3
Mazkur darslik
―Jismoniy tarbiya va sport menejmenti‖
bakalavriyat
ta‘lim yo‗nalishining malaka talablariga mos ravishda yaratilgan bo‗lib, jismoniy
tarbiya va sport sohasida sport menejeri, sport marketologi, menejer-iqtisodchi, ish
yurituvchi, kadrlar masalalari bo‗yicha menejer, reklama bo‗yicha menejer, kreativ
(ijodkor) menejer, investitsiya va innovatsion loyihalarni boshqarish bo‗yicha
menejerlarni tayyorlashda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Darslikning
bosh maqsadi –jismoniy tarbiya va sport boshqaruvining
asosiy qonuniyatlari,
tamoyillari, kategoriyalari, qonun-qoidalari,
vazifalari, usullari, boshqaruvda
axborot texnologiyasi hamda boshqaruvning samaradorlik
natijalarini nazariy va
amaliy tomonidan chuqur o‗rganishdan iborat.
Darslik O‗zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining
―Jismoniy tarbiya va sport menejmenti‖ bakalavriyat ta‘lim yo‗nalishi va
magistratura mutaxassisligi bo‗yicha ta‘lim olayotgan talabalar,
doktorant va
professor-o‗qituvchilar uchun mo‗ljallangan.
O‗zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi
tashkilotlar, oliy sport mahorati maktablari, ixtisoslashtirilgan
olimpiya zahiralari
maktab internatlari, sport turlari bo‗yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-
internatlari, sport turlari bo‗yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‗smirlar
sport
maktablari, sport mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar, xususiy sport
klublari,
sport inshootlari, sport sog‗lomlashtirish tashkilotlari (klublari), sport
agentlik tashkilotlari, Milliy Olimpiya qo‗mitasi va uning tegishli bo‗limlari, sport
federatsiyalari va assotsiyasiyalari, xususiy sport tashkilotlari va ―Sport‖
erkin
iqtisodiy zonalarida sport mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar rahbarlari,
tadbirkorlar hamda ―Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish‖ fanini mustaqil
ravishda o‗rganayotganlar uchun ham ushbu darslik foydadan holi bo‗lmaydi.