Yangi koronavirus nima?


Qanday qilib qo'llarni to'g'ri yuvish kerak?



Yüklə 27,32 Kb.
səhifə4/5
tarix11.12.2023
ölçüsü27,32 Kb.
#143945
1   2   3   4   5
Valeologiya 5-amaliy. Harakatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish. Covid 19

Qanday qilib qo'llarni to'g'ri yuvish kerak?

1-qadam. Qo'lingizni oqayotgan suv bilan namlang.
2-qadam. Nam qo'llarga yetarli miqdorda sovun suring.
3-qadam. Qo'llaringizni bir-biringizga ishqalab, yuzalarini, ichki qismini, barmoqlar orasini va tirnoq ostini kamida 20 soniya davomida ishqalang.
4-qadam. Qo'llaringizni oqayotgan suv ostida yaxshilab yuving.
5-qadam. Qo'llaringizni toza mato yoki bir marta ishlatiladigan sochiq bilan quriting.
Qo'lingizni tez-tez, ayniqsa ovqatlanishdan oldin, burningizni qoqqaningizda, yo'talganda yoki aks urgandan keyin va xojatxonadan keyin yuvib turing.
Sovun va suv bo’lmagan holda, tarkibida kamida 60% alkogol mavjud qo'l antiseptigidan foydalaning. Qo'llaringiz ifloslangandaularni albatta sovun va suv bilan yuving.
Sayohat paytida oilangiz qanday ehtiyotkorlik choralarini ko'rishi kerak?

Chet elga safar qilishni rejalashtirgan har bir kishi, borayotgan mamlakatning unga kirib kelayotganlar uchun qo’ygan har qanday cheklovlar, karantin talablari yoki boshqa tegishli tavsiyalar borasidagieslatma bilan tanishishi kerak.
Safar paytidagi odatiy ehtiyot choralarini ko'rishdan tashqari, karantin yoki o'z davlatingizga qaytib kirisni t’qiqlashning oldini olish uchun Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasining veb saytida COVID-19 haqidagi so'nggi ma'lumotlar bilan tanishib borish tavsiya etiladi.
Safar davomida barcha ota-onalar va ularning farzandlari standart gigiyena qoidalariga amal qilishlari kerak: qo'llarini tez-tez yuvib turing yoki kamida 60% alkogol mavjud qo'l antiseptigni qo'llang, to’g’ri respirator gigiyena qoidalariga rioya qiling (og'iz va burunni egilgan tirsak yoki qog'oz dastro’mol bilanberkitish, yo'talayotganda yoki aks urganda salfetka ishlatib, uni darhol tashlab yuborish, yo'talayotgan yoki aks urayotgan kishi bilan yaqin masofada muloqot qilmaslik). Bundan tashqari, ota-onalarda doim yonlarida antiseptik, bir marta ishlatiladigan salfetkalar va dezinfektsiyalaydigan nam salfetkalar bo'lishi tavsiya etiladi.
Qo'shimcha tavsiyalar quyidagilarni o'z ichiga oladi: samolyotga yoki boshqa transport vositasiga chiqqaningizda o'rindiq, uning qo'l qo’yiladigan qismi, sensorli ekran va boshqalarni dezinfeksiyalash vositasi bilan arting. Siz va farzandlaringiz yashaydigan mehmonxonada yoki boshqa joyda foydalaniladigan buyumlarning sirti, eshik tutqichlari, masofadan boshqarish pulti va boshqa jihozlarni tozalash uchun dezinfeksiyalash vositasidan foydalaning.

Yüklə 27,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə