Yarashev K. D., Ziyadullaev K. Sh., Babajanov R. Yu



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/113
tarix23.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#123192
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   113
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI Дарслик

davlat boshqaruvi
ni amalga oshiradilar. 
Ijro hokimiyati organlari o‗zining 
davlat-huquqiy tabiatiga ko‘ra
, o‗zini o‗zi 
boshqarish organlaridan, 
funksional ahamiyatiga ko‘ra
esa, davlat hokimiyatining 
boshqa organlaridan, shuningdek, davlat korxona va muassasalaridan farqlanadi.
Ijro hokimiyati organlari davlatning normal funksiyalanishini ta‘minlash 
maqsadida vakillik (qonunchilik) va sud organlari bilan o‗zaro munosabatda 
bo‗ladi. Bu munosabatlar turli xildagi tashkiliy shakllarda namoyon bo‗lishi 
mumkin (masalan, kelishuv komissiyalari yoki vakillik organlarining majlislarida 
ijro hokimiyati organi mansabdor shaxsining ma‘lumotlarini tinglash). 
Ijro hokimiyati organlari mustaqil organlar bo‗lib, yuridik mazmuniga ko‗ra, 
ijro etish va farmoyish berish faoliyatini amalga oshirib, huquqiy aktlarni qabul 
qilish va ularni amalga oshirish bo‗yicha davlat-hokimiyat vakolatlariga ega 
bo‗ladilar. Ular keng doiradagi huquq ijodkorligi, huquqni qo‗llash va huquqni 
himoya qilish bo‗yicha vakolatlarga ega bo‗ladi. Shuni alohida ta‘kidlab o‗tish 
lozimki, ijro hokimiyati organlarining mustaqilligi, huquq bilan belgilangan 
doirada bo‗ladi. Ularga nisbatan ―
taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga 
oshirish mumkin
‖ degan qoida tatbiq etilmaydi. 
Ijro hokimiyati organlari – huquqiy aktlar bilan belgilangan vakolat 
doirasida, ma‘lum bir tartibda va o‗rnatilgan huquqiy shakllarda harakat qilishlari 
mumkin. 
Ijro hokimiyati organlari huquqiy holatining muhim xususiyatlaridan biri – 
bu ular faoliyatining qonunosti xususiyatiga ega ekanligidadir. Ular o‗z 
faoliyatlarida Konstitutsiya va qonunlarning talablariga qat‘iy rioya qilishlari, 
bajarishlari va o‗z vakolatlari doirasida ularning boshqalar tomonidan bajarilishiga 
ko‗maklashishlari lozim. 
Ijro hokimiyati organlarining o‘ziga xos xususiyatlari

1)
ijro hokimiyati organi – qonunchilik va sud hokimiyati organlari singari 
davlat apparatining alohida bo‘g‘ini hisoblanadi
. Ijro hokimiyati organlari davlat 


30 
nomidan uning siyosatini turli sohalarda – xo‗jalik, ijtimoiy-madaniy va ma‘muriy-
siyosiy sohalarda amalga oshiradilar; ma‘lum bir hajmdagi davlat-hokimiyat 
vakolatlariga ega bo‗ladilar; 
2) ijro hokimiyati organlariga beriladigan 
davlat-hokimiyat vakolatlari
ularning 
huquqlarida o‗z ifodasini topadi hamda quyidagilarda namoyon bo‗ladi: 
a) davlat nomidan majburiy bo‗lgan huquqiy aktlarni qabul qilish. Bunday aktlar 
– bevosita ularga bo‗ysinuvchi korxona va muassasalarga yoki quyi turuvchi ijro 
hokimiyati organlariga yoki kimga bo‗ysinishi va qanday mulk shaklida 
bo‗lishidan qat‘i nazar, barcha korxona va muassasalarga yoki jamoat (nodavlat) 
tashkilotlariga yoxud keng shaxslar doirasiga (shu jumladan, fuqarolarga) 
majburiylik xususiyatiga ega; 
b) huquqiy aktlar bilan o‗rnatilgan talablar va qoidalarga rioya etilishi 
ustidan kuzatuv (nazorat)ni amalga oshirish; 
v) huquqiy aktlar talablarining bajarilishini ta‘minlash va ularni turli xildagi 
buzilishlardan davlatning ta‘sir choralarini, masalan, ishontirish, tushuntirish, 
rag‗batlantirish yoki majburlov choralarini qo‗llash orqali himoya qilish; 
3) davlat-hokimiyat vakolatlari barcha davlat hokimiyati organlariga 
berilganligi sababli, unda ijro hokimiyati organlari vakolatining doirasini o‗rnatish, 
muhim ahamiyatga egadir.
Ijro hokimiyati organlari davlat-hokimiyat vakolatlaridan, faqatgina 
boshqaruv faoliyatida foydalanadi. 
Ijro hokimiyati organlari – xo‗jalik, ijtimoiy-madaniy va ma‘muriy-siyosiy 
qurilishga rahbarlik qilish jarayonida qonunlar va qonunosti hujjatlarining ijro 
etilishini ta‘minlash maqsadida tashkil etiladi. Shu sababli, ularga tegishli bo‗lgan 
davlat-hokimiyat vakolatlari, ijro etish va farmoyish berish yoki davlat boshqaruv 
faoliyati amalga oshiriladigan sohalar doirasida bo‗ladi.
Qonunchilik hokimiyati organlari ham qonunlarni qabul qilish va ularning 
ijrosini nazorat qilish orqali, mazkur sohalarda rahbarlikni amalga oshirishi 
mumkin. Sud hokimiyati organlari esa, ushbu sohalarda umuman rahbarlikni 
amalga oshirmaydi. 


31 
Demak, ijro hokimiyati organlarining funksional ahamiyati bo‗lib, ijrochilik 
hisoblanadi; 
4) 
ijro hokimiyati organlari o‘z faoliyatlarini qonun asosida va qonunlarni 
ijro etish maqsadida amalga oshiradi
, ya‘ni ularning faoliyati qonunosti 
xususiyatiga egadir. O‗zlarining faoliyatlarini amalga oshirish jarayonida mazkur 
organlar qonun talablarini, shuningdek, davlat boshqaruvi sohasida o‗zlari 
tomonidan o‗rnatilgan talablar va qoidalarning bevosita amalga oshirilishini tashkil 
etadilar; 
5) 
respublika va mahalliy miqyosda harakat qiluvchi ijro hokimiyati 
organlari yagona davlat ma’muriyati tizimini tashkil etadi.
Mazkur tizim doirasida 
har bir bo‗g‗in, ya‘ni aniq bir ijro hokimiyati organi operativ mustaqillikka ega 
bo‗ladi. Bu, unga tegishli bo‗lgan vakolatlar hajmi va javobgarlik doirasi singari, 
mazkur organlarning kompetensiyasida ifodalangan. Ijro hokimiyati organlarining 
kompetensiyasi Konstitutsiyada, joriy qonunlarda hamda boshqa normativ 
hujjatlarda o‗z ifodasini topadi; 
6) ijro hokimiyati organlari korxona va muassasa singari, 
fuqarolarning 
ma’lum bir jamoasi
bo‗lib, ma‘muriy-boshqaruv personali (xodimlari)dan yoki 
davlat xizmatchilaridan iborat. Lekin bunday jamoaning maqsadi korxona va 
muassasaning maqsadlaridan farq qiladi; ikkinchidan esa, ijro hokimiyati organini 
tashkil etuvchi mazkur jamoa doirasida ma‘lum bir tashkiliy-huquqiy aloqalar 
vujudga keladi, funksional majburiyat va huquqlar taqsimlanadi, shuningdek, 
yuklatilgan ish bo‗yicha javobgarlik belgilanadi. Bu – davlat-xizmat munosabatlari 
bo‗lib, mazkur organning xodimlari – davlat xizmatchilari hisoblanadi; 
7
)
ijro hokimiyati organlari – 
tashkiliy tuzilishga, ya’ni bo‘ysinuvchi 
tuzilmaviy bo‘linmalarni tashkil etishni nazarda tutuvchi ichki qurilishga 
ega 
bo‗lgan davlat organidir; 
8) har bir ijro hokimiyati organi – 
davlat boshqaruvi faoliyatining ma’lum 
bir hududiy yoki predmetli doirasiga ega.
Ijro hokimiyati organlarining faoliyati 
ma‘lum bir hududlarda, masalan, butun davlat yoki ma‘lum bir ma‘muriy-hududiy 
birliklar doirasida amalga oshirilishi mumkin. SHuningdek, ijro hokimiyati 


32 
organlari umumiy yoki maxsus ahamiyatga ega bo‗lgan (predmetli) boshqaruv 
funksiyalarini, masalan, tartibga solish, ruxsat berish, nazorat va farmoyish berish 
kabi funksiyalarni amalga oshirishlari mumkin. 
Demak, ijro hokimiyati organi – bu hokimiyat bo‗linishi prinsipiga asoslanib, 
davlat tomonidan jamiyatning xo‗jalik, ijtimoiy-madaniy va ma‘muriy-siyosiy 
hayotining turli sohalarida ijro etish va farmoyish berish faoliyatini amalga 
oshirish yuklatilgan hamda ma‘lum bir davlat-hokimiyat vakolatiga ega bo‗lgan 
davlat hokimiyati mexanizmining bo‗g‗ini hisoblanadi. 

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə