24
tomoshabinlarga nisbatan g‗amxo‗rligi, sharoitlar yaratib berishga intilishi,
jismoniy tarbiya va sport bilan aholining tobora ko‗proq qismi shug‗ullanishini
ta‘minlash kabi ishlar ko‗zda tutilganligi o‗z-o‗zidan ma‘lum.
Demokratizm tamoyili jismoniy tarbiya va sportni tashkil qilish faoliyatidagi
xalqchillik, ko‗pchilikning hohishiga rioya etish,
tizimdagi rahbar organ va
rahbarlarni saylash, shuningdek, ularning o‗z jamoalari oldida muntazam hisobot
berib borishlaridan iborat.
Fuqarolar jismoniy tarbiyasining uzluksizligi va uzvuyligi tamoyili, asosan,
o‗quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya darslari, sport to‗garaklari mashg‗ulotlarining
doimiy tashkil qilinishini ko‗zda tutadi.
Shuningdek, mehnatkash aholi va keksa
kishilarni ham jismoniy tarbiya va sport bilan shug‗ullanishga jalb etishdir. Bunda
turli musobaqalarni muntazam o‗tkazish, sog‗lomlashtirish markazlarining ish
faoliyatini yaxshilash maqsad qilib qo‗yilgan. Bu tamoyillarning yana bir jihati
shundaki, aholini
jismoniy tarbiya va sport, xalq milliy o‗yinlariga jalb etish,
ayniqsa, iqtidorli sportchilarning mahoratlarini oshirib borish, shuningdek, sog‗lom
avlod tarbiyasini yaxshilashga qaratilgandir. Sport mashg‗ulotlarini tashkil qilish,
ularni rejalashtirish, musobaqalar o‗tkazish, mutaxassis
xodimlarni tayyorlash va
boshqa faoliyatlarda tadqiqotlarning natijalariga tayanish, faoliyatlarni ilmiy
ravishda boshqarish muhim ahamiyatga ega ekanligi bayon qilinadi. Ayniqsa, sport
musobaqalarini o‗tkazish, turli natijalar,
hisob-kitob, nazorat qilish kabi
faoliyatlarda xolisona yondoshish masalalari ishning taraqqiyotiga ko‗maklashishi
hisobga olingan.
Dostları ilə paylaş: