12
1-MAVZU. JISMONIY TARBIYA VA SPORTNI BOSHQARISHNING
NAZARIY ASOSLARI
REJA
1.1. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fanining maqsadi va vazifalari, boshqa
fanlar bilan aloqadorligi.
1.2. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qonun hamda qarorlar – boshqarishning
asosiy manbalari.
1.3. O‗zbekistonda jismoniy tarbiya va sport taraqqiyoti.
1.4. Davlatni idora qilishda Prezidentlik instituti, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi
hamda vazirliklar va jamoat tashkilotlarining o‗rni.
1.5. Boshqarish tamoyillari. ―Jismoniy tarbiya harakati‖, ―Boshqarish‖,
―Boshqarish tizimlari, ―Ilmiy boshqarish‖, ―Boshqarish usullari‖ ―Aqlli boshqarish‖
tushunchalarining umumiy ta‘rifi.
Tayanch iboralar: qonun, qonuniyat, qarorlar, jismoniy tarbiya va sport,
boshqarish, boshqarish tamoyillari, boshqarish usullari, boshqarish funksiyasi, tizim,
boshqarish tizimi, tashkilot, jamoat tashkilotlari.
1.1. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fanining maqsadi va vazifalari, boshqa
fanlar bilan aloqadorligi.
Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish maxsus o‗quv
hamda ilmiy fan sifatida
ijtimoiy-pedagogika fanlarining tarkibiy qismi hisoblanadi. U aholi o‗rtasida tashkil
qilinadigan ommaviy sog‗lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya
va sport tadbirlarining
yo‗llarini o‗rganadi, shu sohadagi mutaxassislarni tarbiyalashga bevosita xizmat qiladi.
SHu sababdan, bu fan O‗zDJTSU va respublika oliy o‗quv
yurtlarining jismoniy
tarbiya fakultetlari,
oliy sport mahorati maktablari, ixtisoslashtirilgan olimpiya
zahiralari
maktab internatlari, sport turlari bo‗yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-
internatlari, sport turlari bo‗yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‗smirlar
sport maktablari,
Olimpiya zahiralari va sport hamda pedagogika kollejlari tarkibidagi jismoniy tarbiya
bo‗limlarining o‗quv rejasida o‗z o‗rni va mavqeiga ega bo‗lmog‗i lozim.