Yarashev K. D., Ziyadullaev K. Sh., Babajanov R. Yu


-2017 yillarda O„zbekiston respublikasida jismoniy



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/113
tarix23.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#123192
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   113
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI Дарслик

2016-2017 yillarda O„zbekiston respublikasida jismoniy 
tarbiya va sportning rivojlanishi to„g„risida 
M A „ L U M O T N O M A 
1-jadval. 
Jismoniy tarbiya jamoalari soni 
№ 
Hududlar 
2016 
2017 
Foizda 
1 Qoraqalpog‗iston 
869 
877 
100,9 
2 Andijon 
944 
974 
103,1 
3 Buxoro 
662 
666 
100,6 
4 Jizzax 
640 
685 
107,0 
5 Qashqadaryo 
1478 
1335 
90,3 
6 Navoiy 
436 
432 
99,0 
7 Namangan 
841 
827 
98,3 
8 Samarqand 
1512 
1418 
93,7 
9 Surxondaryo 
1076 
997 
92,6 
10 Sirdaryo 
500 
502 
100,4 
11 Toshkent 
1073 
1108 
103,2 
12 Farg‗ona 
1136 
1151 
101,3 
13 Xorazm 
710 
734 
103,3 
14 Toshkent shahar 
539 
528 
97,9 


17 
Respublika bo„yicha jami 
12416 
12234 
98.5 
 
 
2 jadval. 
Jismoniy tarbiya bilan shug„ullanuvchilar soni 
 
№ Hududlar 
2016 
2017 
2018 
1 Qoraqalpog‗iston 
352190 
367342 
373152 
2 Andijon 
558050 
587578 
591693 
3 Buxoro 
345630 
355757 
357612 
4 Jizzax 
274524 
282164 
290324 
5 Qashqadaryo 
651754 
666480 
669152 
6 Navoiy 
181290 
191214 
193871 
7 Namangan 
514159 
524373 
526486 
8 Samarqand 
733774 
752611 
754012 
9 Surxondaryo 
489358 
506973 
507112 
10 Sirdaryo 
159395 
166148 
167121 
11 Toshkent 
504050 
498739 
499842 
12 Farg‗ona 
670707 
684931 
686921 
13 Xorazm 
372119 
381046 
382223 
14 Toshkent shahar 
494983 
499674 
503457 
Respublika bo„yicha jami 
6301983 
6465030 
6502978 
O‗zbekiston respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: ―Bugungi kunda 
O‗zbekiston jadal rivojlanmoqda. Biz ajdodlarimizning donishmandlik 
an‘analariga amal qilib, uni teran anglagan holda, qat‘iy islohotlarni amalga 
oshirmoqdamiz, mamlakatimizning yangi qiyofasini shakllantirish yo‗lidan 
bormoqdamiz. Jamiyatimizda siyosiy faollik ortib bormoqda, barcha sohalarda 
chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Ulardan ko‗zlangan maqsad – ―Inson 
manfaatlari hamma narsadan ustun‖ degan oddiy va aniq-ravshan tamoyilni amalga 
oshirish ustuvor ahamiyatga ega bo‗lgan demokratik davlat va adolatli jamiyat 
barpo etishdan iborat,
1
deb ta‘kidlab o‗tdi. 
Darhaqiqat, amalga oshirilayotgan ta‘limiy islohotlar zamirida yurtimiz 
ravnaqiga xizmat qiladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, mamlakatimiz 
taraqqiyotini yuksaltirish, barqaror rivojlanish yo‗liga o‗tish masalalasi birinchi 
1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиѐев 2017 йил 19 сентябрь куни 
Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеясининг 72-сессиясидаги нутқи. www.press.uz.


18 
galda kadrlar salohiyatiga va ularni etkazib berayotgan oliy ta‘lim muassasalari 
faoliyatiga borib taqaladi. Shuningdek, 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan 
―Ta‘lim to‗g‗risida‖ gi va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ to‗g‗risidagi 
me‘yoriy-huquqiy hujjatlar dasturilamal bo‗lib xizmat qilib kelmoqda.
Respublikamizda jismoniy tarbiya va sport sohasini isloh qilish, uni yanada 
rivojlantirishga asos bo‗luvchi eng muhim tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tarixga 
nazar tashlaydigan bo‗lsak, dastlab 1992 yil 14 yanvarda O‗zbekiston 
respublikasining ―Jismoniy tarbiya va sport to‗g‗risida‖gi qonuni qabul qilindi. 
Qonundan ko‗zlangan asosiy maqsad mamlakatimiz aholisining sog‗ligini 
mustahkamlash, ularning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‗ullanishlariga shart-
sharoitlar yaratib berish kabi vazifalar belgilab berilgan. 
Ushbu qonun 2000 yil 26 mayda va 2015 yil 4 sentyabrda yangi tahrirda 
qayta qabul qilindi. Yangi va o‗zgartirishlar bilan 2015 yil 4 sentyabrda qabul 
qilingan qonunda O‗zbekiston respublikasi fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, dini, 
ijtimoiy kelib chiqishi, e‘tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy holatidan qat‘i nazar, jismoniy 
tarbiya va sport bilan shug‗ullanish, jismoniy tarbiya-sport jamoat birlashmalarini 
tuzish, jismoniy tarbiya-sport harakatini boshqarishda ishtirok etish huquqiga 
egagiligi alohida ta‘kidlangan
2

Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish borasida islohotlarning 
samarasi natijasida 2015 yil 4 sentyabrda yangi tahrirda qabul qilingan 
«Jismoniy tarbiya va sport to‗g‗risida»gi O‗zbekiston Respublikasining Qonunida 
bevosita 
jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat siyosatining asosiy yo‗nalishlari 
belgilab berilgan bo‗lib, unga ko‗ra:

jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‗llab-
quvvatlash;

har kimning jismoniy tarbiya va sport bilan erkin shug‗ullanishga bo‗lgan 
2
«Жисмоний тарбия ва спорт тўғрисида» (янги таҳрири) Ўзбекистон Республикасининг 
Қонуни Тошкент ш., 2015 йил 4 сентябрь,ЎРҚ-394-сон. Ўзбекистон Республикаси қонун 
ҳужжатлари тўплами, 2015 й., 36-сон, 473-модда. 


19 
huquqini ta‘minlash;

jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat hamda jamoat boshqaruvini 
uyg‗unlashtirish;

fuqarolarning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi huquqlarining davlat 
kafolatlarini belgilash;

jismoniy tarbiya va sport sohasida kamsitishga hamda zo‗ravonlikka yo‗l 
qo‗ymaslik;

jismoniy tarbiya va sport bilan shug‗ullanuvchi shaxslarning, shuningdek, 
jismoniy tarbiya va sport tadbirlari ishtirokchilari hamda tomoshabinlarining 
hayoti va sog‗lig‗i xavfsizligini ta‘minlash;

sportning 
barcha 
turlari 
va 
tarkibiy 
qismlarini 
rivojlantirishga 
ko‗maklashish;

nogironlar va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslar, 
shuningdek yuqori darajada ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi guruhlari o‗rtasida 
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ko‗maklashish;

O‗zbekistonning milliy sport turlari va xalq o‗yinlarini rivojlantirish hamda 
ommalashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish; 

fuqarolarni jismoniy tarbiyalashning uzluksizligi va davomiyligini 
ta‘minlash;

xalqaro hamkorlikni amalga oshirish masalalari keltirib o‗tilgan
3
.
O‗zbekiston respublikasi Prezidentining «Madaniyat va sport sohasida 
boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida» 2017 yil 
15 fevraldagi PF-4956-sonli Farmonini bajarish yuzasidan hamda Jismoniy tarbiya 
va sport davlat qo‗mitasining samarali faoliyat yuritishini ta‘minlash maqsadida 
O‗zbekiston respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi hamda Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim 
vazirligining O‗zbekiston respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi huzuridagi Bolalar-
o‗smirlar sport maktablari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish 
markazini O‗zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi Jismoniy tarbiya 
va sport bo‗yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta‘minlash, qayta tayyorlash va 
3
4-модда

Жисмоний тарбия ва спорт соҳасидаги давлат сиѐсатининг асосий йўналишлари. 


20 
malakasini oshirish markaziga birlashtirish yo‗li bilan uni qayta tashkil etish, 
shuningdek, mazkur markazlarning shtatlar sonini optimallashtirish hamda ularga 
biriktirib qo‗yilgan binolar, inshootlar va boshqa mol-mulkni tasarruf etish va 
ulardan foydalanish borasidagi muhim masalalar sifatida ta‘kidlab o‗tilgan. 
O‗zbekiston respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli 
Farmoni bilan tasdiqlangan ―2017-2021 yillarda O‗zbekiston respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasi‖
 
jismoniy tarbiya va sport sohasini tubdan rivojlantirish, sohada muammolarni 
bartaraf etish hamda kadrlar tayyorlash tizimini tartibga solish va boshqarish 
tizimini rivojlantirishda tub burilish bo‗la oldi desak mubolag‗a qilmaymiz
4

O‗zbekiston respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli 
Farmoni bilan tasdiqlangan ―2017-2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasi‖da 
―Bolalar sportining ommaviyligini oshirish hamda musiqa va san‘at ta‘limini 
rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, 251 ta umumta‘lim maktabi, 12 ta 
bolalar va o‗smirlar sport maktabida sport zallarini qurish, 9 ta yopiq suzish 
havzasini qurish va 2 tasini rekonstruksiya qilish‖ ishlarini amalga oshirish 
ta‘kidlab o‗tilgan
5


Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə