Xalqaro Olimpiya qo„mitasi, uning tashkiliy tuzilishi, maqsadi, vazifalari.
Bosh Assambleya, milliy olimpiya qo„mitalari assambleyasi, sessiya, kongress.
Xalqaro sport harakatining birinchi bosqichi XX asrning boshlarigacha
bo‗lgan davrni o‗z ichiga oladi. Bu, albatta, birinchi Xalqaro Olimpiya o‗yinining
o‗tkazilishi (1896) va keyingi davrlarda har 4 yilda bir marta o‗yinlarning tashkil
qilinishi bilan belgilanadi.
1894 yilda Parijda I Xalqaro sport kongressi bo‗ldi. Bunda quyidagi
masalalar ko‗rib chiqilgan edi:
1. Havaskorlik va professionalizm
2. Olimpiya o‗yinlari.
255
Hozirgi davrda Xalqaro Olimpiya qo‗mitasiga 204 dan ortiq mamlakat a‘zo
bo‗lib kirgan. Sobiq Ittifoqdan ajralib, hozir mustaqil Davlat sifatida faoliyat
ko‗rsatayotgan respublikalar 1991-1992 yillarda Xalqaro Olimpiya qo‗mitasiga
a‘zo qilib qabul qilindi. Bu mamlakatlarning sportchilari sport cho‗qqilarini zabt
etish, xalqlar o‗rtasida tinchlik va do‗stlikni mustahkamlash uchun o‗z g‗oyalarini
olg‗a surmoqdalar.
Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT)Xalqaro sport harakatining rivojlanishi
va uning tashkilotchisi Xalqaro Olimpiya qo‗mitasi faoliyatining rivojlanishini
e‘tiborga olgan holda bu ishlarni kuzatib borish, tegishli yordam qilish maqsadida
o‗zining muhim tayanchi bo‗lgan YUNESKO huzurida jismoniy tarbiya va sport
bo‗yicha Xalqaro sport kengashini tashkil qildi. Bu tashkilot davlat hisobida
bo‗lmagan davlat tashkilotlari bilan aloqador bo‗lib, jismoniy tarbiya va sport
bo‗yicha kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar, tajriba
almashish ishlari bilan shug‗ullanadi. Xalqaro sport harakatida sport
uyushmalarining ahamiyati va o‗rni juda kattadir.
Bular o‗z klassifikatsiyalariga (turlari) qarab jahon va regional
uyushmalarga bo‗linadi.
1) Jahon sport uyushmasiga Xalqaro Olimpiya qo‗mitasi va xalqaro sport
federatsiyalari, jismoniy tarbiya va sportning xalqaro Kengashi, Xalqaro sport
federatsiyalari Bosh Assambleyasi, milliy olimpiya qo‗mitalarining Bosh
assambleyasi va boshqa uyushmalar kiradi.
2) Xududiy uyushmaga xududdagi milliy sport tashkilotining birontasi
kiradi. Bunday tashkilotlarga Afrika sporti Oliy Kengashi, Osiyo Olimpiya
Kengashi, Panamerika sport tashkiloti, Markaziy Amerika va Karib dengizi
o‗yinlari sport tashkiloti, O‗rta er dengizi o‗yinlari xalqaro qo‗mitasi va boshqalar
kiradi.
Ijtimoiy-siyosiy
xususiyati
bo‗yicha
xalqaro
sport
uyushmalari
quyidagilarga bo‗linadi:
- milliy uyushmalar, ligalar, davlat va jamoatchilik asosida tuzilgan
mamlakatlarning uyushmasini o‗z ichiga oluvchi Xalqaro sport uyushmalari;
256
- kapitalistik davlatlarni ichiga oladigan Xalqaro sport uyushmalari (harbiy
sport xalqaro kengashi - jismoniy tarbiya va sportning xalqaro katolik
federatsiyasi);
-
milliy sport tashkilotlarining professional holatlari bo‗yicha
temiryo‗lchilarning Xalqaro sport uyushmasi, aloqa, telegraf va telefon
xizmatchilarining Xalqaro uyishmasi;
- ilmiy sohalar bo‗yicha (sport tibbiyotining Xalqaro federatsiyasi, sport
psixologiyasining xalqaro assotsiatsiyasi, Xalqaro sotsiologiya assotsiatsiyasi va
boshqalar);
- jinsi bo‗yicha (xotin-qizlar) jismoniy tarbiyasi va sportining xalqaro
assotsiatsiyasi;
- diniy e‘tiqodlar bo‗yicha (Xalqaro katolik va xristian sport uyushmalari).
Har bir xalqaro sport uyushmasi o‗z Nizomiga ega. Ustavda uyushmaning
vazifasi, maqsadi, ish mazmuni, a‘zolikka qabul qilish va undan chiqarish
qoidalari, yig‗ilishlar, kongresslar o‗tkazish, qarorlar chiqarish tartiblari, moliyaviy
masalalar, nashriyot ishlari va hokazolar aks ettirilgan. Nizomda rahbar xodimlarni
saylash va ularning hisobot berib turishlari belgilangan.
Xalqaro
sport
uyushmalarining
byudjetlari
asosan
milliy
sport
tashkilotlarining badallari, sport musobaqalaridan yig‗ilgan mablag‗larning bir
qismi, televizion ko‗rsatuvlar, nashriyot, ayrim shaxslarning homiyligi,
hukumatlarning ba‘zi badallaridan hamda homiylikdan tashkil topadi.
Xalqaro Olimpiya qo‗mitasi jahon sport harakatini boshqaruvchi oliy
tashkilotdir. Uning vazifasiga xalqlar o‗rtasida jismoniy tarbiya va sportni keng
targ‗ib qilish va har 4 yilda bir marta o‗yinlarni tashkil qilish kiradi. Xalqaro
Olimpiya qo‗mitasi havaskorlik sporti rivojlanishini taqdirlaydi, kelgusi o‗yinlarni
o‗tkazish vaqti va joyini belgilaydi. Bu o‗yinlar xalqlar o‗rtasida sportdagi
do‗stlikni mustahkamlaydi.
E‘tirof etish kerakki, olimpiya o‗yinlarining asosiy g‗oyalari sportni
rivojlantirish, u orqali xalqaro hamdo‗stlikni mustahkamlashga qaratilgan. Bu
257
o‗rinda Per de Kubertenning «Sportga qoiyda»si (1912) muhim ahamiyat kasb
etish bilan birga, u o‗zining mazmunan mohiyatini tobora rivojlantirmoqda.
Xalqaro Olimpiya qo‗mitasining faoliyatini belgilab beruvchi asosiy hujjat
Xartiya hisoblanadi. Unda Xalqaro Olimpiya harakatining maqsadi va vazifalari,
huquq va burchlari belgilangan. Shuningdek, unda Xalqaro Olimpiya
qo‗mitasining milliy va xalqaro sport uyushmalari bilan munosabatlari, olimpiya
musobaqalarining dasturlari, olimpiada o‗yinlarini ochish va yopishdagi tadbirlar
ham alohida ko‗rsatilgan.
Xartiyada olimpiada o‗yinlariga sportchilarni qo‗yish shartlari ifodalangan.
Bunda professional sportchilarning xalqaro olimpiada o‗yinlarida qatnashishi man
etilgan. Shuningdek, irqchilik, millatlarni kamsitish va diniy yo‗llar bilan harakat
qilishga yo‗l qo‗ymasligi alohida qayd qilingan.
2008 yil ma‘lumoti bo‗yicha Xalqaro Olimpiya qo‗mitasi 204dan ortiq
mamlakatning milliy olimpiya qo‗mitalarini tan olgan.
Xalqaro Olimpiya qo‗mitasining Oliy organi har yilda o‗tkaziladigan
sessiyasi hisoblanadi. Sessiyalar oralig‗ida Xalqaro Olimpiya qo‗mitasi faoliyatini
ijroiya qo‗mita boshqaradi. Olimpiya o‗yinlari oldidan Xalqaro Olimpiya
qo‗mitasi o‗zining Kongressi va Assambleyalarini tashkil etadi. Unda Prezident va
ijroqo‗mni saylash, o‗yin qoidalari va dasturga kiritiladigan sport turalri va boshqa
masalalarni hal etiladi. Xalqaro Olimpiya qo‗mitasining tarkibida Xalqaro
Olimpiya Akademiyasi mavjud. U, asosan, Olimpiya g‗oyalarini targ‗ib qiladi.
Bunda Prezident, 3 ta vitse-prezident va a‘zolar bo‗ladi. Prezident har 8 yil
muddatga saylanadi. Xalqaro Olimpiya qo‗mitasi a‘zolarini saylash muddati
belgilanmaydi. Lekin u 72 yoshga kirsa, a‘zolikdan chiqib ketadi.
Xalqaro Olimpiya harakatining barcha davrlarida 9 ta prezident saylangan.
Ular quyidagilar:
1.
D.Vikelas, Gretsiya, 1894-1896 yillar.
2.
Per de Kuberten, Fransiya, 1896-1925 yillar.
3.
A.de Baye-Latur, Belgiya, 1925-1942 yil-lar.
4.
E.Edstryom, SHvetsiya, 1942-1952 yillar.
258
5.
E.X.Brendejd, AQSH, 1952-1972 yillar.
6.
Lord M.Killanin, Irlandiya, 1972-1980 yillar.
7.
X.Samaranch, Ispaniya, 1980-2001 yillar.
8.
Jak Rogge, Belgiya, 2001-2013 yillar.
9.
Tomas Bax, Germaniya, 2013 yildan.
Xalqaro Olimpiya qo‗mitasining (XOQ) moliyaviy manbai asosan Milliy
olimpiya qo‗mitalari (MOQ) a‘zoligidan, ya‘ni har bir a‘zo Amerika dollari
hisobidan badallar to‗laydi, Olimpiya o‗iynlarining televizion ko‗rsatuvlaridan
yig‗ilgan pullarning bir qismi, Xalqaro Olimpiya qo‗mitasi byulleteniga
obunalardan bir qismini tashkil qiladi. Olimpiya o‗yinlari jarayonidagi barcha
harajatlarni o‗yinni tashkil qilgan mamlakat ko‗taradi.
Olimpiya o‗yinini o‗tkazish uchun mamlakatda Tashkiliy qo‗mita tuziladi
va u barcha ishlar uchun Xalqaro Olimpiya qo‗mitasi, Xalqaro sport federatsiyasi
va Milliy Olimpiya qo‗mitasi oldida to‗la javob beradi.
Dostları ilə paylaş: |