Majburiy ona tili



Yüklə 143,64 Kb.
tarix19.06.2023
ölçüsü143,64 Kb.
#117965
Majburiy ona tili test (2)



MAJBURIY ONA TILI
1. Qaysi qatorda baland so‘zining antonimi qo‘llangan?
A) Uning bo‘yi ancha uzun edi.
B) Lazizaning qo‘lida katta kitob bor edi.
C) Alpomish qalin o‘tloq oralab bordi.
D) Bu yerning daraxtlari past ekan.
2. Qo‘sh unli qatnashgan so‘z qaysi gapda mavjud?
A) Saodat vaqti keldi, azizlarim!
B) Oila siz-u bizning ezgulikka yo‘g‘irilgan qo‘rg‘onimizdir.
C) Tabiiy ofatlardan o‘zing asra, Yo Rabbiy.
D) Metallar o‘tga chidamli bo‘lishi zarur.
3. Yasama sifatlar qatorini ko‘rsating.
A) giyohlarni, bog‘bon, ajratildi
B) adolatli, kulrang, mevazor
C) dorishunos, mehnatkash, ziyoli
D) ibratli, ko‘ngilchan, mevali
4. Qo‘shma otlar qatorini toping.
A) suvosti, yarimavtomat, muzyorar
B) qo‘ziqorin, Markaziy Osiyo, otquloq
C) har kim, har doim, har lahza
D) qirq uch, ellik sakkiz, olib kelmoq
5. Qaysi qatorda imloga oid xatolik mavjud?
A) Lahim go‘shtni ovqatga soldi.
B) San’atimiz rivojlanib borayapti.
C) To‘nning adibini tiking.
D) Kiyimimga paravoz tikib berishdi.
6. Qaysi qatorda paronim so‘zlar juftligi berilmagan?
A) adib – adip
B) asil – asl
C) shabada – shabboda
D) o‘tkaz - o‘tqaz
7. Qaysi qatorda shevaga oid so‘zning adabiy muqobili noto‘g‘ri berilgan?
A) shoti – narvon
B) inak – sigir
C) patinjon – baqlajon
D) taka – yostiq
8. Qaysi so‘zda ikkita so‘z yasovchi qo‘shimcha bor?
A) bilimdonlik B) namgarchilik
C) guldonni D) o‘ynoqi
9. Qaysi gapda ko‘plik qo‘shimchasi kuchaytirish ma’nosini bildirib kelgan?
A) Dadam keldilar.
B) Yigitcha “botir” bo‘lib keldilar.
C) Bolalar quvonchlarga to‘ldilar.
D) Alpomishlar maydonga tushdilar.
10. Uch xil aytiluvchi va yoziluvchi shakl nomi qaysi qatorda noto‘g‘ri keltirilgan?
A) o‘tgan zamon sifatdoshi
B) maqsad ravishdoshi

C) buyruq-istak mayli II shaxs birligi


D) otlarning qarashlilik shakli
11. Qaysi gapdagi nuqtalar o‘rniga sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha qo‘yiladi?
A) Mehnatdan kelsa boy..., turmush bo‘lar chiroyli.
B) Jannat onalar oyog‘i osti...dir.
C) Kun... isib, daraxtlar kurtak yozib, qushlar, qurt-qumursqalar harakatga kelib qoldi.
D) Mashina yigit... turgan yerga kelib to‘xtadi.
12. Uslubiy xato qo‘llangan gapni aniqlang.
A) Maruf azimqulov darsga kechikib keldi.
B) Repetitor Sherzod Rustamov, bolalaringiz sizni sog‘inishgan.
C) Keksalarning nuroniy aftidan quvonasan kishi.
D) Men seni tonglarga yozaman mahtal.
13. Qaysi qatorda ega bilan kesim o‘rtasida tire to‘g‘ri qo‘llangan?
A) Qozoqboyeva ham – talaba.
B) Bilim olish – yuksalishdir.
C) Hunarlining qo‘li – gul.
D) Bugun bayram – sanaladi.
14. Omonim bo‘lmagan so‘z berilgan qatorni aniqlang.
A) rasta, oqibat
B) mushak, oq
C) kosa, niqob
D) chang, rasm
15. Qaysi gapda yasama sifatdan yasalgan ot aniqlovchi vazifasini bajargan?
A) Umidsizlik uyin buzsang, umidingga yetarsan.
B) Bahor barchaning diliga ajib bir harorat, iliqlik olib kirdi.
C) Bola ovchilar tomonidan jarohatlangan oqqushni davolabdi.
D) Ukasi Husanning harakatlari unga juda yoqdi.

Sherzod Rustamov

ONA TILI VA ADABIYOT SABOQLARI

Yüklə 143,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə