Olimpiya Akademiyasi va uning vazifalari
O‗zbekiston Olimpiya Akademiyasi O‗zbekiston Milliy Olimpiya
qo‗mitasiga bevosita yordam beruvchi va olimpiya g‗oyalarini targ‗ib qiluvchi
jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi tashkilotdir.
246
Ta‘kidlash lozimki, Xalqaro Olimpiya Akademiyasi (XOA) 1961 yilda
tuzilgan. U Gretsiyaning Olimpiya shahrida joylashgan va 170 dan ortiq
mamlakatlarda uning tarmoqlari, ya‘ni milliy Olimpiya Akademiyalari (MOA)
tashkil etilgan. Xalqaro Olimpiya Akademiyasining asosiy vazifasi Olimpiya
harakati, jismoniy tarbiya va sport nazariyasini o‗rganish hamda targ‗ib qilishdan
iborat. Uning faoliyati Xalqaro Olimpiya qo‗mitasi tomonidan boshqarilib,
moliyaviy ta‘minoti esa Gretsiya Milliy Olimpiya qo‗mitasi zimmasidadir.
Xalqaro Olimpiya Akademiyasi har yili bir haftalik sessiya tashkil etadi, va
unda falsafa g‗oyaviy muammolarga bag‗ishlangan ma‘ruzalar eshitish, seminarlar
o‗tkazadi. Ularning asosiy mohiyati Olimpiya harakati tarixi, sport mashg‗ulotlari
hamda jismoniy tarbiya va sportning uslubiy masalalari bayonidan iborat bo‗ladi.
Bu anjumanlarga Milliy Olimpiya qo‗mitalari, taniqli olimlar, murabbiylar, soha
vakillari, xatto talabalar, aspirantlar va sportchilarni safarbar etish mumkin.
1987 yil 18 fevralda Davlat sport qo‗mitasi va O‗zbekiston Davlat jismoniy
tarbiya institutining tashabbusi bilan O‗zbekiston Respublikasi Olimpiya
Akademiyasi tashkil qilindi. 1993 yil 18 aprelda O‗zbekiston Respublikasi
Olimpiya Akademiyasi (O‗zROA) rasmiy ravishda ta‘sis etildi.
O‗zbekiston Respublikasi Olimpiya Akademiyasi faoliyati uning saylangan
Prezidenti, ijroqo‗m direktori tomonidan boshqariladi. 1994 yilda Olimp shahrida
o‗tkazilgan Xalqaro Olimpiya Akademiyasi sessiyasida O‗zbekiston Olimpiya
Akademiyasi vakillari ilk bor ishtirok etishdi va keyingi yillarda ham faol
qatnashib kelmoqdalar.
O‗zbekiston Respublikasi Olimpiya Akademiyasi ijroqo‗mida (Nizomga
muvofiq) 12 kishi, ya‘ni etuk olimlar, o‗qituvchilar, murabbiylar, Olimpiya
harakatining namoyandalari jamoatchilik asosida faoliyat ko‗rsatadilar.
O‗zbekiston Respublikasi Olimpiya Akademiyasi o‗z faoliyatini, asosan,
Olimpiya g‗oyalari, Olimpiya harakati, Olimpiya o‗yinlarining ommallashuviga
qaratgan. Shu o‗rinda muhim faoliyatlarning natijalarini misol tariqasida keltirish
maqsadga muvofiqdir.
247
1996 yil Olimpiya ta‘limi tizimining tashkiliy va ilmiy-uslubiy asoslarini
yaratishning hal qiluvchi jarayoni amalga oshirildi. Ya‘ni turli hududlarda Xalqaro
Olimpiya Akademiyasi bilan o‗zaro aloqalarini ta‘minladi. Ayniqsa, Xalqaro
Olimpiya qo‗mitasining tashkil topishiga (1894) va zamonaviy Olimpiya
o‗yinlarining (1896) 100 yilligi munosabati bilan o‗tkazilgan Respublika ilmiy-
nazariy anjumanlari (1994, 1996) muhim ahamiyatga ega bo‗ldi. 1997-2000
yillarda Olimpiya harakati va o‗yinlari bilan bog‗liq ilmiy-amaliy anjumanlar
o‗tkazildi. Ma‘ruzalar, amaliy takliflar, ilmiy-nazariy tahlillar anjumanlarning
ilmiy to‗plamlarida o‗z ifodasini topdi.
O‗zbekistonda Olimpiya harakati bilan bog‗liq barcha muammolar va
masalalarni hal etishda O‗zbekiston Prezidenti va hukumatining bevosita yordami
e‘tiborga loyiqdir. Ayniqsa, O‗zbekiston Prezidentining 2000 yil 7 iyundagi
«O‗zbekistonda Olimpiya harakatini yanada rivojlantirish va mamlakat
sportchilarini Sidney shahri (Avstraliya) dagi XXVII Olimpiya o‗yinlariga
tayyorlash to‗g‗risida»gi Farmoni muhim ahamiyat kasb etdi. Farmonda bayon
etilishicha: «Mamlakatda Olimpiya harakatini yanada rivojlantirish va O‗zbekiston
sportchilarining Sidney shahri (Avstraliya) dagi XXVII Olimpiya o‗yinlarida
muvaffaqiyatli ishtirok etishlarini rag‗batlantirish maqsadida, shuningdek,
O‗zbekistonning xalqaro obro‗sini mustaxkamlashda, yosh avlodni milliy g‗urur
va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda o‗zbek sportchilari erishgan yutuqlarining
g‗oyat katta ahamiyatini e‘tiborga olib:
XXVII Olimpiya o‗yinlarida sovrindor bo‗lgan O‗zbekiston sportchilarini
rag‗batlantirish, Vatanimizning sportdagi shon-shuhratini oshirishga qo‗shgan
munosib hissasini e‘tirof etish maqsadida, quyidagi miqdorda bir yo‗la beriladigan
mukofotlar belgilandi:
-Oltin medal uchun - 100000 AQSH dollari;
-Kumush medal uchun - 50000 AQSH dollari;
-Bronza medali uchun-25000 AQSH dollari (―Sport‖ gazetasi, 2000 yil, 9 iyun).
Ushbu farmon murabbiylar va Olimpiya o‗yinlarida qatnashadigan
sportchilarga katta kuch va ruhiy ozuqa baxsh etdi. Natijada, Sidney shahrida
248
o‗tkazilgan XXVII Olimpiya o‗yinlarida (2000 yil 15 sentyabr- 1 oktyabr)
qatnashgan 77 nafar sportchilar orasida 4 kishi Olimpiya o‗yinlari medallari va
O‗zbekiston Prezidenti mukofotiga sazovor bo‗ldilar. Ular: Muhammadqodir
Abdullaev boks bo‗yicha oltin medal sovrindori; Artur Taymazov erkin kurash
bo‗yicha kumush medal sovrindori; Rustam Saidov va Sergey Mixaylov boks
bo‗yicha bronza medali sovrindorlari bo‗lishdi.
2004 yil Afina (Gretsiya)
28 – Yozgi Olimpiada o‗yindarida Vatanimiz sharafini 69 nafar
sportchilarimiz sportning 15 turida himoya qilishgan.
Bayroqdor: Abdulla Tangriev.
Sovrindorlar:
Artur Taymazov (erkin kurash) – oltin
Aleksandr Dokturishvili (yunon–rum kurashi) – oltin
Magamed Ibragimov (erkin kurash) – kumush
Bahodir Sultonov (boks) – bronza
O‗tkirbek Xaydarov (boks) – bronza
Umumjamoa hisobida: 202 davlat orasida 34 – o‗rinni egallagan.
2008 yil Pekin (Xitoy)
29 – Yozgi Olimpiada o‗yindarida Vatanimiz sharafini 58 nafar
sportchilarimiz sportning 15 turida himoya qilishgan.
Bayroqdor: Dilshod Mahmudov.
Sovrindorlar:
Artur Taymazov (erkin kurash) – oltin
Abdulla Tangriev (dzyudo) – kumush
Soslan Tigiev (erkin kurash) – kumush
Rishod Sobirov (dzyudo) – bronza
Anton Fokin (sport gimnastikasi) – bronza
Ekaterina Xil‘ko (trampolin) – bronza
Umumjamoa hisobida: 202 davlat orasida 40 – o‗rinni egallagan.
2012 yil London (Buyuk Britaniya)
249
30 – Yozgi Olimpiada o‗yindarida Vatanimiz sharafini 54 nafar
sportchilarimiz sportning 16 turida himoya qilishgan.
Bayroqdor: Elshod Rasulov.
Sovrindorlar:
Artur Taymazov (erkin kurash) – oltin
Soslan Tigiev (erkin kurash) – bronza (doping)
Rishod Sobirov (dzyudo) – bronza
Abbos Atoev (boks) – bronza
Umumjamoa hisobida: 204 davlat orasida 47 – o‗rinni egallagan.
Londonda o‗tkazilgan 30 – Yozgi Olimpiada o‗yindari dasturida 36 nafar
sport turi bo‗yicha jahon sportchilari medallar uchun bahs olib bordilar.
Paralimpiya o‗yinlari nufuzi bo‗yicha Olimpiada o‗yinlaridan keyin turadigan
musobaqa hisoblanadi. Xuddi Olimpiada o‗yinlarida bo‗lgani kabi yozgi va qishgi
Paralimpiya o‗yinlari o‗tkazilib kelinadi. Yozgi Paralimpiya o‗yinlariga 1960 yilda
asos solingan. 1988 yildan boshlab Olimpiada o‗yinlariga mezbonlik qilgan
shaharlarda (oradan ikki hafta o‗tib) Paralimpiya o‗yinlari bo‗lib o‗tadi.
30 – Yozgi Olimpiada o‗yinlari yakunlangan 2012 yilning 29 – avgust 9 –
sentyabr kunlari Londonda 14 – Paralimpiya o‗yinlari o‗tkazildi. Mazkur yirik
sport musobaqasida Vatanimiz sharafini 10 nafar sportchimiz himoya qildilar.
Agarda bundan to‗rt yil muqaddam bo‗lib o‗tgan Paralimpiya o‗yinlarida 1 nafar
sportchimiz ishtirok etganligini inobatga oladigan bo‗lsak, O‗zbekistonlik
paralimpiyachilar tomonidan bir yo‗la 10 barobar ko‗p litsenziyaning qo‗lga
kiritilishi bundan keyingi bo‗lib o‗tadidan musobaqalarda yanada ko‗proq
ishtirokchilar bo‗lishidan dalolat beradi.
2016 Rio-de-Jeneyro (Braziliya)
31 – Yozgi Olimpiada o‗yindarida Vatanimiz sharafini 70 dan ortiq
sportchilarimiz sportning 15 dan ortiq turida himoya qilishgan.
Sovrindorlar:
Ruslan Nuriddinov (og‗ir-atletika) – oltin
Hasanboy Do‗smatov (boks) – oltin
250
Fazliddin G‗oyibnazarov(boks) – oltin
Shaxobiddin Zoirov ( boks ) – oltin
G‗iyosov Shahram ( boks) – kumush
Meliquziev Bektemir ( boks) kumush
To‗laganov Rustam ( boks) - bronza
Rishod Sobirov (dyuzdo ) -bronza
Magamet Ibragimov (erkin-kurash) – bronza
Navro‗zov Ixtiyor ( erkin kurash) – bronza
Tasmurodov Elmurod ( yunon-rum) – bronza
O‗razbaev Diyorbek ( dzyudo) – bronza
Axmadaliev Murodjon ( boks) – bronza
Umumjamoa hisobida: 202 davlat orasida 21 – o‗rinni egallagan
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 martdagi ―O‗zbekiston
sportchilarini 2020 yil Tokio shahri (Yaponiya)da bo‗lib o‗tadigan XXXII yozgi
Olimpiya va XVI Paralimpiya o‗yinlariga tayyorlash to‗g‗risida‖gi PQ-2821-son
qarori qabul qilindi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan ―O‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi
faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi qaror, avvalambor, sog‗lom
va halol sportni targ‗ibot qilish hamda Butunjahon antidoping agentligining kodeks
va standartlarini O‗zbekistonda samarali amalga oshirish, O‗zbekiston
sportchilarini 2020 yil Tokio shahri (Yaponiya)da bo‗lib o‗tadigan XXXII yozgi
Olimpiya va XVI Paralimpiya o‗yinlariga tayyorlash borasida barcha shart-
sharoitlarni
yaratishga
qaratilgan.
SHu o‗rinda Sportda dopingga qarshi kurash to‗g‗risidagi xalqaro konvensiyani
barcha a‘zo davlatlar katorida O‗zbekiston Respublikasi 2010 yilda ratifikatsiya
etganini
alohida
ta‘kidlash
joiz.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping
agentligi zimmasiga Butunjahon antidoping agentligining antidoping boshqaruvi
va menejmenti (ADAMS) maxsus dasturini respublikamizda joriy etish va qo‗llash
251
mas‘uliyati yuklatilgan. Mazkur dastur orqali Agentlik faoliyatini samarali tashkil
etish va butunjahon tezkor ma‘lumotlar bazasi axborotlaridan foydalanish
imkoniyati yaratiladi hamda musobaqa va musobaqalardan tashqari bo‗lgan davr
mobaynida doping-test jarayonlaridan O‗zbekiston sportchilari o‗tishi to‗g‗risida
aniq axborot bazasi shakllantirilib, doping-nazorat tizimi tashkil etiladi. Ayniqsa,
O‗zbekiston sportchilari dori vositalaridan terapevtik maqsadlarda foydalanishi va
taqiqlangan dori vositalaridan foydalanmasligi to‗g‗risida aniq tavsiyalar berish
mexanizmi
va
samarali
antidoping
tizimi
joriy
etiladi.
Qaror bilan, shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo‗mitasi
huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining ―Milliy antidoping
xizmati‖ negizida ―Sport psixologiyasi bo‗limi‖ni tashkil etish ko‗zda tutilgan.
Shuningdek, Agentlik tarkibida 3 ta bo‗lim va 2 ta komissiya tashkil etilishi
natijasida sportchilar, murabbiylar, sport tibbiyoti xodimlari va boshqa
mutaxassislarga sog‗lom va halol sport targ‗iboti hamda taqiqlangan dori vositalari
yoki uslublar nazoratini ta‘minlash kabi dopingga qarshi kurashish borasidagi
qator
muhim
vazifalarni
amalga
oshirish
belgilab
berilgan.
Bundan tashqari, qarorda quyidagi maqsadli tadbirlarni amalga oshirish ko‗zda
tutilgan:
Agentlikni saqlash va uning faoliyat ko‗rsatishi, shu jumladan, antidoping
tadqiqotlarini tashkil etish bilan bog‗liq xarajatlar uchun zarur mablag‗lar ajratish;
Agentlikka biologik namunalarni to‗plash uchun maxsus moslamalar va boshqa
tovarlarni xarid qilish uchun to‗g‗ridan-to‗g‗ri import shartnomalari, shuningdek,
tadqiqotlar (doping-testlar) o‗tkazish bo‗yicha xizmatlar ko‗rsatish shartnomalarini
tender
savdolari
o‗tkazmasdan
tuzish
huquqini
berish;
Agentlik faoliyatini tashkil etish va uning faoliyat ko‗rsatishi uchun jalb etiladigan
chet ellik mutaxassislarga ko‗p martalik vizalar berish, ularni davlat bojlarini
to‗lashdan ozod etgan holda vaqtinchalik yashash joyiga vaqtincha propiska qilish
va
vaqtinchalik
propiska
muddatining
uzaytirilishini
ta‘minlash;
Agentlik tomonidan sportchilarning biologik namunalarini to‗plash uchun
respublikaga olib kelinadigan maxsus moslamalar va boshqa tovarlarni belgilangan
252
tartibda tasdiqlanadigan ro‗yxatlar bo‗yicha bojxona to‗lovlaridan (bojxona
rasmiylashtiruvi
yig‗imlaridan
tashqari)
ozod
etish.
Agentlik zimmasiga sport jamoatchiligini doping orqali sportchilarga etkaziladigan
zarar, inson sog‗lig‗i uchun doping qabul qilishning salbiy oqibatlari to‗g‗risida
xabardor etish, Butunjahon antidoping agentligining dasturlari va loyihalarini
amalga oshirish, xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlash va
rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratish vazifalari yuklangan. SHuningdek,
Butunjahon antidoping agentligining yangi qoida va talablarini tezkor tatbiq etish
hamda uzluksiz monitoringini olib borish; doping-tekshiruv va biomateriallar
topshirish protsedurasi haqida sportchilar, sport shifokorlariga ma‘lumot va
tavsiyalar taqdim etish, xalqaro tajribaga muvofiq tadqiqotlar olib borish;
O‗zbekistonda antidoping onlayn xizmati va taqiqlangan dori-darmonlar
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar bazasini yaratish; taqiqlangan dori-darmonlar to‗g‗risida
seminarlar va konferensiyalar o‗tkazish, sportda dopingga qarshi kurashish
bo‗yicha uslubiy qo‗llanmalar ishlab chiqish kabi masalalar Agentlikning ustuvor
vazifalari sifatida belgilangan.
Dostları ilə paylaş: |