35
(markaziy ijro hokimiyati organlarining boshqarma va bo‗limlarini, hokim
boshchilik qiladigan ijroiya apparatni kiritish mumkin);
2)
tashkil etish asoslariga ko‘ra
ijro hokimiyati organlari quyidagilarga
bo‗linadi: a) O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
asosida tashkil etiladigan
organlar (masalan, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi); b) O‗zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari asosida tashkil etiladigan organlar (masalan,
vazirliklar, davlat qo‗mitalari).
3)
ijro hokimiyati organlari vakolatlarining hajmi va xususiyatiga
ko‘ra
, ular quyidagilarga bo‗linishi mumkin:
a)
umumiy vakolatli davlat organlari.
Bu guruh davlat organlariga -
O‗zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi va hokimlarni kiritish mumkin.
Bu davlat organlari, vakolat doirasida, barcha sohalarga taalluqli bo‗lgan qarorlarni
qabul qilishlari mumkin. Masalan,
amaldagi qonunchilikda, O‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy jarayonlarni
boshqarishi ko‗rsatib o‗tilgan bo‗lib, uning vakolati
mana shu sohalar doirasida
amalga oshiriladi;
b)
sohaviy vakolatga ega bo‘lgan davlat organlari
. Bu davlat organlarini
ikki guruhga bo‗lish mumkin:
birinchidan,
bir soha bo‘yicha vakolatli davlat
organlari
- bu organlar o‗z faoliyatini aniq bir soha bo‗yicha amalga oshiradi;
ikkinchidan,
sohalararo vakolatli davlat organlari
- bu organlar bir necha sohalar
bo‗yicha harakat qilish vakolatiga ega bo‗ladi.
Ko‗pgina
yuridik adabiyotlarda, bir soha bo‗yicha harakat qiluvchi
davlat
organlariga – vazirliklar, sohalararo vakolatli davlat organlariga – davlat
qo‗mitalari kiritilgan.
Lekin hozirgi sharoitda vazirliklarning - sohalararo harakatini, davlat
qo‗mitalarining esa – bir soha bo‗yicha harakatlanishini kuzatish mumkin.
Bundan tashqari, yuridik adabiyotlarda
maxsus vakolatga ega bo‘lgan davlat
organlari
ham, ko‗rsatib o‗tilgan.
O‗zbekiston Respublikasi qonunchiligidan kelib chiqadigan bo‗lsak, ijro
hokimiyati organlari vakolatining xususiyatiga ko‗ra,
ularni maxsus vakolatli
36
organlarga bo‗lish mumkin. Masalan, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi ko‗pgina davlat organlari (inspeksiyalar va boshqa davlat
idorlari) maxsus vakolatlarga egadir;
4) ijro hokimiyati organlari
Dostları ilə paylaş: