242
15-MAVZU. O„ZBEKISTON XALQARO OLIMPIYA HARAKATIDA
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY OLIMPIYA QO„MITASI
1.O‗zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‗mitasining Nizomi.
Uning
tarkibiy tuzilishi: Bosh Assambleya, Kongress, sessiya, ijroqo‗m.
2.O‗zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‗mitasining asosiy vazifalari.
3.Olimpiya klublari. Olimpiya Akademiyasi, ularning vazifalari.
Tayanch iboralar:
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi
,
Bosh Assambleya, Kongress,
sessiya, ijroqo‘m, O‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‘mitasi,Olimpiya
klublari, Olimpiya Akademiyasi, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Xartiyasi, Olimpiya
g‘oyalari, Olimpiya harakati, Olimpiya o‘yinlari.
1.O„zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya Qo„mitasining Nizomi
Xalqaro Olimpiya harakatining olamshumul kengayishi, O‗zbekistonda
jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi, ayniqsa, Respublikamizning
mustaqillikni qo‗lga kiritib, davlat sifatida tanilishi natijasida O‗zbekiston
Milliy
Olimpiya qo‗mitasi 1992 yil 21 yanvarda tashkil etildi va shu yili Xalqaro
Olimpiya qo‗mitasi (XOQ) tarkibiga rasmiy ravishda a‘zo bo‗ldi. O‗zbekiston
Respublikasi Milliy Olimpiya qo‗mitasining birinchi ta‘sis majlisida Milliy
Olimpiya qo‗mitasining Nizomi ham qabul qilindi va keyinchalik Xalqaro
Olimpiya qo‗mitasining Xartiyasi (Nizomi) va Milliy Olimpiya qo‗mitasining ish
tajribalari asosida qayta ko‗rib chiqildi hamda unga qisman o‗zgartirishlar kiritildi.
O‗sha paytlarda. Milliy Olimpiya qo‗mitasi tarkibiga 127 kishi va faxriy a‘zolikka
11 nafar kishi saylandi.
O‗zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‗mitasining Nizomida, asosan,
uning
tarkibiy tuzilishi, maqsad va vazifalari, burchlari hamda huquqlari alohida
243
belgilangan. Shuningdek,
sportchilar, murabbiylarning huquq va vazifalari,
musobaqalarda qatnashish jarayonlari, moliyaviy ta‘minot, a‘zolik badallari ham
o‗z ifodalarini topgan.
Nizom O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
va Xalqaro Olimpiya
qo‗mitasi Xartiyasi talablari asosida ishlab chiqilgan bo‗lib, Milliy Olimpiya
qo‗mitasi bayrog‗i, emblemasi va boshqa ramzlari, nishonlari haqida qayd etilgan.
O‗zbekiston Milliy Olimpiya qo‗mitasi hukumatga qarashli bo‗lmagan mustaqil
faoliyat ko‗rsatuvchi tashkilotdir. Uning oliy organi Bosh Assambleya (majlis)
hisoblanadi. U yil davomida bir marotaba o‗tkaziladi. Assambleyalar oralig‗ida
rahbarlik ishlari Milliy Olimpiya qo‗mitasining Ijroiya qo‗mitasi tomonidan olib
boriladi.
Uning tarkibi Prezident, 2 ta vitse- prezident, bosh kotib va 18 nafar
a‘zolardan iborat. Ular 4 yil muddatga saylanadi.
Kongress Milliy Olimpiya qo‗mitasining eng yirik va kengaytirilgan
majlisidir. Unda Olimpiya harakati va sport turlarini rivojlantirish bilan bog‗liq
masalalar muhokama etiladi. Eng ilg‗or
tajribalar, ilmiy - tadqiqot natijalari va
muammoli masalalarga alohida yondoshiladi. Zarur bo‗lsa, Milliy Olimpiya
qo‗mitasi a‘zolari va Prezidentini ham saylandi.
244
Milliy Olimpiya qo‗mitasining sessiyasi u yoki bu qarorni tasdiqlash,
ularning
ijrolarini muhokama qilish, komissiyalarning hisobotlarini eshitish kabi
faoliyatlar bilan shug‗ullanadi.
Dostları ilə paylaş: