33
unitarlik xususiyati xos bo‗lib, aynan shu asosda ijro hokimiyati organlari tizimi
tashkil etiladi. (Lekin unitarlik so‗zini asl ma‘nosida tushunish kerak emas.
Chunki, O‗zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog‗iston Respublikasi ham
mavjud. O‗zbekiston Respublikasi davlat tuzilishi aralash shaklga ega, ya‘ni
unitarlik va federativ davlat tuzilishlarining xususiyatlarini o‗z ichiga olgandir.);
2)
ijro hokimiyati organlarining fuqarolar oldida mas’ulligi prinsipi.
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-moddasiga binoan, davlat xalq
irodasini
ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va
mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas‘uldirlar. Konstitutsiyaning 14-
moddasiga binoan esa, davlat o‗z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini
ko‗zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi;
3)
ijro hokimiyati organlari faoliyatini tashkil etishda va amalga oshirishda
qonuniylik prinsipi
Mazkur prinsip nafaqat
ijro hokimiyati organlariga, balki
barcha shaxslarga taalluqlidir. Qonuniylik prinsipi – konstitutsiyaviy asosga ega
bo‗lib, unga amal qilish shartdir. Ijro hokimiyati organlari O‗zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari asosida tashkil etilishi, shuningdek, o‗z
faoliyatlarini amalga oshirishlari mumkin.
4)
ijro
hokimiyati
organlari
faoliyatida
markazlashganlik
va
markazlashmaganlikning mavjud bo‘lishi prinsipi..
Markazlashganlik
ijro
hokimiyati organlari tizimining yagonaligidan kelib chiqadi. Markazlashtirganlik -
quyi turuvchi organlarning yuqori turuvchi organlarga bo‗ysinishi, yuqori turuvchi
organlar normativ hujjatlarining quyi organlar uchun majburiyligida, ayrim
hollarda yagona predmet va vakolatlar doirasida birgalikda
faoliyatni amalga
oshirishda yaqqol namoyon bo‗ladi.
Markazlashmaganlik
esa, qonunchilik aktlari
bilan ma‘lum bir ijro hokimiyati organi zimmasiga faoliyat predmeti va
vakolatlarning yuklatilishi bo‗lib, tashqaridan (yuqori turuvchi organning)
aralashuvisiz mustaqil amalga oshirishdir. Bunda vertikallik bo‗yicha faoliyat
predmeti va vakolatlarning taqsimlanishi, mavjud bo‗lmaydi;
5)
ijro hokimiyati sohasida funksiyalar va vakolatlarning taqsimlanganligi
prinsipi.
Ushbu prinsip ijro hokimiyati organlari faoliyatining predmeti va
34
vakolatlar doirasining tizimga kiruvchi organlar o‗rtasida
taqsimlanishini belgilab
beradi. Har bir ijro hokimiyati organi aniq faoliyat va vakolatlar doirasiga ega
bo‗ladi, undan tashqariga chiqishga yo‗l qo‗yilmaydi.
6)
ijro hokimiyati organlari faoliyatining kollegiallik va yakkaboshchilik asosida
tashkil etilishi prinsipi.
Mazkur prinsip ijro hokimiyati organlarini tashkil etishda
va ular faoliyatini amalga oshirishda, davlat boshqaruv faoliyatining muhim
masalalarini hal etishda jamoa fikrining hisobga olinishini ta‘minlaydi. Shu
maqsadda,
ijro
hokimiyati
organlari
tizimida
turli
xildagi
maslahat,
muvofiqlashtiruvchi kengash va hay‘atlar tashkil etiladi. Masalan, O‗zbekiston
Respublikasida deyarli barcha vazirliklar va davlat qo‗mitalari tizimida Kengash
va Hay‘atlar faoliyat ko‗rsatadi. Shu bilan birga
ijro hokimiyati organlari
faoliyatida yakkaboshchilik ham mavjuddir. Yakkaboshchilik - ijro etish va
farmoyish berish faoliyatini amalga oshirishda, shuningdek, tegishli boshqaruv
tartibini o‗rnatishda zarur bo‗lgan intizomni ta‘minlashga xizmat qiladi.
Kollegiallik – boshqaruv qarorlarini qabul qilishda foydalidir, yakkaboshchilik esa
– davlat-boshqaruv faoliyatining ajralmas belgisidir.
Ijro hokimiyati organlarini tashkil etish va ular faoliyatining asosiy prinsiplariga
xalq hokimiyatchiligi, oshkoralik, insonlar va fuqarolar huquqlari va erkinliklarini
ta’minlash, javobgarlik
kabi prinsiplarni ham kiritishimiz mumkin.
Ijro hokimiyati organlarining tasnifi. Ijro hokimiyati organlarining turli
darajalarda tashkil etilishi sababli va faoliyatining keng qamrovli xususiyatga ega
ekanligini inobatga oladigan bo‗lsak, ularni bir necha
asoslarga qarab guruhlarga
ajratish, ya‘ni tasniflash mumkin.
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga asoslanib, ijro
hokimiyati organlarini quyidagi turlarga bo‗lish mumkin:
1)
Dostları ilə paylaş: