26
namoyon bo‗ladi; v)
davlat organlari
ichki tarkibiy tuzilmaga egadir, ya‘ni ular
yagona maqsad atrofida birlashgan bo‗linmalardan iborat bo‗ladi; g)
davlat
organlari
ma‘lum bir hajm va mohiyatga ega bo‗lgan davlat-hokimiyat vakolatiga
egadir; d)
davlat organlari
ning funksiyalanishini – davlat tomonidan moliyaviy
mablag‗ ajratish orqali ta‘minlanadi; e)
davlat organlari
– davlatning vazifa va
funksiyalarini amalga oshirish uchun, ma‘lum
bir shakl va uslublardan
foydalanadi.
Davlat organi o‗zining mohiyatiga ko‗ra qandaydir tashkilotni, fuqarolarning
jamoasini anglatadi. Bunday fuqarolarning jamoasi davlat faoliyatining u yoki bu
turini amalga oshirish uchun davlat tomonidan tashkil etiladi.
Davlat o‗z organlarini bevosita tashkil etadi yoki ularni tashkil etish tartibini
belgilaydi, ularning funksiyalanishining asosiy qoidalarini o‗rnatadi,
davlat
nomidan va davlat manfaatini ko‗zlab harakat qilishi uchun ularga ma‘lum bir
vakolatlarni berib qo‗yadi.
Davlat organlarining barchasi, yagonalikda -
davlat apparati
ni tashkil etadi.
Davlat apparati orqali davlat oldida turgan vazifa va funksiyalar amalga oshiriladi.
Davlat – fuqarolarning siyosiy tashkiloti bo‗lganligi sababli, tashkil qilinadigan
davlat organlari hokimiyat vakolatiga ega bo‗ladi.
Davlat-hokimiyat vakolati
keng qamrovli tushuncha bo‗lib, asosan quyidagilarni
o‗z ichiga oladi: a) davlat nomidan va davlat manfaatini ko‗zlab huquqiy akt
chiqarish; b) ularning amalga
oshirilishini - tarbiyalash, ishontirish va
rag‗batlantirish choralarini qo‗llash orqali ta‘minlash; v) huquqiy aktlardan kelib
chiqadigan talablar ijro etilishini nazorat qilish; g) huquqiy aktlarni himoya qilish,
ya‘ni huquqiy aktlarda nazarda tutilgan talablar buzilganda, ularni majburiy
choralar qo‗llash orqali himoya qilish.
Davlat organlari to‗g‗risida batafsil
tushuncha hosil qilish uchun, ularni
fuqarolarning boshqa jamoalaridan, masalan jamoat tashkilotlaridan farqlash
lozim. Jamoat tashkilotlari davlat tomonidan emas,
balki fuqarolar yoki mehnat
jamoasi tomonidan, davlat organi esa davlat tomonidan tashkil etiladi. Ba‘zi
hollarda davlat o‗z organlari orqali jamoat tashkilotlarini tashkil etish asoslarini va
27
tartibini, faoliyat yo‗nalishlarini belgilab berishi mumkin. Davlat organlari davlat-
hokimiyat vakolatiga ega, ya‘ni davlat nomidan va davlat manfaatini ko‗zlab butun
mamlakat bo‗yicha yoki ma‘lum bir hududlar (viloyat, tuman, shahar) bo‗yicha
harakat qiladi. Jamoat tashkilotlari ham ma‘lum bir vakolatlarga ega, lekin bu
vakolatlar davlat-hokimiyat vakolati hisoblanmaydi. Jamoat tashkilotlarining
vakolati ma‘lum
bir belgilangan doirada, masalan jamoat tashkiloti dorasida yoki
jamoat xodimlariga nisbatan harakatda bo‗ladi.
Davlat organlarining o‗ziga xos xususiyatlarini korxonalar bilan taqqoslab
ko‗rganda ham ko‗rish mumkin. Jumladan, davlat organlari davlat oldida turgan
vazifa va funksiyalarni
amalga oshirib, o‗zlarining xatti-harakatlari bilan bevosita
moddiy boyliklar yaratmaydilar. Korxonalar esa bevosita ishlab chiqarish bilan,
moddiy boyliklarni yaratish bilan shug‗ullanadi.
Demak,
Dostları ilə paylaş: