Yarashev K. D., Ziyadullaev K. Sh., Babajanov R. Yu



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/113
tarix23.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#123192
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   113
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI Дарслик

Fanning asosiy maqsadi
bo‗lajak mutaxassislarni jismoniy tarbiya va sport 
harakatining barcha faoliyatlarini tashkil qilish va ularga rahbarlik qilish yo‗llari bilan 
qurollantirishdan iboratdir. 
Shu maqsadda u o‗z oldiga quyidagi vazifalarni qo‗yadi: 
- fan asoslari va mazmuni bilan tanishtirish; 
-davlat va jamoat tashkilotlari, ularning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi 
faoliyatlarini o‗rganish; 
-yuqori va quyi sport tashkilotlarining ish mazmunlari hamda ularning usullarini 
o‗zlashtirishni ta‘minlash; 
-egallangan nazariy bilim, amaliy ko‗nikma hamda malakalarni o‗quv amaliyoti 
jarayonida tajribadan o‗tkazish; 
-ilmiy-nazariy tadqiqotlar o‗tkazishga da‘vat etish; 
-reyting tizimi talablari asosida talabalarning bilimlarini baholash; 
Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fani o‗quv rejasidagi ―Jismoniy tarbiya va 
sport tarixi‖, ―Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati‖, Pedagogika, Psixologiya
Iqtisodiyot nazariyasi hamda barcha mutaxassislik fanlari bilan chambarchas bog‗liqdir. 
Chunki boshqarishda doimiy ravishda ta‘kidlanib turadigan sport taraqqiyoti, aholini 
jismoniy tarbiya vositalari yordamida tarbiyalash usullari, sportchilarning ruhiy holatlari 
hamda barcha sport tadbirlarini uyushtirishda moddiy-texnik ta‘minot sohasidagi 
bilimlar amaliy tajribalar bilan uzviy bog‗liqdir. 
Fanning asosiy mazmunini quyidagi yo‗nalishlar tashkil etadi: 
- jismoniy tarbiya va sportni tashkil qilishning nazariy asoslari; 
- boshqarishning davlat va jamoat tashkilotlari; 
- boshqarishdagi asosiy vazifalar, usullar; 
- jismoniy tarbiya va sport harakatidagi asosiy tarmoqlar; 
- xorijiy mamalakatlarda jismoniy tarbiya va sportni tashkil qilish, xalqaro sport va 
Olimpiya harakatlari. 
Bularning negizida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi bo‗lajak mutaxassislarni 
tayyorlashdagi barcha yo‗l-yo‗riqlar o‗z ifodasini topadi. Eng muhimi, O‗zbekistonda 
olib borilayotgan turli islohotlar, ularning ijobiy natijalari sifatida o‗tkazilayotgan har 


14 
xil sport tadbirlari, sport inshootlarini qurish va boshqalarning o‗z aksini topishi 
ifodalab beriladi. 
―Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish‖ fani o‗zining tarixiga ega. Bu haqda 
quyidagi ma‘lumotlarni keltirish mumkin. Bu fan ilgari jismoniy tarbiya va sport tarixi 
fanining tarkibida bo‗lib, 1948 yildan boshlab mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi va 
taraqqiy qila boshladi. 1954-1958 yillarda ―Organizatsiya fizicheskoy kulturi‖ degan 
nom bilan birinchi o‗quv qo‗llanma nashr etilgan. 
1961 yilda professorlar I.M. Nikiforov va V.S.Polishanskiy tahririda 
―Organizatsiya fizicheskoy kulturi‖ nomli rus tilidagi qo‗llanma jismoniy tarbiya o‗quv 
yurtlari talabalari uchun nashr qilindi. 
1965 yilda yana shu olimlar tahririda ―Organizatsiya fizicheskoy kulturi‖ o‗quv 
qo‗llanmasi to‗ldirilgan holda qayta nashr etildi. 
1977 yilda ―Upravlenie fizkulturnim dvijeniem‖ nomi bilan birinchi marotaba 
darslik tayyorlandi. Darslikni tayyorlashda pedagogika fanlari doktori, professor 
Kulunkovich K.A. (Belorussiya Davlat jismoniy tarbiya instituti) rahbarligidagi 
Belorussiya, Moskva, Kievdagi va boshqa bir qator institutlarning olimlari hamda 
mutaxassislari ishtirok etdi. Keyingi yillardagi ijtimoiy-madaniy o‗zgarishlar, davlatni 
idora qilish, sport va jamoat tashkilotlarining tashkiliy tuzilishi hamda taraqqiyot 
jarayonlari bu darslikning yangilanishini va takomillashishini taqozo qildi. 1987 yilda 
professor Pereverzin I.I. (Moskva Jismoniy tarbiya instituti) boshchiligida ―Upravlenie 
fizicheskoy kulturoy i sportom‖ degan yangi darslik nashr etildi. Bu darslik o‗zining 
mazmuni, tuzilishi jihatidan avvalgi darslik va o‗quv qo‗llanmalaridan tubdan farq 
qilgan, jismoniy tarbiya harakatining barcha sohalarida erishilgan ilmiy-uslubiy 
xulosalarga tayangan bo‗lsada, sobiq Ittifoq miqyosidagi ko‗pgina jismoniy tarbiya va 
sport sohasi olimlari, professor-o‗qituvchilari tomonidan yaxshi baholanmadi. Buning 
sababi shundaki, darslikda boshqarish tizimlari, vazifalari (funksiyalar) va turli 
tarmoqlardagi jismoniy tarbiya va sport ishlarini rejalashtirish, ish yuritish, musobaqalar 
o‗tkazish kabi muhim faoliyatlarga e‘tibor berilmagan yoki alohida hududlargina 
nazarda tutilgan edi. 


15 
Jismoniy tarbiya institutlari hamda oliy o‗quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya 
fakultetlarining talabalari uchun eng qulay, tushunish oson bo‗lgan o‗quv qo‗llanmalari 
1965 yilda nashrdan chiqqan ―Organizatsiya fizicheskoy kulturi‖ va 1972 yilda 
Bunchuk M.B. (Ukraina) tomonidan tayyorlangan ―Organizatsiya fizicheskoy kulturi‖ 
o‗quv qo‗llanmasi hisoblanadi. 
Keyingi yillarda jismoniy tarbiya texnikumlari, pedagogika bilim yurtlari talabalari 
uchun ―Istoriya i organizatsiya fizicheskoy kulturi i sporta‖ V.V.Stolbov (Moskva, 
1984) darsligi ommabop xususiyatga ega bo‗lgan ―Fizkultura harakatini kengaytirish 
yo‗llari‖ R.Abdumalikov, T.T. Yunusov, A.K. Akramov (Toshkent, 1988) o‗quv 
qo‗llanmasi tayyorlandi. O‗zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti tomonidan 
―O‗zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni boshqarishni tashkil etish yo‗llari‖ 
T.T.Yunusov, 
R.Abdumalikov 
o‗quv qo‗llanmasi chiqarildi. Bular orasida
R.Abdumalikovning ―Jismoniy madaniyat va sport ixtisosligidagi talabalarni 
boshqaruvchilik faoliyatlariga tayyorlashning nazariy va amaliy asoslari‖ monografiyasi 
(1994), ―Jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning nazariy asoslari‖ o‗quv qo‗llanmasi 
(1995) muhim ahamiyat kasb etdi. Bular talabalarning boshqaruvchilikdagi nazariy 
bilim va amaliy ko‗nikmalarini oshirishda katta xizmat qilmoqda. E‘tirof etish kerakki, 
boshqarish jarayonlarida avvalgi ish tajribalari, erishilgan yutuqlar hamda ilmiy-nazariy 
tadqiqot natijalari muhim ahamiyat kasb etish bilan fanning asosiy omili sifatida xizmat 
qiladi. Bularni o‗rganish va tanqidiy yondoshish zarur bo‗ladi. 

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə