28
Ijro hokimiyati organlari
- davlat hokimiyatining bir bo‗g‗ini bo‗lib,
davlatning vazifa va funksiyalarini amalga oshirish maqsadida
tashkil etiladigan
hamda davlat-hokimiyat vakolatlariga ega bo‗lgan siyosiy tashkilotdir.
Ijro hokimiyati sub‘ektlari o‗rnatilgan kompetensiya doirasida davlat
boshqaruvini amalga oshiradilar.
Ijro hokimiyati
- davlat boshqaruvi organlari
tizimidan tashqarida mavjud bo‗lishi mumkin emas. Ijro hokimiyati –
bu uning
organlarini, ya‘ni normativ tartibda o‗rnatilgan maqsad, vazifa, kompetensiya,
tuzilma va boshqaruv personali (davlat xizmatchilari)ga ega bo‗lgan davlat
boshqaruvi organlarini tashkil etish va ular funksiyalanishining tizimidir.
Ijro hokimiyati organlari
– bu hokimiyat organlari
tizimining bir qismi
bo‗lgan, qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni ijro etish va ijrosini ta‘minlash
maqsadida davlat tomonidan tashkil etiladigan, boshqaruv harakatlarining maxsus
shakl va uslublaridan foydalanib, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida
boshqaruv funksiyalarini amalga oshiradigan,
tegishli tuzilishga, kompetensiyaga,
davlat-hokimiyat vakolatlariga va davlat xizmatchilari shtatlariga ega bo‗lgan
tashkilotdir.
Ijro hokimiyati organlarining tushunchasi hokimiyat bo‗linishi prinsipidan
kelib chiqadi, uning mazmuni esa – ijro hokimiyatining xususiyatlari bilan
belgilanadi.
Ijro hokimiyati organlari – mazkur davlat hokimiyatini
amalga oshiruvchi
asosiy sub‘ekt bo‗lib, uning ishtirokisiz davlat-boshqaruv faoliyatini ro‗yobga
chiqarish, ma‘muriy-huquqiy munosabatlarni vujudga keltirish mumkin emas.
Bundan tashqari, ma‘muriy huquq boshqa sub‘ektlarining ma‘muriy huquqiy
holati, aynan mana shu davlat organlarining faoliyatida namoyon bo‗ladi.
Ijro hokimiyati organi - ijro hokimiyati mexanizmi (tizimi)ning tarkibiy
qismi bo‗lib, ijro hokimiyati sohasida davlat ko‗rsatmasiga ko‗ra
va davlat
nomidan harakat qiladi; ijro etish va farmoyish berish xususiyatidagi faoliyatni
amalga oshiradi; o‗zining
kompetensiyasiga ega; o‗zining tuzilishiga ega;
faoliyatning o‗ziga xos bo‗lgan shakllari va uslublarini qo‗llaydi.
29
Ijro hokimiyati organlari – davlatning ijro hokimiyati amalga oshirilishini
ta‘minlaydi. Mazkur organlar mazmuni va uslublariga ko‗ra, o‗ziga xos bo‗lgan
davlat faoliyatini –
Dostları ilə paylaş: