Yangi koronavirus nima?



Yüklə 27,32 Kb.
səhifə1/5
tarix11.12.2023
ölçüsü27,32 Kb.
#143945
  1   2   3   4   5
Valeologiya 5-amaliy. Harakatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish. Covid 19


Harakatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish. Gipodinamiyani oldini olish. Covid-19 pandemiyasi davrida aholi salomatligini muhofazalashda BTSYO muassasalari xodimlarini o‘rni

Yangi koronavirus nima?



Yangi koronavirus (CoV) koronavirusning yangi shtammidir.
Xitoyning Uxan shahrida ilk bor aniqlangan yangi koronavirus keltirib chiqaradigan kasallik 2019 yil koronavirus kasalligi deb nomlandi. Qisqacha COVID-19 nomida "CO" koronani (corona), "VI" virusni (virus), "D" esa kasallikni (disease) anglatadi. Avval ushbu kasallik "2019 yilgi koronavirus" yoki "2019-nCoV" deb nomlangan.
COVID-19 yangi virus bo’lib, kuchli o'tkir respirator sindromni va o'tkir respirator virusli infektsiyaning (O’RVI) ba'zi turlarini keltirib chiqaradigan viruslar oilasiga tegishlidir.
Yangi koronavirus qanday tarqaladi?

Virus havo-tomchi yo’li bilan yo'talish va aks urish paytida to'g'ridan-to'g'ri yuqadi. Shuningdek virus bilan ifloslangan yuzalarga tegish orqali ham yuqishi mumkin. COVID-19 virusi bir necha soat davomida buyumlarning sirtida o’z kuchini saqlab qoladi, biroq oddiy dezinfeksiya vositalari uni o'ldirishi mumkin.
Yangi koronavirusning belgilari qanday?

Yuqori tana harorrati, yo'tal va nafas qisilishikasallik alomatlariga kiradi. Og'irroq holatlarda infeksiya pnevmoniyaga yoki nafas qiyinlanishiga olib kelishi mumkin. Kamdan-kam hollarda kasallik o'limga olib kelishi mumkin.
Ushbu alomatlar gripp yoki ORVIga o'xshashdir, ular COVID-19 ga qaraganda ancha keng tarqalgan. Shuning uchun odam COVID-19 bilan kasallanganini tasdiqlash uchun tibbiy tahlil qilish kerak. Kasallikning oldini oluvchi asosiy profilaktika choralari o'xshash. Buning uchun qo'llarni sovun bilan tez-tez yuvish lozim. Respirator gigiyenaga rioya qilish muhim - yo'talayotganda egilgan tirsak yoki qog'oz salfetka bilan og'iz va burunni berkiting, so’ng salfetkani yopiladigan axlat idishiga tashlang. Bundan tashqari, grippga qarshi emlash ham foydali.Shubois o'zingiz va bolangizni o'z vaqtida emlatishni unutmang.

Yüklə 27,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə