240
Xorijda ommaviy sport, birinchi o‗rinda, aholining sog‗lomlashtirilishi, o‗z-
o‗zini boshqarishga erishish, o‗z fikrini bayon etish va rivojlanish, shuningdek,
ijtimoiy bo‗lmagan hodisalarga qarshi kurashish mexanizmidir.
Shuning uchun
hukumat aholini ommaviy sport bilan shug‗ullanishini o‗z oldiga muhim maqsad
qilib qo‗y ib, ommaviy sport rivojlanish masalalariga katta ahamiyat beradi.
Ommaviy sport rivojlanish jarayonining asosiy tavsifi quyidagilardan iborat:
ommaviy sportni qo‗llab-quvvatlashda hukumatning, shuningdek, ushbu sohada
faoliyat yuritayotgan turli shakldagi tashkilotlarlarining
rolini oshirish, ommaviy
sportda profilaktika va sog‗lomlashtirish tadbirlaridan foydalanish, noijtimoiy
hodisalarning oldini olish va yoshlarning axloqiy,
estetik va intellektual
rivojlanishida sportdan samarali foydalanish.
Shuningdek, rivojlangan mamlakatlarda sport reklamalari va ulardan
foydalanish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Sport reklamalarining mazmuni
yirik stadionlar, o‗yin maydonlari, otchoparlar, velotreklar, ko‗cha, xiyobonlardagi
sportga doir reklama, afishalar, shuningdek televideniyaning
barcha kanallari
tarkibida mavjud bo‗lgan sport rekalamalarida namoyish etiladi.
Sport inshoatlari, televideniyalarda namoyish etilayotgan reklamalarda
o‗tkazilayotgan musobaqalar, dongdor klublar,
komandalar, sportchilar qatori
sport buyumlari, jihozlari, sportchilarning iste‘mol qiladigan ichimliklari va
boshqa turlar ko‗proq o‗rin oladi.
Rivojlangan mamlakatlarda jismoniy tarbiya o‗qituvchilari, murabbiylar, etuk
sportchilar,
sport faxriylari, rahbar xodimlar ayniqsa, olimlar katta faoliyat
ko‗rsatadilar. Ular ma‘ruza o‗qish, suhbat o‗tkazish, sportcha chiqish va turli sport
musobaqalarini tashkil qilish yullaridan keng foydalanishlari zarur.
Shuningdek, targ‗ibot ishlarining ta‘sirchanligi, ilmiyligi, xaqiqiyligi va
aholining qiziqishlarini e‘tiborga olgan holda bo‗lishini ta‘minlash lozim.
Ommaviy axborot vositalari orqali jismoniy tarbiya va sportni targ‗ib
qilish bilan
birgalikda uning taraqqiyotdagi asosiy bosqichlar, omillar ham yoritib borilmoqda.
Bunda sportlotto, stadionlardagi qatnashib kelayotgan tomoshabinlarning
soni, homiylarning amaliy jihatdan ko‗rsatayotgan moddiy yordamlari ham o‗z
241
ifodasini topmoqda.
Sport reklamasidan asosiy maqsad, vazifalar va g‗oyalarni amalga oshirish
uchun rejalashtirilgan tadbirlar asosida quyidagi faoliyatlarni o‗tkazish
lozim
bo‗ladi:
1. Faoliyatlarni harakatlantiruvchi targ‗ibotlar (matbuot, teleradio, sport
inshootlari, ko‗rgazma reklama, uchrashuv, xatlar yuborish va hokazolar).
2. Doimiy nashr etiladigan vositalarda (jurnal, seriyali qo‗llanmalar,
xabarlar va hokazolar) nashr qilish.
3. Matbuot-anjumanlar, prezentatsiyalar.
4. Maxsus nashriyotlar.
Dostları ilə paylaş: