2016-2017 yillarda O„zbekiston respublikasida jismoniy
tarbiya va sportning rivojlanishi to„g„risida
M A „ L U M O T N O M A
1-jadval.
Jismoniy tarbiya jamoalari soni
№
Hududlar
2016
2017
Foizda
1 Qoraqalpog‗iston
869
877
100,9
2 Andijon
944
974
103,1
3 Buxoro
662
666
100,6
4 Jizzax
640
685
107,0
5 Qashqadaryo
1478
1335
90,3
6 Navoiy
436
432
99,0
7 Namangan
841
827
98,3
8 Samarqand
1512
1418
93,7
9 Surxondaryo
1076
997
92,6
10 Sirdaryo
500
502
100,4
11 Toshkent
1073
1108
103,2
12 Farg‗ona
1136
1151
101,3
13 Xorazm
710
734
103,3
14 Toshkent shahar
539
528
97,9
17
Respublika bo„yicha jami
12416
12234
98.5
2 jadval.
Jismoniy tarbiya bilan shug„ullanuvchilar soni
№ Hududlar
2016
2017
2018
1 Qoraqalpog‗iston
352190
367342
373152
2 Andijon
558050
587578
591693
3 Buxoro
345630
355757
357612
4 Jizzax
274524
282164
290324
5 Qashqadaryo
651754
666480
669152
6 Navoiy
181290
191214
193871
7 Namangan
514159
524373
526486
8 Samarqand
733774
752611
754012
9 Surxondaryo
489358
506973
507112
10 Sirdaryo
159395
166148
167121
11 Toshkent
504050
498739
499842
12 Farg‗ona
670707
684931
686921
13 Xorazm
372119
381046
382223
14 Toshkent shahar
494983
499674
503457
Respublika bo„yicha jami
6301983
6465030
6502978
O‗zbekiston respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: ―Bugungi kunda
O‗zbekiston jadal rivojlanmoqda. Biz ajdodlarimizning donishmandlik
an‘analariga amal qilib, uni teran anglagan holda, qat‘iy islohotlarni amalga
oshirmoqdamiz, mamlakatimizning yangi qiyofasini shakllantirish yo‗lidan
bormoqdamiz. Jamiyatimizda siyosiy faollik ortib bormoqda, barcha sohalarda
chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Ulardan ko‗zlangan maqsad – ―Inson
manfaatlari hamma narsadan ustun‖ degan oddiy va aniq-ravshan tamoyilni amalga
oshirish ustuvor ahamiyatga ega bo‗lgan demokratik davlat va adolatli jamiyat
barpo etishdan iborat,
1
deb ta‘kidlab o‗tdi.
Darhaqiqat, amalga oshirilayotgan ta‘limiy islohotlar zamirida yurtimiz
ravnaqiga xizmat qiladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, mamlakatimiz
taraqqiyotini yuksaltirish, barqaror rivojlanish yo‗liga o‗tish masalalasi birinchi
1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиѐев 2017 йил 19 сентябрь куни
Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеясининг 72-сессиясидаги нутқи. www.press.uz.
18
galda kadrlar salohiyatiga va ularni etkazib berayotgan oliy ta‘lim muassasalari
faoliyatiga borib taqaladi. Shuningdek, 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan
―Ta‘lim to‗g‗risida‖ gi va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ to‗g‗risidagi
me‘yoriy-huquqiy hujjatlar dasturilamal bo‗lib xizmat qilib kelmoqda.
Respublikamizda jismoniy tarbiya va sport sohasini isloh qilish, uni yanada
rivojlantirishga asos bo‗luvchi eng muhim tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tarixga
nazar tashlaydigan bo‗lsak, dastlab 1992 yil 14 yanvarda O‗zbekiston
respublikasining ―Jismoniy tarbiya va sport to‗g‗risida‖gi qonuni qabul qilindi.
Qonundan ko‗zlangan asosiy maqsad mamlakatimiz aholisining sog‗ligini
mustahkamlash, ularning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‗ullanishlariga shart-
sharoitlar yaratib berish kabi vazifalar belgilab berilgan.
Ushbu qonun 2000 yil 26 mayda va 2015 yil 4 sentyabrda yangi tahrirda
qayta qabul qilindi. Yangi va o‗zgartirishlar bilan 2015 yil 4 sentyabrda qabul
qilingan qonunda O‗zbekiston respublikasi fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, dini,
ijtimoiy kelib chiqishi, e‘tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy holatidan qat‘i nazar, jismoniy
tarbiya va sport bilan shug‗ullanish, jismoniy tarbiya-sport jamoat birlashmalarini
tuzish, jismoniy tarbiya-sport harakatini boshqarishda ishtirok etish huquqiga
egagiligi alohida ta‘kidlangan
2
.
Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish borasida islohotlarning
samarasi natijasida 2015 yil 4 sentyabrda yangi tahrirda qabul qilingan
«Jismoniy tarbiya va sport to‗g‗risida»gi O‗zbekiston Respublikasining Qonunida
bevosita
jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat siyosatining asosiy yo‗nalishlari
belgilab berilgan bo‗lib, unga ko‗ra:
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‗llab-
quvvatlash;
har kimning jismoniy tarbiya va sport bilan erkin shug‗ullanishga bo‗lgan
2
«Жисмоний тарбия ва спорт тўғрисида» (янги таҳрири) Ўзбекистон Республикасининг
Қонуни Тошкент ш., 2015 йил 4 сентябрь,ЎРҚ-394-сон. Ўзбекистон Республикаси қонун
ҳужжатлари тўплами, 2015 й., 36-сон, 473-модда.
19
huquqini ta‘minlash;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat hamda jamoat boshqaruvini
uyg‗unlashtirish;
fuqarolarning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi huquqlarining davlat
kafolatlarini belgilash;
jismoniy tarbiya va sport sohasida kamsitishga hamda zo‗ravonlikka yo‗l
qo‗ymaslik;
jismoniy tarbiya va sport bilan shug‗ullanuvchi shaxslarning, shuningdek,
jismoniy tarbiya va sport tadbirlari ishtirokchilari hamda tomoshabinlarining
hayoti va sog‗lig‗i xavfsizligini ta‘minlash;
sportning
barcha
turlari
va
tarkibiy
qismlarini
rivojlantirishga
ko‗maklashish;
nogironlar va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslar,
shuningdek yuqori darajada ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi guruhlari o‗rtasida
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ko‗maklashish;
O‗zbekistonning milliy sport turlari va xalq o‗yinlarini rivojlantirish hamda
ommalashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
fuqarolarni jismoniy tarbiyalashning uzluksizligi va davomiyligini
ta‘minlash;
xalqaro hamkorlikni amalga oshirish masalalari keltirib o‗tilgan
3
.
O‗zbekiston respublikasi Prezidentining «Madaniyat va sport sohasida
boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida» 2017 yil
15 fevraldagi PF-4956-sonli Farmonini bajarish yuzasidan hamda Jismoniy tarbiya
va sport davlat qo‗mitasining samarali faoliyat yuritishini ta‘minlash maqsadida
O‗zbekiston respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi hamda Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim
vazirligining O‗zbekiston respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi huzuridagi Bolalar-
o‗smirlar sport maktablari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish
markazini O‗zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi Jismoniy tarbiya
va sport bo‗yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta‘minlash, qayta tayyorlash va
3
4-модда
.
Жисмоний тарбия ва спорт соҳасидаги давлат сиѐсатининг асосий йўналишлари.
20
malakasini oshirish markaziga birlashtirish yo‗li bilan uni qayta tashkil etish,
shuningdek, mazkur markazlarning shtatlar sonini optimallashtirish hamda ularga
biriktirib qo‗yilgan binolar, inshootlar va boshqa mol-mulkni tasarruf etish va
ulardan foydalanish borasidagi muhim masalalar sifatida ta‘kidlab o‗tilgan.
O‗zbekiston respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli
Farmoni bilan tasdiqlangan ―2017-2021 yillarda O‗zbekiston respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasi‖
jismoniy tarbiya va sport sohasini tubdan rivojlantirish, sohada muammolarni
bartaraf etish hamda kadrlar tayyorlash tizimini tartibga solish va boshqarish
tizimini rivojlantirishda tub burilish bo‗la oldi desak mubolag‗a qilmaymiz
4
.
O‗zbekiston respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli
Farmoni bilan tasdiqlangan ―2017-2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasi‖da
―Bolalar sportining ommaviyligini oshirish hamda musiqa va san‘at ta‘limini
rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, 251 ta umumta‘lim maktabi, 12 ta
bolalar va o‗smirlar sport maktabida sport zallarini qurish, 9 ta yopiq suzish
havzasini qurish va 2 tasini rekonstruksiya qilish‖ ishlarini amalga oshirish
ta‘kidlab o‗tilgan
5
.
Dostları ilə paylaş: |