38
Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qo‗mitalari, idoralar hamda davlat va
xo‗jalik boshqaruvining boshqa organlari ishini muvofiqlashtirib hamda yo‗naltirib
boradi.
Vazirliklar, davlat qo‗mitalari, idoralar hamda davlat boshqaruvining boshqa
organlari haqidagi nizomlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qo‗mitalari, idoralar hamda
O‗zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan ta‘minlanadigan davlat
boshqaruvi boshqa organlarining markaziy devoni
xodimlari sonini va ular
ta‘minotiga ajratiladigan mablag‗lar miqdorini belgilaydi.
Vazirlarning o‗rinbosarlari, davlat qo‗mitalari raislarining o‗rinbosarlari
hamda davlat boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari va ularning o‗rinbosarlari
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va
lavozimidan ozod etiladi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Vazirlar
Mahkamasi O‗zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tashkil etiladigan
xo‗jalik boshqaruvi organlarining rahbarlarini hamda ularning boshqaruvlarining
a‘zolarini, shuningdek, vazirliklar, davlat qo‗mitalari, idoralar hay‘atlarining
a‘zolarini tasdiqlaydi.
Vazirlar Mahkamasi zarurat bo‗lganda o‗z
vakolatiga kiruvchi davlat
boshqaruvining ayrim masalalarini hal etishni, agar bu masalalarning hal etilishi
qonun hujjatlarida O‗zbekiston Respublikasi Hukumatining mutlaq vakolatlariga
kiritilgan bo‗lmasa, vazirliklar, davlat qo‗mitalari va o‗z bo‗ysinuvidagi davlat
boshqaruvi boshqa organlariga berishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qo‗mitalari,
idoralar va davlat
boshqaruvi boshqa organlarining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qo‗mitalari, idoralar hamda davlat va
xo‗jalik boshqaruvi boshqa organlarining hujjatlari amaldagi qonun hujjatlariga zid
bo‗lgan hollarda ularni bekor qilish huquqiga ega.
39
Yangi shakllantirilgan Vazirlar Mahkamasi O‗zbekiston
Respublikasi
Prezidenti bilan kelishilgan holda O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga ko‗rib
chiqish uchun o‗z vakolatlari davridagi faoliyati dasturini taqdim etadi.
Vazirlar Mahkamasi O‗zbekiston Respublikasini iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlantirishning asosiy yo‗nalishlarini, O‗zbekiston Respublikasi Davlat
byudjetining asosiy ko‗rsatkichlarini va unga kiritiladigan o‗zgartishlarni ishlab
chiqadi hamda ularni O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ko‗rib chiqishi uchun
taqdim etadi.
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari Vazirlar Mahkamasi
muayyan a‘zosining o‗zi rahbarlik qilayotgan davlat yoki xo‗jalik boshqaruvi
organi faoliyati masalalari yuzasidan axborotini eshitishlari hamda zarur bo‗lganda
uni iste‘foga chiqarish to‗g‗risida O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti ko‗rib
chiqishi uchun taklif kiritishlari mumkin.
Vazirlar Mahkamasining a‘zolari O‗zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi
palatalari majlislarida, palatalarning qo‗mitalari majlislarida hozir bo‗lish va
axborot berishga haqli.
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari
va O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a‘zolari tomonidan Vazirlar
Mahkamasi yoki uning muayyan a‘zolari faoliyatiga taalluqli masalalar qo‗yilgan
taqdirda, Bosh vazir shu masalalar yuzasidan zarur tushuntirishlar olish va
tushuntirishlar berishga haqli.
Vazirlar Mahkamasi O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari
qo‗mitalarining O‗zbekiston Respublikasi Hukumati faoliyati masalalariga doir
tavsiyalari va takliflarini ko‗rib chiqadi hamda ular yuzasidan chora-tadbirlar
ko‗radi. Tavsiyalar va takliflarni ko‗rib chiqish natijalari haqida hamda ko‗rilgan
chora-tadbirlar to‗g‗risida Vazirlar Mahkamasi O‗zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi palatalarining tegishli qo‗mitalariga kelishilgan muddatda ma‘lum qiladi.
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidan,
Qonunchilik palatasi deputatidan, O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Senatidan, Senat a‘zosidan O‗zbekiston Respublikasi Hukumatining yoki unga
40
bo‗ysinuvchi davlat yoxud xo‗jalik boshqaruvi organlarining faoliyatiga doir
parlament so‗rovi olgan Vazirlar Mahkamasi yoxud O‗zbekiston Respublikasi
Hukumati a‘zosi qonun bilan belgilangan muddatlarda O‗zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi tegishli palatalarining majlislarida og‗zaki yoki yozma javob berishi
shart.
Vazirlar Mahkamasi o‗z vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan nodavlat
notijorat tashkilotlari bilan o‗zaro hamkorlik qiladi va qonun hujjatlariga muvofiq
ularga zarur ko‗mak ko‗rsatadi.
Davlat boshqaruvining, xo‗jalik va ijtimoiy-madaniy qurilishning eng
muhim masalalari Vazirlar Mahkamasining majlislarida hal etiladi. Vazirlar
Mahkamasining majlislari yilning har choragida kamida bir marta o‗tkaziladi.
Vazirlar Mahkamasining majlislarini Bosh vazir o‗tkazadi. O‗zbekiston
Respublikasining Prezidenti Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qilishga
haqli.
Bosh vazir va uning o‗rinbosarlaridan
iborat tarkibdagi
Dostları ilə paylaş: