245
Olimpiya klublari, Olimpiya Akademiyasi, ularining vazifalari
Olimpiya klublari va ularining vazifalari
Xalqaro Olimpiya qo‗mitasi Xartiyasi va O‗zbekiston
Respublikasi Milliy
Olimpiya qo‗mitasining Nizomida qayd etilishicha, ilg‗or tajribaga va shart-
sharoitlarga ega bo‗lgan Oliy o‗quv yurtlari, viloyat markazlari hamda yirik sanoat
shaharlarida Olimpiya klublari tashkil etilishi mumkin. Bu tashabbus 1985-1987
yillarda Samarqand Davlat pedagogika instituti (hozirgi SamDU) jismoniy tarbiya
fakulteti jamoasi tomonidan amalga oshirildi va keyinchalik shu asosda Olimpiya
Akademiyasi tashkil etish haqidagi g‗oya paydo bo‗ldi.
O‗zbekiston Milliy Olimpiya qo‗mitasi ta‘sis etilgach (1992),
barcha
viloyatlarning sport qo‗mitalari qoshida Olimpiya klublarini tashkil etish an‘anaga
aylandi. Ularning boshqaruv faoliyati klub raisi (prezident) hay‘at a‘zolari va
kengash tomonidan olib borildi.
Olimpiya klublarining asosiy vazifasiga quyidagilar kiradi:
- o‗z hududlarida jismoniy tarbiya va sportni keng targ‗ib qilish;
- sport turlarini rivojlantirishga hissa qo‗shish;
- o‗quvchi-yoshlar va aholi o‗rtasida Olimpiya g‗oyalarini targ‗ib qilish;
- sport musobaqalarini o‗tkazishda ko‗maklashish;
- ilg‗or tajribalarni ommalashtirish;
- mutaxassis xodimlar bilan hamkorlik qilish;
- respublika sport taraqkiyoti va sportchilarning erishgan g‗alabalarini
matbuot va uslubiy qo‗llanmalarda keng yoritish;
- Xalqaro Olimpiya qo‗mitasi va O‗zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya
qo‗mitasining amaliy faoliyatlarini chuqur o‗rganish, qo‗yilgan vazifalarni amalga
oshirishda ko‗maklashish va hokazo.
Dostları ilə paylaş: