253
16-MAVZU. XALQARO ZAMONAVIY SPORT HARAKATINI TASHQIL
QILISH VA RIVOJLANTIRISH. XALQARO SPORT HARAKATINI
TASHKIL QILISH
1.Xalqaro sport harakati taraqqiyotining asosiy bosqichlari haqida
tushunchalar. (1860-1894, 1896-2008).
2.Xalqaro Olimpiya qo‗mitasi,
uning tashkiliy tuzilishi, maqsadi, vazifalari.
Bosh Assambleya, milliy olimpiya qo‗mitalari assambleyasi, sessiya, kongress.
3.Xalqaro sport uyushmaalri, sport federatsiyalari, qit‘alardagi sport
tashkilotlari. Osiyo
sport uyushmalari, ularning asosiy tadbirlari. Markaziy Osiyo
sport uyushmalari.
Tayanch iboralar: Xalqaro sport harakati, xalqaro Olimpiya qo‘mitasi, Osiyo
sport uyushmalari, Birlashgan millatlar tashkiloti, Xalqaro Olimpiya
Akademiyasi, Markaziy Osiyo sport uyushmalari, milliy olimpiya qo‘mitalari
assambleyasi, sessiya, kongress.
Xalqaro
sport
harakati
taraqqiyotining
asosiy
bosqichlari
haqida
tushunchalar. (1860-1894, 1896-2008).
Xalqaro sport harakati jahondagi barcha davlatlar va xalqlarning kundalik
faoliyati sifatida tarkib topgan hamda umumjahon miqyosida ijtimoiy-siyosiy,
madaniy jarayonlarni o‗zida ifodalovchi ijtimoiy faoliyatdir. Uning vujudga kelishi
va taraqqiyot yo‗li uzoq darvlarni hamda juda ko‗p turli-tuman faoliyatlarni o‗z
ichiga oladi.
E‘tirof
etish kerakki, jahonda taraqqiy etgan AQSH, Yaponiya, Janubiy
Koreya, Germaniya, Fransiya va boshqa davlatlar taraqqiyotida o‗zining salmoqli
o‗rni va har tomonlama muvozanati jihatidan e‘tiborga loyiq bo‗lgan Rossiya,
Xitoy,
Hindiston, Arab mamlakatlari o‗rtasida sport sohasida o‗zaro aloqalar
254
mavjud. Bu faoliyatlar esa xalqaro sport harakatiga ijobiy ta‘sir o‗tkazib
bormoqda.
Jahon xalqlari tarixida xalqaro sport harakati ham muhim ahamiyatga ega
bo‗lgan jarayondir. U xalqlarni faqat sportdagi faoliyatlari bilangina emas,
balki
turli millatlarning madaniyati, ijtimoiy taraqqiyoti, insonparvarlik hamda
progressiv g‗oyalari bilan ham o‗zaro bog‗laydi.
Xalqaro sport harakati o‗zining tarixiy taraqqiyot bosqichlariga ega. Ya‘ni
o‗tgan XIX asrning oxirlarida Evropa mamlakatlarida xalqaro sport uchrashuvlari
tashkil etilib, bu esa asta-sekin rasmiy musobaqalar tusini oldi. Natijada, turli sport
uyushmalari (federatsiyalari) tashkil qilina boshlandi. Buning oqibati esa Xalqaro
Olimpiya o‗yinlarini davr talablari asosida tashkil qilishga da‘vat etdi.
XIX asrning ikkinchi yarimida o‗tkazilgan musobaqalarning
yagona tartib
va qoidalari bo‗lmaganligi sababli Xalqaro sport harakatining rivojlanishiga
birmuncha salbiy ta‘sir ko‗rsatdi.
Shunday bo‗lsada,1881 yilda Evropa gimnastika uyushmasi, 1892 yilda
akademik eshkak
eshish Xalqaro federatsiyasi, 1904 yilda Xalqaro futbol
federatsiyasi tashkil etildi. Bu siljishlar Xalqaro Olimpiya qo‗mitasini tuzishga
(1894) va uning faoliyatini rivojlantirishga sababchi bo‗ldi. Bunda buyuk
mutafakkir Per de Kubertenning xizmatlari nihoyat kattadir.
Hozirgi kunda ham
uning asosiy qismi o‗z kuchi va mavqiyini saqlab kelmoqda.
Dostları ilə paylaş: