Yarashev K. D., Ziyadullaev K. Sh., Babajanov R. Yu


partiyalar, ―Yoshlar itifoqi‖, ―Mahalla‖ va boshqa jamg‗arma yoki uyushmalar



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/113
tarix23.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#123192
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   113
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI Дарслик


partiyalar, ―Yoshlar itifoqi‖, ―Mahalla‖ va boshqa jamg‗arma yoki uyushmalar 
mavjud. 
Boshqarishda bir qator tamoyillar mavjud bo‗lib, u O‗zbekistonda olib 
borilayotgan siyosat hamda turli islohotlardan kelib chiqqan holda amal qiladi. 
―Jismoniy 
tarbiya 
va 
sport 
to‗g‗risida‖gi 
qonuning
3-moddasida ―Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy 
prinsiplari‖ quyidagicha belgilangan. 
- insonparvarlik; 
- demokratizm; 
-fuqarolar jismoniy tarbiyasining uzluksizligi va davomiyligi; 
-jismoniy tarbiya va sport tizimida davlat va jamoat boshqaruvining 
ustunligi. 
Bu tamoyillar negizida jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligi, sport 
mahoratini oshirish, faoliyatlarni ilmiy jihatdan tashkil qilish, har bir tadbir 
natijalariga xolisona yondoshish kabi muhim talablar ham mavjuddir. 
Insonparvarlik prinsipida jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari hamda 
boshqa mutasaddi tashkilotlar, shuningdek rahbarlarning sport tadbirlarini tashkil 
qilish va o‗tkazishda sportchilar, ularning murabbiylari, hakamlar hamda 


24 
tomoshabinlarga nisbatan g‗amxo‗rligi, sharoitlar yaratib berishga intilishi, 
jismoniy tarbiya va sport bilan aholining tobora ko‗proq qismi shug‗ullanishini 
ta‘minlash kabi ishlar ko‗zda tutilganligi o‗z-o‗zidan ma‘lum. 
Demokratizm tamoyili jismoniy tarbiya va sportni tashkil qilish faoliyatidagi 
xalqchillik, ko‗pchilikning hohishiga rioya etish, tizimdagi rahbar organ va 
rahbarlarni saylash, shuningdek, ularning o‗z jamoalari oldida muntazam hisobot 
berib borishlaridan iborat. 
Fuqarolar jismoniy tarbiyasining uzluksizligi va uzvuyligi tamoyili, asosan, 
o‗quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya darslari, sport to‗garaklari mashg‗ulotlarining 
doimiy tashkil qilinishini ko‗zda tutadi. Shuningdek, mehnatkash aholi va keksa 
kishilarni ham jismoniy tarbiya va sport bilan shug‗ullanishga jalb etishdir. Bunda 
turli musobaqalarni muntazam o‗tkazish, sog‗lomlashtirish markazlarining ish 
faoliyatini yaxshilash maqsad qilib qo‗yilgan. Bu tamoyillarning yana bir jihati 
shundaki, aholini jismoniy tarbiya va sport, xalq milliy o‗yinlariga jalb etish, 
ayniqsa, iqtidorli sportchilarning mahoratlarini oshirib borish, shuningdek, sog‗lom 
avlod tarbiyasini yaxshilashga qaratilgandir. Sport mashg‗ulotlarini tashkil qilish, 
ularni rejalashtirish, musobaqalar o‗tkazish, mutaxassis xodimlarni tayyorlash va 
boshqa faoliyatlarda tadqiqotlarning natijalariga tayanish, faoliyatlarni ilmiy 
ravishda boshqarish muhim ahamiyatga ega ekanligi bayon qilinadi. Ayniqsa, sport 
musobaqalarini o‗tkazish, turli natijalar, hisob-kitob, nazorat qilish kabi 
faoliyatlarda xolisona yondoshish masalalari ishning taraqqiyotiga ko‗maklashishi 
hisobga olingan. 

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə