25
-
jismoniy tarbiya pedagogik jarayon sifatida inson kamolotini
takomillashtiruvchi vosita va usuldir.
-
jismoniy madaniyat umumtarbiyaning muhim
tarkibiy qismi sifatida
jismoniy mashqlar bilan shug‗ullanish, unda asbob-uskuna, kiyim-bosh,
inshootlardan foydalanish, tozalikka rioya etish, gavdaning to‗g‗ri hamda chiroyli
o‗sishini ta‘minlovchi tarbiyaviy jarayondir.
Ko‗rinib
turibdiki, bu ikki atama bir-birini to‗ldiradi. Jismoniy tarbiya va
jismoniy madaniyat bilan uzluksiz hamda ommaviy shug‗ullanish esa jismoniy
tarbiya harakati demakdir.
Sport murakkab mashqlar
majmuasidan tarkib topib, texnik-taktik jihatdan
baxslashishdir. Bunda maxsus qoida va talablarga rioya etish zarur, g‗oliblar esa
musobaqa shaklida aniqlanadi.
Davlatni idora qilishda Prezidentlik instituti, Oliy Majlis, Vazirlar
Mahkamasi hamda vazirliklar va jamoat tashkilotlarining o„rni.
Davlat – o‗z hokimiyatini amalga oshirish imkonini
beruvchi tashkiliy-moddiy
kuchga, ya‘ni davlat mexanizmiga egadir. Mexanizm davlatning nimadan tashkil
topganligini ko‗rsatuvchi tarkibiy va predmetli ifodasidir.
Davlat mexanizmi
-
davlat organlari va boshqa tashkilotlarining
davlat hokimiyatini, vazifa va
funksiyalarini amalga oshirishning yaxlit ierarxik, ya‘ni bo‗ysinuvga
asoslangan
tizimidir.
Davlat mexanizmining boshlang‗ich va asosiy tarkibiy elementlaridan biri – bu
davlat organlaridir.
Dostları ilə paylaş: