Yangi tahrirdagi Konstitutsiya O‘zbekiston jamiyatining evolyutsion rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat bo‘lib


Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar o‘ziga nisbatan insoniy muomalada bo‘linishi



Yüklə 123,74 Kb.
səhifə8/12
tarix30.12.2023
ölçüsü123,74 Kb.
#164207
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya

Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar o‘ziga nisbatan insoniy muomalada bo‘linishi hamda inson shaxsiga xos bo‘lgan sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishi huquqiga egaligi ham tarixda ilk bor konstitutsiyaviy mustahkamlanmoqda.
Qolaversa, shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lishi mumkin emasligi belgilanyaptiki, bularning hammasi mustabid tuzumdan qolgan illatga, qancha yoshlarimizni o‘z orzu-umidlaridan voz kechishga majbur qilgan noinsoniy taqiqlarga chek qo‘yadi.
Konstitutsiyada har kim o‘z shaxsiga doir ma’lumotlarning himoya qilinishi huquqigashuningdek noto‘g‘ri ma’lumotlarning tuzatilishini, o‘zi to‘g‘risida qonunga xilof yo‘l bilan to‘plangan yoki huquqiy asoslarga ega bo‘lmay qolgan ma’lumotlarning yo‘q qilinishini talab qilish huquqiga ega ekanligi mustahkamlanmoqda.
Qonuniy asoslarda O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lib turgan har kim mamlakat bo‘ylab erkin harakatlanish, turar va yashash joyini erkin tanlash huquqiga egaligi, har kim O‘zbekistondan tashqariga erkin chiqish huquqiga hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekistonga to‘sqinliksiz qaytish huquqiga egaligi belgilanmoqda. Endilikda mazkur konstitutsiyaviy qoida kiritilishi bilan erkin harakatlanish qadriyat darajasida oliy huquqiy norma sifatida mustahkamlanmoqdaki, bu “propiska” tizimi muammosiga ham barham beradi.
Loyihada davlatning fuqarolarga Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishi kafolatlanmoqda. Zero, O‘zbekistonda Internetdan foydalanuvchilar soni 2016 yilda 12,1 mln bo‘lgan bo‘lsa, 2022 yilga kelib ikki barobarga, ya’ni 24 mlndan oshdi, shuningdek, mamlakatimiz aholi yashash maskanlari hududining Internet tarmog‘i bilan qamrovi 2016 yildagi 28% dan 2022 yilda 98% ga yetgan.
Yoshlar huquqlari himoyalanishi va ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirokini rag‘batlantirish kafolatlanmoqda.
Jumladan, davlat:

Yüklə 123,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə