikmalar yurtimiz ravnaqi uchun xizmat qilishiga yordam
beradi.
Ish tuzilmasining tavsifi.
Tadqiqot ishi kirish, asosiy qismda 3 ta bob, 9 ta
bo‗lim,
xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxatidan tashkil topgan. Ishning
kirish qismida tadqiqotning dolzarbligi, obyekt va predmeti, maqsad va vazifalari,
ilmiy yangiligi, asosiy masalalari va farazlari, tadqiqqot mavzusi bo‗yicha
adabiyotlar sharhi, tadqiqotda qo‗llanilgan metodlarning tavsifi, tadqiqot
natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati yoritilgan.
13
Salidjanova N., Iacob K. Klanderman J. China‘s Economic Ties with ASEAN: A Country-by-Country Analysis.
«U.S.-China Economic and Security Review Commission».- 2015.-40p.
14
Melibayeva G.A., Gaziyev F.Sh. Xitoyning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorligi. – T.: «JIDU»
nashriyot – matbaa birlashmasi, – 2011. – 120 b.;
15
Sadibekova B.D. Osiyo Tinch Okeani mintaqasi mamlakatlarida ijtimoiy iqtisodiy siyosat. – T.: – 2013.
16
Сергун И.П. Переспективы участия России в интеграционных процессах в Юго-Восточной Азии: на
примере опыта создания зоны свободной торговли Китая – АСЕАН. кан.эконом.наук дис. – Саратов – 2013.
– 236 c.
17
Васильиев Л.Е. « АСЕАН в начале ХХI века. Актуальные проблемы и преспективы. М. : ИД «ФОРУМ»,
2010. 368 c.
10
Tadqiqotning birinchi bobi ―Mintaqaviy iqtisodiy integratsiyaning nazariy
asoslari‖ deb nomlangan bo‗lib, o‗z ichiga ―Mintaqaviy iqisodiy integratsiyaning
mohiyati va vujudga kelish shart-sharoitlarini‖, ―Jahon iqtisodiyotida mintaqaviy
iqtisodiy integratsiyalarning rivojlanish bosqichlari‖ va ―Mintaqaviy integratsion
guruhlarning jahon markazlari‖ bo‗limlarni oladi.
Tadqiqotning ikkinchi bobi ―Xitoy va ASEAN mamlakatlarining savdo-
iqtisodiy aloqalarining rivojlanish tendensiyalari‖ deb nomlanib, ―XXRning
mintaqaviy integratsiya jarayonlardagi ishtirokining zamonaviy holati‖, ―Janubiy-
Sharqiy Osiyo Assotsiatsiyasi (ASEAN) integratsion faoliyatining o‗ziga xos
xususiyatlari‖ va ―ASEAN tashkilotida Xitoyning o‗rni va roli, Xitoy-ASEAN
erkin savdo hududi asosida savdo-iqtisodiy aloqalarining rivojlanish yo‗nalishlari‖
bo‗limlaridan tarkib topgan.
Tadqiqotning uchinchi bobi ―Xitoy va ASEAN mintaqaviy integratsiya
jarayonlardagi ishtirokining muammo va istiqbollari‖ deb nom olgan bo‗lib, uning
tarkibiga ―Sharqiy Osiyo Birlashmasi‖ konsepsiyasining shakllanishi, ―Xitoy va
O‗zbekistonning ShHT doirasida iqtisodiy hamkorlik aloqalarining rivojlanishi‖ va
―O‗zbekistonning mintaqaviy integratsiya jarayonlardagi ishtirokining o‗ziga xos
jihatlari‖ bo‗limlari kiritilgan. Har bir bobdan so‗ng alohida xulosalar berilgan va
ishning xulosa qismida tadqiqot tahlili umumlashtirilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxatida 100 tadan ortiq o‘zbek, rus, ingliz va
xitoy tilidagi kitoblar hamda internet resurslari ro‗yxati keltirilgan. Ishning
umumiy hajmi 111 bet.
11
Xulosa
Biz mazkur tadqiqot ishimizni yozish jarayonida quyidagi xulosalarga
keldik:
Jahon iqtisodiyotida mintaqaviy iqtisodiy integratsiya jarayonlari dunyo
mamlakatlari o‗rtasidagi o‗zaro iqtisodiy aloqadorlikni ta‘minlashda bir qator
qulayliklarni vujudga keltirib, ular birinchidan, xo‗jalik subyektlarini (tovar ishlab
chiqaruvchilarni) ko‗plab resurslar bilan (inson resurslari, texnik-texnologik va
axborot vositalari) ta‘minlaydi, ikkinchidan, jahon bozorlariga mos raqobatbardosh
mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi, uchinchidan, integratsiya
jarayonlarida qatnashuvchi barcha davlatlarni ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy va
madaniy jihatdan bir-biriga yaqinlashtirib, raqobatdan himoya qiladi, to‘rtinchidan,
mintaqaviy iqtisodiy integratsiya jarayonlarida ishtirok etuvchi davlatlar
o‗rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy muammolarni hal etish imkoniyatini
beradi. Integratsion jarayonlar mamlakatlarning o‗zaro iqtisodiy birlashuvi va
milliy davlatlar siyosiy shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
Jahon tajribasini o‗rganish shundan dalolat beradiki, integratsiya
davlatlarning jahon xo‗jaligiga qo‗shilishini rag‗batlantirish uchun samarali, tub
tashqi iqtisodiy siyosat ekanligini, barqaror iqtisodiy o‗sishni, kapital jamg‗arishni,
iqtisodiyotda ilg‗or texnologik va tarkibiy siljishlar yuz berishini, ishlab chiqarish,
investitsiyalarni boshqarish va ularning sifatining oshishini ta‘minlashidan dalolat
beradi. Har bir mamlakatning rivojlanish darajasi olib borilayotgan strategiyaga va
jahon xo‗jaligiga integratsiyalashuv darajasiga, ko‗lami va nufuziga bog‗liqdir.
Shu nuqtayi nazardan ham, mintaqaviy iqtisodiy integratsiyaning milliy davlatlar
iqtisodiy rivojidagi ahamiyati beqiyosdir. Mamlakatning integratsiya jarayonlariga
imkon qadar tezroq kirishishi, davlat tomonidan xo‗jalik yurituvchi subyektlar
uchun yaratiladigan ma‗lum iqtisodiy nafni ifodalashi tabiiydir.
Hozirgi kunda yer kurrasining turli mintaqalarida, turli ko‗rinishdagi
integratsion uyushmalar faoliyat yuritib kelmoqda. Bu uyushmalarning eng asosiy
maqsadlaridan biri, integratsiyaga a‘zo davlatlar iqtisodiy rivojlanishini imkon
qadar tezlashtirishdan iboratdir.
12
Mintaqaviy
iqtisodiy integratsiyalar ayni davrda xo‗jalik hayoti
baynalminallashuvining oliy darajasidir. Integratsiya a‘zolari bo‗lgan mamlakatlar
o‗rtasida yanada chuqurroq xalqaro mehnat taqsimoti vujudga keladi. Mahsulotlar,
xizmatlar, kapital, ishchi kuchlari bilan jadal almashinuv jarayonlari sodir bo‗ladi.
Iqtisodiy integratsiya davlatning turli ehtiyojlarini qondirish va iqtisodiy
samaradorlikni oshirishning muhim omili hisoblanadi va fan-texnika taraqqiyotini
jaddalashtirishga, millatlararo yaqinlashuviga, aholining turmush darajasini
oshirishga yordam beradi.
Integratsiya jarayonlari jahonning barcha qit‘alarini qamrab olmoqda. Buning
natijasida ko‗plab mintaqaviy va submintaqaviy savdo-iqtisodiy tashkilotlar
yuzaga kelmoqda.
Integratsion guruhlarga a‘zo mamlakatlar iqtisodiyotining
o‗zaro hamkorligi ushbu davlatlarning bir-biriga iqtisodiy jihatdan chuqur kirib
borishida namoyon bo‗ladi. Iqtisodiy integratsiyaning to‗rt ko‗rinishini (erkin
savdo hududi, bojxona ittifoqi, umumiy bozor va iqtisodiy ittifoqlarni) alohida
ajratib ko‘rsatish mumkin. Erkin savdo hududi (ESh) preferensial hudud
hisoblanib, u o‗z faoliyatida bojxona va miqdoriy cheklashlardan holi savdo
tartiblariga qat‘iy rioya qiladi. Jahon iqtisodiyotida Bojxona Ittifoqi (BI) huquqiy
nuqtai nazardan ikki va undan ortiq davlatlar o‗rtasida o‗zaro uchinchi bir
mamlakatga nisbatan yagona, soddalashtirilgan soliq siyosatining o‘tkazilishini aks
ettiradi. Integratsion jarayonlar rivojlanishining eng yetuk ko‘rinishlaridan biri bu
– umumiy bozor va iqtisodiy ittifoqdir. Jahon iqtisodiyotida ko‘plab iqtisodiy
birlashmalarning vujudga kelishi va taraqqiyotidan ma‘lumki, integratsiya
jarayonlarida aynan ana shu umumiy bozor va iqtisodiy ittifoq eng ko‗p diqqatga
sazovordir. Iqtisodiy ittifoq – integratsiyaning oliy formasi bo‗lib, bunda
qatnashuvchi mamlakatlar o‗z iqtisodiy siyosatlarini shuningdek, savdoga hamda
ishchi kuchi va sarmoya ko‗chib yurishiga nisbatan siyosatni muvofiqlashtiradilar.
To‗liq iqtisodiy integratsiya barcha a‘zo mamlakatlar uchun valyuta siyosatini
talab qiladi.
Iqtisodiy integratsiya bir tomondan, yangi texnologiyalardan xorijiy
sarmoyalardan foydalanish orqali milliy iqtisodiyotni tezda o‗stirishga
13
ko‗maklashsa, boshqa tomondan, O‗zbekistonning boy resurslari va ishlab
chiqarish imkoniyatlarining jahon xo‗jaligiga qo‗shilishi, uning umumjahon
iqtisodiy imkoniyatlarini kuchaytiradi.
Xitoy va ASEAN o‗rtasidagi haamkorlik aloqalari 1970-yilda boshlanib,
o‘zining rasmiy ifodasini 1990-yillarda topdi. Bugungi kunda hamkorlik darajasi
muhim strategik ahamiyat kasb etadi. 2010-yil 1-yanvardan yo‘lga qo‘yilgan
Xitoy va ASEAN erkin savdo hududi har ikki mamlakat o‘rtasida savdo
aloqalarida boj tariflarini kamaytilishida muhim omil hisoblanadi. Imtiyozli savdo
siyosatining olib borilishi, past darajadagi boj to‘lovlari hamda hududiy yaqinlik
omillari tufayli 2015-yilga borib ASEAN Xitoy savdo hamkorlari orasida 1-o‗rinni
egallaydi va umumiy savdo hajmi 500mlrd.AQSh dollarga yetdi.
ASEAN va Xitoy hamkorlik aloqalari hozirda tez sur‘atlarda rivojlanmoqda.
Buning asosiy omili sifatida biz hududiy yaqinlikni ko‘rishimiz mumkin. Shu bilan
bir qatorda global darajada raqobatbardosh bo‗lgan yagona yuqori darajada
rivojlangan iqtisodiy mintaqani yaratish mqasadida integratsiya tamoyilari keng
yo‗lga qo‗yilmoqda va ayni vaqtda yetarli darajada kuchli xalqaro birlashma
sifatida tan olinmoqda.
ShHT doirasida hamkorlik Xitoy uchun siyosiy emas, balki iqtisodiy
manfaatlar ustun. Shanxay hamkorlik tashkilotida umumiy strategiyaning muhim
bo‗g‗ini – bu iqtisodiy hamkorlikni faollashtirish, tajriba almashish va turli
sohalarda aloqalar mustahkamlash, terrorizm va transchegaraviy jinoyat bilan
kurashni kuchaytirish, global boshqaruv tizimi, shu jumladan jahon moliya tizimini
o‗zgartirishga, shuningdek ShHTga a‘zo barcha davlatlar og‗ishmay rivojlanishiga
ko‗maklashish. Biror mintaqaviy tashkilotda o‗z ishtiroki istiqbollarini mamlakat
o‗z manfaatlari terminlarida, shuningdek ushbu birlashmada ishtirok etishga uni
undagan sabablardan kelib chiqib belgilaydi. Mazkur manfaatlar va sabablar mos
kelishi, shuningdek, kelajakda rivojlanishning umumiy istiqbollari borasidagi
qarashlar har qanday davlatlararo birlashma to‗laqonli faoliyat yuritishining
zaruriy shartidir. Shunday qilib, har qanday mintaqaviy tashkilot negizida
14
tashkilotga a‘zo barcha davlatlar manfaatlariga mos keluvchi umumiy maqsad
yotadi.
O‗zbekiston va Xitoy ShHTning muvaffaqiyatli rivojlanishi hamda uning
ishida faol qatnashishga alohida e‘tibor qaratadi. Bugungi kunda ShHT tizimida
hamkorlik mintaqa, shuningdek, jahonda barqarorlikni va xavfsizlikni ta'minlashda
jiddiy omilga aylanib bormoqda. O‗zbekiston va Xitoy o‗rtasidagi tovar aylanmasi
2005-yil yakunlari bo‗yicha 485,5 AQSh dollarini tashkil yetdi, ya‘ni 2004-yilga
nisbatan 32,2 % ga o‗sdi. Eksport hajmi 228,3 mln. dollar (125 % ga o‗sdi), import
hajmi esa 257,2 mln. dollarga (3,2 % ga kamaydi) teng bo‗ldi. 2014-yil yanvar-
may oyi holatiga ko‗ra ikki mamlakat o‗rtasida bu ko‗rsatkich 2,2 mlrd AQSh
dollarini tashkil etdi. Hozirda O‗zbekiston Respublikasi tomonidan Shanxay
hamkorlik tashkiloti doirasida savdo iqtisodiy, transport kommunikatsiya,
investitsiya va boshqa sohalarda hamkorlik faoliyati izchil davom etmoqda.
Iqtisodiy integratsiya – O‗zbekiston Respublikasining jahon xo‗jaligi tizimiga
kirib borshini tezlashtiradi. Shu sababli xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlari
O‗zbekiston iqtisodiyotida muhim o‗rin tutmoqda. Yuqoridagilarni hisobga olgan
holda O‗zbekiston hukumati milliy iqtisodiyotni chuqur qayta ishlashga qaratilgan
iqtisodiy siyosatni amalga oshirmoqda. Bu siyosatning asosiy maqsadi
O‗zbekistonning jahon xo‗jalik tizimiga xom ashyo yetkazib beruvchi sifatida
emas, balki ishlab chiqarish va eksport tarkibida tayyor mahsulotlar ulushi yuqori
bo'lgan mamlakat sifatida integratsiyalashuvini ta‘minlashdin iborat.
Shunday qilib, O‗zbekistonning ilg‗or Yevropa mamlakatlari, AQSh,
Osiyo-Tinch Okeani mintaqasi davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirishi va
mustahkamlashi uning jahon xo‗jaligiga integratsiyalashuvining muhim
yo‗nalishlaridan biri hisoblanadi. O‗zbekiston Respublikasi tashqi siyosat
maydonida borgan sari munosib o‗rinni egallab bormoqda.
Biror mintaqaviy tashkilotda o‗z ishtiroki istiqbollarini mamlakat o‗z
manfaatlari negizida, shuningdek ushbu birlashmada ishtirok etishga uni undagan
sabablardan kelib chiqib belgilaydi. Mazkur manfaatlar va sabablar mos kelishi,
15
shuningdek, kelajakda rivojlanishning umumiy istiqbollari borasidagi qarashlar
har qanday davlatlararo birlashma to‗laqonli faoliyat yuritishining zaruriy shartidir.
Dostları ilə paylaş: |