237
Ispaniyaning Sport oliy kengashi sport jihozlari va inshoatlarining
rivojlanishi va zamonaviylashtirilishi bo‗yicha rejalar
ishlab chiqish va amalga
oshirishda rejalarni bajarish bo‗yicha qo‗mitalar bilan hamkorlikni yo‗lga
qo‗ymoqda. Shu bilan birga jamoat uchun mo‗ljallangan, davlat tomonidan
moliyalashtirilgan sport inshoatlari rejalashtirish va qurilishi uning ko‗pchilik
tomonidan foydalanilishini, kun davomida uning bandligi,
har xil jismoniy
tayyorgarlikka ega bo‗lgan fuqarolar, jismoniy nuqsonga ega bo‗lgan kishilar
hamda qariyalar ham foydalana olishini hisobga olib amalga oshiriladi.
Fransiya qonunchiligi, ayniqsa, sport jihozlari bo‗yicha
masalalarni qattiq
nazorat qiladi. Masalan, sport qurilmalari egasi bu haqda ma‘muriyatga
bayyonnoma tuzilishi uchun ariza berishga majburliklari to‗g‗risida qonuniy
me‘yor mavjud. Bu erda ko‗pchilik birlashmalar ommaviy sportni rivojlantirishda
quyidagi muhim omillarni keltiradi:
-
sport inshootlarining ta‘minoti,
-
yoshlar sportini rivojlantirish siyosatini tuzish,
-
sog‗lomlashtirish tadbirlarida ishtirok etish.
Shunday tajribani Daniya munitsipal idoralari ham amalga oshirmoqda,
sport tashkilotlari zarur jihozlar bilan bepul ta‘minlanmoqda yoki jihozlar ijaraga
olinishida engilliklar kiritilmoqda.
Germaniyada sport tashkilotlariga ma‘muriy xarajatlar to‗lovi bo‗yicha
masalalarni hal etish uchun o‗z mablag‗lari
kamlik qilganda, sport anjomlari va
jihozlarini sotib olishda, o‗quv-mashq ishlarini olib borishda moliyaviy ko‗mak
beriladi. Undan tashqari, sport inshoatlari qurilishiga bo‗lgani
kabi mehnat
resurslariga ham quyidagi maqsadli subsidiyalar ajratilishi mumkin, ―Sport
inshoatlarini qurish va ta‘mirlash – Er va munitsipalitetlar xarajatlarining muhim
bir bo‗limi.
Bu maqsadlarga erishish uchun milliard evro sarf qilinadi‖. Ma‘lumki,
qurilish va jihozlash ishlari hamda sport inshoatlari uchun jihozlar sotib olishda
muhim
investitsiyalarni talab qiladi, shuning uchun Germaniya va Fransiyaning
kundalik amaliyotida klubni boshqarishda munitsipal sport jihozlarini ularni saqlab
238
turish va ijarada olib turishning ko‗p xarajatliligiga qaramay, bepul taqdim
etilmoqda.
Dostları ilə paylaş: