236
tashkil etadi, xarajatlarning qolgan katta qismi esa
boshqa manbalar yordamida
moliyalashtiriladi. Germaniya,
Buyuk Britaniya, Finlyandiya,
SHvetsiya va
Daniyaning davlat sport byudjeti Fransiyaning mahalliy sport byudjetining 20
%idan kamroq qismiga to‗g‗ri keladi, Italiyada 30 %, Ispaniya va Portugaliyada
esa 40 %ni tashkil qiladi. Xududiy, o‗z-o‗zini boshqarish
idoralari va davlat
boshqaruvidagi umumiy sport byudjeti Buyuk Britaniyada – 95 %, Germaniyada –
98 %, Ispaniyada – 76 %, Finlyandiyada – 85 %, Fransiyada – 77 %, Shvetsiyada –
90 % va Italiyada – 57 % ni tashkil qiladi.
Finlyandiyada ommaviy sportni rivojlantirish va mamlakatning barcha
fuqarolari sport faoliyatini olib borishi uchun hukumat
tomonidan belgilangan
tartib asosida moliyaviy ko‗mak va davlat tomonidan ajratilgan imtiyozli kreditlar
bilan barcha zaruriyatlar bartaraf etilmoqda.
Fransiya Respublikasining Jamiyatda sport va jismoniy faollikni tashkil etish
va oshirish haqidagi qonunida (1984 y., o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritilgan)
sport tashkilotlarining davlat tomonidan ko‗mak qabul qilish tartiblari keltirilgan.
Bunday ko‗mak ko‗rsatishdagi asosiy shartlardan biri vakillik vakolatining
mavjudligidir. Maktab va universitet sport uyushmalari ham davlat, ham mahalliy
o‗z-o‗zini boshqarish idoralaridan yordam olishadi.
Nomi keltirilgan uyushmalar
o‗zlariga tegishli sport inshoatlari va sport jihozlaridan foydalanish imkonini
ta‘minlab beradi. Fransiyada davlat byudjetining 0.2 % mablag‗i sportga ajratilgan.
Dostları ilə paylaş: