Yaratilgan: Ангрен 2005 йил. Kategoriya: Педагогика Bo'lim



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə9/9
tarix14.06.2018
ölçüsü0,66 Mb.
#48544
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Asosiy sifatlr

xolerik

sangvinik

Flegmatik

Melanxolik

1.Senzitivlik

Past

Past

Past

Yuqori

2. Reaktivlik

Yuqori

Yuqori

Past

Past

3. Faollik

Yuqori

Yuqori

Yuqori

Past

4. Reaktivlik va faollik munosabati

R > f

Og`ir vazmin

F > r

Past faollik o`rta reaktivlik

5. Reaktsiya turi

Tezlashgan

Tezlashgan

Sekinlashgan

Sekinlashgan

6. Plastiklik

-

+

-

-

7. Rigidlik

+

-

+

+

8. Ekstravertlik

+

+

-

-

9. Introvertlik

-

-

+

-

10. Emotsional ko`zg`aluvchanlik

Yuqori

Yuqori

Past

Sekinlashgan

Temperament turlarining batafsil psixologik tavsifi quyidagilardan iborat:



Sangvinik - bu tipdagi temperamentga ega bo`lgan shaxs odamlar serharakat tez ta’sirlanuvchi bo`ladilar, biror faoliyatga va g`ayrat bilan kirishib, tez sovib ketishlari ham mumkin (lotincha - qon qismlarining zaruriy nisbati). Yuqori reaktivlik, besabab haxolab kulishi mumkin, arzimagan narsa qattiq jaxlni chiqarishi kuzatiladi. Uning yuzidan kayfiyatini bilishi mumkin. Diqqatni tez to`playdi. Yuqori faollik juda harakatchan, faol, uzoq vaqt ishlab charchamasligi mumkin, tartibli-intizomli. Odamlar bilan juda tez kirishadi, holatga tez ko`nikadi.

Xolerik - bu temperamentga ega bo`lgan kishi, tez g`ayratli ishga ehtiros bilan kirishadigan lekin muvozanatsiz, tez jahli chiqadigan odam (lotincha chole – o`t). Pastsenzitivlik, yuqori reaktivlik va faollik. Reaktivlik faollikdan yuqori. Shuning uchun kutilmaganda portilovchan, qiziqqon, betoqat. Tez qo`zg`aluvchan, u mimika jestlarida ifodalanadi. Qat’iy, tez insonlarga nisbatan intiluvchan.

Flegmatik - temperamentga ega bo`lgan odam osayishta, o`zini og`ir vazmin tutadi, barqaror kayfiyatli odam (yunoncha rhelagma - boglam). Past senzitivlik, kuchsiz emotsionallik, kuldirish, jahlini chiqarish, xafa qilish qiyin. Harakatlari ifodasiz, ishchan, faollik reaktivlikdan ustuvor. Bir ishdan ikkinchi ishga sekin o`tadi. Yangi ish vaziyatga sekin ko`nikadi.

Melanxolik - bu temperamentga shaxs kayfiyatli harakatlari sekin, chuqur hamda barqaror emotsional qo`zg`aluvchanlik va kam nerv psixik aktivlik bilan xarakterlanadi. Melonxolik temperamentlik kam harakat, kam gap, hissiyoti chuqur va barqaror bo`lsa ham hissiyoti sifatdan yaxshi ifodalanadigan kishilar bo`ladi. Biroq ular ishga kira boshlagan ishlarni oxirigacha etkazadilar ( yunon melaine chole). Rigid, introvert.

4. Temperament bir guruh xususiyatlarning o`zida birlashtiradi. Har bir insonda bir necha temperamentida o`ziga xos takrorlanmas xususiyatlar mavjud. Bir insonda bir necha temperament xususiyatlarini ko`rish mumkin. Masalan, xolerikda flegmatik va melanxolik xususiyatlari, sangvinikda xolerik va flegmatik xususiyatlari namoyon bo`ladi. Lekin bir xarakter xususiyatlarining ustvorligi asosida odamni u yoki bu tipiga kiritish mumkin. Temperament xususiyatlari ham tashqi ta’sir, hayot jarayonida, tarbiya ta’sirida o`zgarishi mumkin. Har bir temperamentda ijobiy va salbiy xususiyatlar mavjud. Ijobiylarini rivojlantirish, salbiylarini esa boshqarish lozim. Rivojlantirishning birinchi yo`li temperament xususiyatiga xos faoliyatni tanlash. Ikkinchi yo`li qo`yiladigan talablarni individuallashtirishdir.

Lekin eng asosiy yo`li bu faoliyatning individual uslubini shakllantirish bo`lib, bunda temperament xususiyatlarini bilish jarayonlari, muloqot va xatti-harakatda namoyon bo`lish hisobga olinadi. Shu ma’noda ko`p stanokchi to`quvchilarning ishini kuzatish natijalari diqqatga sazovordir (Klimov tadqiqoti). Tadqiqotdan shu narsa ma’lum bo`ldiki, bir necha stanokda ishlashda nerv sistemasi harakatchan tipdagi ham, harakatsiz tipdagi xodimlar yuksak ijobiy natijaga erishishi aniqlandi. Temperamentni harakatchanligiga ko`ra qarama-qarshi xususiyatli kishilar bir xil mehnat vaziyatida turlicha harakat taktikasiga murojaat qilishlari aniqlandi. Ish usullari, uslubi xodimlarning individual xususiyatlariga to`g`ri kelsagina, ishda natijaga erishiladi. Shunday qilib, temperament foliyatning individual uslubini belgilaydi.

Faoliyatning individual uslubini psixologlar V.S.Merlin va E.A.Klimov o`rgangan. Agar kishi o`z temperamentiga mos ravishda o`zining yaxshi natijalariga erishishga yordam beradigan yo`llari va usullarini faol izlasa, individual uslublari ishlab chiqiladi va rivojlanib boradi. Faoliyatning individual uslubini ishlab chiqarishda eng yaxshi o`quvchilarda, sportchilarda aniqroq namoyon bo`ladi.

Temperamentning o`ziga xos xususiyatlari o`quv mashg`ulotlari va mehnatda seziladi. Ta’lim tarbiya jarayonida individual, psixologik jihatdan asoslangan yondashuvni amalga oshirish uchun ularning temperament xususiyatlarini to`g`ri tasavvur qilish va bilish lozim. O`qo`vchining rivojlanish sharoitlarini bilgach, uning har xil holatdagi xulqi va faoliyati to`g`risidagi ma’lumotlarni solishtirib, tasodifiy xulq-atvorini, odatlarini, temperamentning asosiy belgilaridan ajratish mumkin.

O`quvchini temperamentning m’lum bir tipiga kiritish uchun unda quyidagi fazilatlarning u yoki bu tarzda ifodalanganligiga ishonch hosil qilish lozim.



  1. Faollik

  2. Emotsionallik

  3. Motorikaning o`ziga xos xususiyatlari.

Temperamentning har bir tipi ham ijobiy ham salbiy psixologik xususiyatlarda o`zini namoyon qilishi mumkin.
TAYANCH TUSHUNCHALAR

  1. Temperament, sangvinik, melanxolik, xolerik, flegmatik, unsur, oliy nerv faoliyati tiplari, kuchli muvozanatli, kuchli muvozanatsiz, kuchsiz tip.


NAZORAT SAVOLLARI

  1. Temperament haqida tushuncha bering.

  2. Temperament haqidagi nazariyalar haqida gapiring.

  3. Temperamentning qanday tiplari mavjud.

  4. Nerv tizimi xususiyatlari va temperament orasidagi farq nimada?

  5. Temperament turlariga misol keltiring (adabiyot, kinofil’m, shaxsiy kuzatuv).

  6. Turli temperament xususiyatiga ega bo`lgan kishilarni ish uslubi qanday bo`ladi?


11 - MAVZU: XARAKTER
REJA:
1. Xarakter haqida tushuncha.

2. Xarakterning tuzilishi.

3. Xarakterning murakkabligi.

4. Xarakter aktsentuatsiyasi va psixokarrektsiyasi.


1. Xarakter – shaxsning barqaror individual xususiyatlari yig`indisi bo`lib, u faoliyat va muloqotda yuzaga keladi hamda shaxsga xos xulq-atvor usullarini namoyon qiladi.

«Xarakter» fanga ilk bora qadimiy yunon olimi va faylasuf Teofrast tomonidan kiritilgan.

«Xarakter» so`zi yunoncha «chiziq», «belgi», «sifat», «xususiyat» m’nosini bildiradi. Bu so`z «xarosso» fe’lidan kelib chiqib, uni ushlamoq, chizmoq, qiqmoq deb tarjima qilish mumkin.

Hayotiy tajriba asosida xarakter tushunchasini ikki mazmunda tushunish mumkin: keng yoki umumiy maxsus o`ziga xos ma’noda.



Keng yoki umumiy ma’noda inson xarakteri deganda uning xatti-harakati va xulq-atvoriga ta’sir etuvchi individual yoqqol namoyon bo`lgan va sifat jihatidan turlicha bo`lgan belgilar tushuniladi.

Tor yoki maxsus ma’noda olingan xarakter degan shaxsning psixik tuzilishi nazarda tutilib, u insonning irodasi va yo`nalganligida namoyon bo`ladi. Yo`nalganlik bu insonning xarakterli xususiyati bo`lib, faoliyatiga ta’sir etadi. Borliqqa nisbatan tanlangan munosabatida aks etadi. O`ziga xos psixologik tuzilishining inson harakatda tarkib toptiradi va bu esa o`z o`rnida insondan irodali kuch talab etiladi.

Kishi jamiyatda yashab, biror faoliyat bilan shug`ullanar ekan o`zini shaxs sifatida namoyon qiladi, odamlarga o`z ishiga va o`ziga bo`lgan munosabatini ifodalaydi.

Ba’zan ana shu munosabatning ko`rinishlari odamdan tashqari, tasoddifiy xarakterga ega bo`lishi mumkin. Masalan, maktab o`quvchisining o`z o`rtoqlari uchun kutilmaganda arzimagan narsadan jahli chiqib ketishi mumkin. O`rtoqlari uning bu xulqidan taajublanadilar, chunki odatda bu bola yuvvosh, xushmuomula edi. Uning uchun qo`pollik tipik hodisa emas edi. Boshqa bir o`quvchi ko`pincha atrofdagilar bilan keskin va qo`pol muomulada bo`ladi. Bu narsa buning uchun tipik bo`lgan barqaror, bir necha marta takrorlangan xususiyat bo`lib, bu uni shaxs sifatida xarakterlab beradi. Shuning uchun ham mazkur xususiyatni uning xarakteriga xos bo`lgan xususiyatlaridan biri deb hisoblash mumkin. Jamiyat a’zosi bo`lgan kishining voqelikka bo`lgan munosabatida vujudga keladigan va uning xulq - atvori hamda xatti - harakatlarida ta’sir qoldiradigan, muhim barqaror psixik xususiyatlarning majmui - xarakter deyiladi. Ba’zan xarakter degan so`z bilan, iroda degan so`zning qat’iylikni ya’ni boshqa kishilar bilan muomila qiladigan keskinlikni ifodalaydilar. Aksincha irodasi zaif kishini xaraktersiz kishi deb hisoblaydi. Lekin bu fikr noto`g`ridir. Xaraktersiz kishi deb hisoblangan kishida ham xarakter bor. Xarakterdagi ko`p narsa kishining dunyo qarashiga, uning e’tiqodiga va ideallariga, ijtioiy ahvoliga, atrofdagi muhitning ta’siriga bog`liq bo`ladi. Xarakter shaxsning individual xususiyatidir.

2. Inson xarakteri tizimini o`rganishning asosiy vazifasi xarakter xususiyatlarini ma’lum tizimga solish va ular orasidagi bog`liqlikni aniqlashdir.

Xarakter xususiyatlari bu shunday individual xususiyatlarki, ular insonning ma’lum vaziyatdagi xulq-atvorini ko`ra olish, aniqlashga yordam beradi. Insonni borliqqa bo`lgan hayotiy munosabatiga ko`ra uning xarakter yo`nalganligini quyidagicha guruhlash mumkin:

A) jamiyatga bo`lgan munosabat, atrof olamdagi narsa va hodisalarga munosabat (Vatanparvarlik, tilga, kelajakka, ona tuproqqa muhabbat).

B) Boshqa odamlarga munosabat.

G) O`z-o`ziga munosabat.

Insonni o`ziga bo`lgan munosabati xarakteristikasida mustaqillik va taqlidchanlik muhim rol o`ynaydi.

Mustaqillik – insonning ijobiy xarakter sifati bo`lib, u mas’uliyatlilik, o`z-o`ziga ishonch bilan bog`liqdir. Bu sifat ijodiy ish bilan mashg`ul bo`lgan kishilarga xosdir.

Taqlidchanlik - o`z fikri va xatti-harakatlarini boshqa kishilar xatti-harakatlaridan ko`chirishga moyillik.

Insonning irodaviy xarakter sifatlari – bu faollik, qat’iyatlilik, jasurlik, orginallik, tashabbuskorlik, o`z-o`ziga ishonch, tartib-intizomlilik, chidamlilik va h.k.

Xarakterlari bir xil bo`lgan ikki kishini topib bo`lmaydi, lekin ayrim kishining xarakteridagi ko`p narsalar, bir guruh kishilar uchun tipik bo`lishi mumkin. Kishining xarakterini tashkil etuvchi individual xususiyatlar irodaga, his tuyg`ular va aqlga taalluqli. Inson shaxsini xarakteri hamisha ko`p qirralidir. Unda alohida xususiyatlar yoki tamonlarni ajratib ko`rsatishi lekin ular bir-biridan ajratilgan holda mavjud bo`lmaydi. Xarakterning strukturaligi uning ayrim xususiyatlari orasidagi qonuniy bog`liqliklarda namoyon bo`ladi. Agar kishi qo`rqoq bo`lsa u tashabbuskorlik, qat’iylik va mustaqillik, fidokorlik va oliyhimmatlik kabi fazilatlarga ega bo`lmaydi.

Xarakterning fizik asoslari.

Ma’lumki nerv sistemasining tipi, oliy nerv faoliyatining turli xususiyatlariga bog`liq buladi.

Temperament nerv sistemasining tug`ma tipi edi, lekin temperament xususiyatlardan iborat, bu xususiyatlarga esa inson faolida ega buladi. Shundan xulosa chiqadiki, xarakterga tug`ma xususiyatlar emas balki atrof muhit unga beradigan tarbiya sabab bo`ladi. Kishining tuyg`ulari, psixik jarayonlar temperamentga bog`liq bo`lib xarakterda aks etadi.

Xarakter tuzilishini bir butunligi aniqlikda, maqsadga egalikda, orginallik va dinamikada namoyon bo`ladi. Xarakterning asosiy xususiyatlaridan biri bu uning aniqligidir. Aniqlik bir necha sifatlarni usvorligida namoyon bo`ladi. Aniq namoyon bo`lmagan sifatlar o`z yorqinligini yo`qotadi.

Bir butunlik – ichki butunlik sifatlarda qarama-qarshiliklarning mavjud emasligi, yo`nalganlik va faoliyat o`rtasida bog`liqlik, anglash va xatti-harakatlardagi uzviylikdir.



3. Kishining xarakteri to`g`risida faqat etakchi xususiyatlarga qarab fikr yuritish mumkin, bu xususiyatlar shaxsning kim ekanligini kuprok belgilab ko`rsatadi. Kishining faolda psixik jarayonlari ustun turishiga qarab xarakter xususiyatlari intellektual, emotsiya va iroda xususiyatlariga ajratiladi. Kishining atrofli voqelikka munosabatiga qarab xarakterning muhim xususiyatlarini quyidagicha ta’riflash mumkin.

1. Kishining xarakteri, boshqa odamlarga bo`lgan munosabatida namoyon bo`ladi.

2. Kishining o`ziga bo`lgan munosabatida obro` talablik, o`z kuchiga ishonmaslik va hokoza...

Kishining o`ziga bo`lgan munosabati.

Shaxsning mehnatga o`z ishiga munosabatida. Jumladan, vijdonlik ishchanlilik tashabbuskorlik, jiddiylikni kiritish mumkin.

Kishilarning narsalarga bo`lgan munosabatida namoyon bo`ladi, faqat ijtimoiy mulkka nisbatan emas, balki o`z buyumlariga nisbatan ehtiyotkorlik yoki ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo`lishi va hokoza...

Xarakterning xususiyatlari muayyan undovchi vaj-sabab bildiruvchi kuchga ega bo`ladi.

Xarakter murakkabligi - bu turli-tuman qiziqishlarni ong va faoliyatga faol ta’sir ko`rsatishdir.

Orginallik – individual o`ziga xoslik bo`lib, u juda kam hollarda uchraydi.

Xarakterning dinamik holati xarakterni mavhum o`zgaruvchanligi bu tashqi va ichki sabablar hamda o`z-o`ziga bo`lgan munosabatni o`zgarganligida namoyon bo`ladi.

Hayotiy voqealarga bog`liq holda xarkter insonlarni ongida va faoliyatida tashqi ko`rinishda namoyon bo`ladi. Xarakter butun kuchi bilan inson foliyatining xulq-atvorida ifodalanadi. Xulq-atvor deganda ahloqiy va yuridik bahoga ega bo`lgan xatti-harakat tushuniladi.

Xarakter mimika, pontamimika, qo`l harakatlarida ham namoyon bo`lib, masalan, yuzdagi ajinlar yosh bilangina emas, balki jahli chiqqanda kulganda ham paydo bo`ladi. Xatto insonning kiyimi, uning rangi, kiyimlarning ayrim qismlari uning xarakteri haqida nimalardir deyishi mumkin.

Insonning tashqi belgilaridan xarakterini aniqlash – grafologiya, xiromantiya kabi yo`nalishlarda harakat qilindi.

Grafologiya – (yunoncha grapho – yozaman, logos – ta’limot) yozuv shakli haqidagi ta’limot, u orqali psixik holatni aniqlash mumkin deb hisoblaydi.

Xiromantiya – (yunoncha chel - qo`l, manlcia – fol ochmoq) qo`lning chiziqlari, qadoqlari orqali inson xarakterini aniqlash, taqdir haqda fol ochish.

4. Xarakter aktsentuattsiyasi (urg`u berish) – bu xarakter sifatlarini birortasini kuchaytirish, urg`u berish bo`lib, buning natijasida ma’lum psixogenlik nozik tanlovganlikni namoyon qiladi va shu vaqtning o`zida xarakter sifatlari barqaror bo`lib qolaveradi.

Xarakterning u yoki oz xususiyati mikdori irodaliligi oxirgi marraga etib va normaning eng oxirgi chegarasiga borib qolganda xarakterning aktsentuatsiyasi (ortiqcha urg`u berilishi) deb atalmish vaziyati tug`iladi. Xarakterga ortiqcha urg`u berilishi ayrim xarakter xususiyatlarining kuchayishi natijasi sifatida normaning oxirgi variantlaridir. Bunda individda boshqalarga nisbatan barqarorlik bo`lgani holda bir xil strosogen (qattiq hayajonlanuvchi) omillarga zaiflik ortishi kuzatiladi. Xarakterning aktsentuatsiyasi o`ta noqulay vaziyatlarda potologik buzilishlarga va shaxs xulq - atvorining o`zgarishlariga, psixopotiyaga olib borilishi mumkin. Xarakterga urg`u berishning quyidagi eng muhim turlari ajralib ko`rsatiladi.

1. Xarakterning introvert tipi: odamovilik, atrofdagilar bilan aloqa o`rnatishda qiynalish, o`zi bilan o`zi bo`lib qolish xos.

2. Xarakterning ekstrovert tipi: his-hayajonga tamomila berilganlik ko`p gapirish, qiziqishlarning doimiy emasligi, maqtonchoqlik, yuzakichilik xos.

3. Boshqarib bo`lmaydigan tip: g`ayritabiiylik, munozaralik, shubhalanib qarashlar xosdir.

4. Negativizm tip: qo`rqoqlik, odamovilik, tortinchoqlik xosdir.

5. Namoyishkorona tip: xudbinlik, o`ziga nisbatan doimiy e’tibor, hamdardlik bildirish xosdir.

6. Gipertim tur – ushbu turdagi o`smirlar harakatchan, sho`x bo`ladilar, ular bor joyda jovqur-suron bo`ladilar. Ushbu turdagi bolalar o`z qobiliyatlariga ortiqcha baho beradilar. O`zlarini ko`rsatishga intiladilar.

7. Psixoastenik tur – ushbu yoshlarga ilk intelektual rivojlanish, o`ylovchanlik, o`z-o`zini tahlil qilish, boshqa odamlarga, ularning xatti-harakatlariga baho berish xosdir. Ular ishdan ko`ra so`zda o`tkirlar. Ulardagi o`z-o`ziga bo`lgan ishonch qobiliyatsizlik bilan, asosiz fikrlar tezkorlik harakatlar bilan namoyon bo`ladi.

8. Beqaror tur – ko`pincha ular irodasiz oqim bilan yuruvchi deb xarakterlaydilar. Bunday o`smirlar o`yin – kulgiga, bayramlarga ishtiyoqmandirlar. Ularda jiddiy kasbiy qiziqishlar mavjud emas.

Masalan: o`smir xarakteridagi aktsentuatsiyaning asosiy xususiyatlari o`zini yomon his qilishi jizzakilik, ortiqcha charchash, gumonsirash.

Tarbiyaviy ish to`g`ri yo`lga qo`yilganda xarakter aktsentuatsiyasining ko`rinishiga chek qo`yish mumkin. Pedogoglar va ota onalar stressogen vaziyatlar bolaning xarakteridagi zaif joylariga og`ir botmasligi uchun harakat qiladilar. Kishiga xarakter tabiatdan berilmagan. O`zgartirib va qaytadan tiklantirib bo`lmaydigan xarakter bo`lmaydi. Har qanday kishi ham o`z xarakterini ko`rinishlari uchun javobgardir, har bir kishi o`zini - o`zi tarbiyalash bilan shug`ullanish imkoniga egadir.

Xarakterning shakllanishi ma’lum ijtimoiy muhitda yuz beradi. Xarakter jamiyatdagi tarbiyaning aks etishidir. Avvalom bor bola xarakteri oila, ota-onaga bog`liqdir. Maktabdagi ta’lim-tarbiya etakchi ahamiyatga egadir. Xarakterda o`z-o`zini tarbiyalsh ham muhimdir. Xarakterni tarbiyalash yo`llari bu odat va taqlidni shakllantirishdir.


TAYANCH TUSHUNCHALAR

Xarakter, aktsentuatsiya holati, xulq - atvori, milliy xarakter, ekstroversiya, interoversiya, odat, psixokorrektsiya.


NAZORAT SAVOLLARI.


  1. Xarakter xaqida tushuncha bering.

  2. Xarakter qanday nomoyon bo`ladi?

  3. Ekstroversiya va interoversiya haqida tushuncha bering.

  4. Xarakterda aktsentuatsiya holatimni qanday izohlaysiz?

  5. Milliy xarakter deganda nimani tushunasiz?

  6. Kishi xarakterining eng muhim belgilari nimalardan iborat?

  7. Odat nima?

  8. Psixokorrektsiyani qanday izohlaysiz?



12-MAVZU: QOBILIYAT
REJA:
1. Qobiliyat haqida tushuncha.

2. Qobiliyat tuzilishi va turlari

3. Qobilyatning tarkib topishi.

4. O`quvchilarning qobiliyatini o`rganish metodlari.


1. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» (avgust 1997 yil) ta’limning uzluksiz o`zbek modeliga asos solib, uning asosiy vazifasi komil shaxsni shakllantirishdir.

Dasturning muhim vazifalaridan biri ta’lim oluvchilarning aqliy individual xususiyatlari va qobiliyatlarini tarkib toptirish bo`lib hisoblanadi.

Qobiliyatlar muammosi psixologiya fanida qiziqarli va ma’lum darajada tadqiq qilingan muammolardan biridir. Bu muammo yuzasidan qadimdan to shu kunga qadar olimlar izlanishlar olib borganlar. Insonning imkoniyatlarini o`rganishga Sharq mutafakkirlari (Farobiy, Beruniy, Ibn Sino), rus psixologlari (B.M.Teplov, B.G.Ananev, S.L.Rubishteyn, A.G.Kovolev), Farb olimlari (A.Bine, T.Simon, V.Shtern, U.Ollport) kabilar katta hissa qo`shganlar. Ushbu muammo ustida O`zbekiston psixolog olimlari (E.Foziev, M.G.Davletshin, B.R.Qodirov, V.A.Tokareva va b.) ham izlanish olib borganlar.

Qobiliyatlar o`zi nima? «Qobiliyatlar» psixologiyada keng va anchadan beri foydalanganligiga qaramay turli adabiyotlarda turlicha talqin etiladi. Masalan: «Qobiliyatlar – inson ruhiyatining xususiyati bo`lib, u barcha psixik jarayonlar va holatlarning yig`indisi sifatida tushuniladi». Ushbu tushunchaning kamchiliklari nimadan iborat? Bu tushuncha asoschisi Xrestian Vol’f hisoblanib, uning nazariyasiga ko`ra barcha psixik hodisalar qobiliyatlar kategoriyasiga kiritilgan. Bunday yondoshuvda muayyan qobiliyatlar tizimini aniqlash mumkin emas edi. Qobiliyatlarni inson hayotidagi ahamiyati ham aniqlanmagandi. Shuning uchun bu tushuncha psixologiyada keng tarqalmadi.

XUSh-X1X asrlarda «Qobiliyat bu umumiy va maxsus bilim, malaka va ko`nikmalar yig`indisi bo`lib, u turli faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlaydi». Yangi qarashlar yuzaga keladi. Ushbu tushuncha to`g`rimikan, uning kamchiligi nimada ekan.

Qobiliyatlar bilimlar, ko`nikmalarda emas, balki ularni egallash dinamikasida yangi bilim, ko`nikmalar, qanday sharoitda tez, chuqur va oson egallanishida namoyon bo`ladi. Bu tushunchadan bugungi kunda ham foydalaniladi.

Shunday qilib, qarama-qarshiliklarni engish hamda haqiqatni izlash natijasida olimlar quyidagi xulosaga keldilar. «Qobiliyatlar – shaxsning individual xususiyati bo`lib, unga bilimlar, ko`nikmalar va malakalarni o`zlashtirishining to`liqligi, tezligi, engilligi, chuqurligi hamda turli faoliyatni o`zlashtirish va uni muvaffaqiyatli bajarishga bog`liqdir». Bu tushunchani psixologiyaga yirik rus olimi B.M.Teplov kiritgan bo`lib, bugungi kunda keng tarqalgandir. B.M.Teplov qobiliyatlarning umumiy nazariyasini ishlab chiqishga o`z hissasini qo`shgan. Uning fikricha qobiliyatlar tushunchasi o`z ichiga uch g`oyani qamrab oladi. Birinchidan, qobiliyatlar deganda bir odamni boshqasidan ajratib turadigan individual psixologik xususiyatlar tushiniladi..... Ikkinchidan qobiliyat deganda har qanday individual psixologik xususiyatni emas, biror bir faoliyatni muvaffaqiyatli bajarilishini ta’inlovchi xususiyat tushuniladi. Uchinchidan qobiliyatlar odamning bilimlari, ko`nikmalari va malakalariga tenglashtirilmasligi lozim.

Bu bilim va ko`nikmalar egallash imkoniyatining haqiqatga aylanishi ko`plab sharoitlarga bog`liq bo`ladi. Ushbu shart - sharoitlar quyidagilardan iborat: tevarak atrofidagi odamlar oilada, maktabda, mehnat jamoasida kishilarning bu bilim va malakalarini egallab olishdan manfaatdorligi ta’lim va mehnatning tashkil etishini va boshqalar. Qobiliyatlar asosan faoliyatda namoyon bo`ladi. Bunda ham faqat ana shu qobiliyatlarsiz amalga oshirish mumkin bo`lmagan faoliyatlardagina namoyon bo`ladi. Qobiliyatlar bilim ko`nikma va malakalarning o`zida emas, balki analizlarni egallash jarayonida namoyon buladi. Qobiliyatlar shaxsning individual psixologik xususiyatlardan bo`lib ularni shaxsning aql farosat, xotira, xarakter emotsional xususiyatlarga qarama-qarshi qilib bo`lmaydi.

2. Psixologiyada tabiiy va maxsus qobiliyatlarga ajratiladi.

Tabiiy qobiliyatlar - bu idrok, xotira, tafakkur va boshqa oddiy psixik jarayonida namoyon bo`lish qobiliyatidir. Insonda ijtimoiy muhitga moslasha olish qobiliyati mavjuddir. Bu umumiy va maxsus aqliy qobiliyatlar, nutq va mantiqdan foydalanganda shaxslararo, predmetlararo munosabatlarda namoyon bo`ladi.

Umumiy qobiliyatlar – insonni turli faoliyat yo`nalishlarida muvaffaqiyatini ta’minlaydi.

Maxsus qobiliyatlar - insonni biror bir maxsus faoliyat yo`nalishidagi muvaffaqiyatini ta’minlaydi va uning namoyon bo`lishi uchun maxsus layoqat bo`lishi lozim. Bunday qobiliyatlarga musiqaviy, matematik, texnik, pedagogik va boshqalar kiradi.

Musiqaviy qobiliyatlar – B.M.Teplov tomonidan o`rganilib, «Psixologiya muzikal’n’x sposobnostey» kitobida keng ochib berilgan.

Matematik qobiliyatlar – Krutetskiy tomonidan o`rganilgan. U «Matematik qobiliyatlar psixologiyasi» monografiyasida matematik qobiliyatlar va ularning tizimini keng yoritib bergan. Idrok, tafakkur, xotira, xayolning individual xususiyatlarini aniqlab, ularni matematik faoliyatda namoyon bo`lishini tadqiq qilgan.

Tasviriy san’atga xos qobiliyatlarni – V.I.Krienko o`rgangan. U «Tasviriy faoliyat qobiliyatlari psixologiyasi» kitobida tasviriy qobiliyatlarni psixologik tahlilini bergan.

Tashkilotchilik qobiliyatlarini uzoq vaqt L.I.Umanskiy o`rgangan. U tashkilotchilik qobiliyatlar tizimini yaratadi. Uning fikricha tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo`lgan kishilar quyidagi xususiyatlarga ega bo`lishlari lozim:

A) shaxsning yo`nalganligi

B) uning tayyorganligi

V) umumiy xususiyalar (Kirishimlilik, kuzatuvchanlik, faollik, tashabbuskorlik, qat’iylik, tashkilotchilik va o`z-o`zini boshqarish)

G) Maxsus xususiyatlar (Talabchanlik, tanqidiylik, psixologik kashfiyotchilik, tashkilotchilik faoliyatiga moyillik, emotsional, irodaviy ta’sir etish)

D) shaxsiy individual xususiyatlar.



Pedagogik qobiliyatlarni N.V.Kuzmina, F.N.Gonabolinlar o`rganganlar. Ular pedagogik qobiliyatlar tizimiga quyidagilarni kiritganlar:

A) didaktik qobiliyatlar – o`quv materiallini o`quvchilarga tushunarli, aniq, yoshiga mos holda o`qitish, ularda mustaqil fikrni shakllantirish.

B) akademik qobiliyatlar – turli fanlarga doir bilimga ega bo`lish.

V) perseptiv qobiliyatlar – o`quvchining ichki dunyosiga kira olish qobiliyati, psixologik kuzatuvchanlik, uning psixologik holatini to`g`ri anglay olish.

G) Nutq qobiliyati – fikrlarni to`g`ri, aniq, emotsional nutq orqali etkaza olish.

D) tashkilotchilik qobiliyati – o`quvchilar jamoasini birlashtira olish.

E) avtaritar qobiliyat – bevosita o`quvchilarga emotsional irodaviy ta’sir ko`rsata olish va shu asosida hurmat, e’tiborga erishishi.

J) kommunikativ qobiliyat – bolalar bilan muloqotga kirisha olish qobiliyati, pedagogik tajribaga ega bo`lish.

Z) pedagogik xayol – bu maxsus qobiliyat turi tashxis qo`ya olish qobiliyati asosida o`quvchi kelajagiga uning rivojlanishiga oldindan ko`ra olish orqali zamin yaratiladi.

I) diqqatni taqsimlay olish qobiliyati – bir vaqtning o`zida diqqatni turli faoliyatlar orasida taqsimlay olishdir.



Texnik qobiliyatlar muammosini – M.G.Davletshin o`rgangan.

Bola tug`ilganidayoq insoniyat madaniyatini o`zlashtirishga bo`lgan universal qobiliyat, inson bo`lib etishish patentsial imkoniyati unga meros berilgan bo`ladi. Bu universal qobiliyat funktsional kuchlar bo`lishi mumkin bo`lgan insoniy malakalar “tik yurish, gapirish, fikrlash, eslab qolish va x.k. mexanizmi sistemasini o`z ichiga oladi. Biroq bu imkoniyatlarning hammasi tegishli ijtimoiy va moddiy muhim maqsadga qaratilgan ta’lim tarbiya bo`lgandagina ruyobga chiqishi mumkin. Ko`p funktsiyalarning potentsial imkoniyatlarning va mexanizimlarining xususiyatlari shunday, ular qat’iyan aniq bir vaqtda paydo bo`lib rivojlanadi va ularni kontservatsiya qilib (to`xtatib turib) bo`lmaydi.

Bironta ham funktsiya rivojlanishini qulayroq vaqtga qoldirib bo`lmaydi. Qobiliyatlarning sifat va miqdor xarakteristikasi. Qobiliyat xususiyatlarining sifat tomonidan qarashli maqsadga muvofiq. Har xil yo`llar bilan borishga imkon beruvchi “O`zgaruvchan miqdor to`plashi sifatida faoliyat muvaffaqiyatlarning murakkab birikmasi sifatida namoyon bo`ladi. Odamning qobiliyatida mavjud imkoniyatlar bir-birining o`rnini bosadi. Masalan: ko`r, kar, soqovlarning usha nuqsonli a’zolari qobiliyati o`rniga aqliy qobiliyati o`sa boradi. Bir qobiliyatli boshqa bir qobiliyat orqali o`stirish yordami bilan o`rin almashish xususiyati ham bir odam oldida kasb tanlash va uni takomillashtirishning nihoyatda keng imkoniyatlarini ochib beradi. Umuman olganda qobiliyatlarning sifat xarakteristikasi odam mehnat faoliyatining qaysi sohada osonlik bilan o`zini topa olishga bog`liqdir. Qobiliyatning miqdor xarakteristikasi muammosi psixologiyada katta tarixga ega muammodir. Aqliy iste’dod o`zining mazmuniga ko`ra muvaffaqiyatga echilishi ballar yig`indisi bilan hisoblanadigan qator savollardan yoki masalalardan iboratdir.

3. Qobiliyatlar murakkab tuzilishga ega bo`lgan psixik sifatlar yig`indisidan iboratdir. Anik qobiliyatlar tuzilishini tashkil qiluvchi shaxsning hislatlari va xususiyatlari orasida ayrimlari etakchi o`rinni egallasa, ayrimlari yordamchilik rolini o`ynaydi. Masalan pedagogik qobiliyatlar tizimida etakchi sifat pedagogik takt, kuzatuvchanlik, bolalarni sevish, ularga nisbatan yuqori talabchanlik, bilim berishga nisbatan ehtiyoj bo`lsa, tashkilotchilik va boshqa qobiliyatlar yordamchi qobiliyatlarga kiritiladi. Shaxs ning umumiy qobiliyatlari yoki umumiy xususiyatlari, ularni hosil qiluvchi omillar konkret psixologik hodisadir. Konkret faoliyat sharoitida qobiliyat tarzida namoyon bo`la oladigan shaxsning umumiy sifatlari jumlasiga “badiiy tip “fikrlovchi tip” kiritilib, “badiiy tip” uchun bevosita taassurot va “fanni tasavvur” emotsiyalar natijasida hosil bo`ladigan obrazlarning yorqinligi xos bo`lsa “fikrlovchi tip” uchun mavhumiylik, mantiqiylik, nazorat mulohazalar ustunligi xosdir. Talant, uning paydo bo`lishi va tuzilishi ularning tuzilishi, talant va mahorat, talant va qobiliyatning tabiiy shakllari, qobiliyatlariga fantastik qarashlardagi xatoliklar, layoqat qobiliyatning tarkibiy tomonida va uning rivojlanishida ta’limning ahamiyati, qiziqish va ijobiy qulay muhitning zarurligi kabi masalalar ko`riladi.

Demak, qobiliyatlarda bir necha darajalarga ajratish mumkin: iste’dod, talant, daholik.

Iste’dod – insonda qobiliyatlarning rivojlanishini tabiiy zamini.

Talant – inson qobiliyatlarini rivojlanishining yuqori bosqich bo`lib, u biror bir faoliyat turida katta yutuqlarga erishishga xizmat qiladi.

Daholik – insonda biror bir qobiliyatning eng yuqori bosqich bo`lib, u insonni biror bir faoliyat turida buyuk shaxs qilib ifodalaydi. Har bir insonning qobiliyat va iste’dodi taraqqiyot mahsulidir. Kishining qobiliyati uning tug`ma layoqati asosida, muhitga bog`liq ravishda, olayotgan ta’lim-tarbiyasiga qarab, o`sib kamol topib boradi. Qobiliyatlarning rivojlanishiga tabiiy zamin bo`luvchi xatti-harakat, his qilish organlari va miya tuzilishdagi morfologik va fuktsional xususiyatlar layoqat deb ataladi. Inson muayyan layoqat bilan tug`iladi. Tug`ma layoqat tayyor kamolatga etgan qobiliyat emas. U kishidagi tug`ma imkoniyatdir. Inson qobiliyatlarini rivojlantirishning muhim omillari qiziqishlardan iborat. Insong xos bo`lgan turli qiziqishlar orasida har bir kishining biron bir sohaga barqaror havasi shu kishi uchun muhim bo`lgan qiziqish bo`ladi. Shunday qiziqishning bo`lishi shaxsning individual xususiyatini tashkil qiladi. O`quvchilardan o`kuv fanlariga va o`zining kelgusidagi kasbiga qiziqishning bo`lishi bilimlarni ongli mustahkam o`zlashtirishning muhim shartidir.

Insonning qobiliyatlarini rivojlantiruvchi faoliyatga qo`yiladigan talablar:



    • faoliyatning ijodiy xarakteri

    • ijrochi uchun uning yuqori qiyinligi

    • zarur motivatsiya va zarur emotsional tayyorgarlikni ta’minlash.

Bolaning qobiliyatlarini rivojlantirish uchun eng hal qiluvchi sharoit ta’lim va tarbiyadir.

4. Bolaning aqliy iste’dod darajasi quyidagi usulda aniqlab beriladi:

aql yoshi x 100

1 a q ----------------

bolaning haqiqiy yoshiga

Masalan, agar test savollari o`tkazilishi natijasida 11,5 yasharli va 14 yasharli 2 ta bola bir xil ballar yig`indisiga ega bo`lsalar /120 ball, ulardan har birining aqliy yoshi 11.5 bolaga tenglashtirilsa, bolalarning iste’dod darajalari quyidagicha bo`ladi.

11,5 x 100

1 a birinchi bola /11,5 yoshda /q ------------- q109,5

10,5

11,5x100


2 a ikkinchi bola /14 yoshda / q -------------- q82,1

Psixodiagnostika muammolari ikki asos bo`yicha klassifikatsiya qilinadi:



  1. Psixik funktsiyalar turiga ko`ra (Harakat, sensor)

  2. Faollik turiga ko`ra (texnik faoliyat, badiiy faoliyat)

Motor qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan diagnostik metodikalar Anastazi, Kulagin, Morashuklar tomonidan ishlab chiqilgan. Bu testlar harakatlar tezligi va aniqligini muvozanatni saqlashni, qo`l va barmoq harakatlar tezligini o`rganishga qaratilgan. Hozirgi paytda psixomotor diagnostikalarning quyidagi turlari mavjud:

  1. Konnorning «Panjalar chaqqonligi» testi

  2. Stronberkning «Chaqqonlik» testi

  3. Kroufrotning «Mayda predmetlar bilan chaqqon harakat qilish» testi.

Sensor sezgi qobiliyatlarni aniqlashga qaratilgan metodikalar idrokni o`rganish orqali yuzaga keladi. Eshitish idrokini o`rganish uchun eshitish o`tkirligini diagnostika qiluvchi tovushlarni fondan ajratish, ovozning balandligi tembirini aniqlash o`rganiladi.

Psixodiagnostika – bu o`kuvchi shaxsning individual psixologik xususiyatini aniqlash, o`kuvchi shaxsini shakllantirish yoki psixik taraqqiyot belgilari haqida xulosa chiqarishdir. U ikkiga ajratiladi:



  1. Rivojlantirish – o`quvchi shaxsni rivojlantirish (qobiliyatini rivojlantirish)

  2. Korrektsiya – o`quvchining shaxsiy va psixologik taraqqiyotidagi noxushliklarini kuzatish.

Bugungi kunda Respublikamizda qobiliyatlarni shakllantirish muammosi ijtimoiy va davlat muammosiga aylangan. Ushbu muammoni hal qilish maqsadida Respublika TAShXIS markazlari va barcha viloyat va tumanlarda shunday markazlar tashkil qilingan.

Bugungi kunda maxsus qobiliyatlari aniqlangan o`quvchilar o`zlarini iqtidorini namoyon qilgan holda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarga ixtiyoriy-majburiy ravishda o`qishlarini davom ettirib, yo`llarini tanlamoqdalar. Bugungi kunda psixologiya fani bu yo`lda muhim o`rinlarini egallamoqda.



Zero, Prezidentimiz I.A.Karimov bu borada: «Biz o`z iste’dodli, fidoiy bolalarimiz, farzandlarimizga bilim va kasb cho`qqilarini zabt etish uchun qanot berishimiz kerak» degan fikrlar yuqorida bayon etilgan mulohazalarning yorqin dalilidir.
TAYANCH TUSHUNCHALAR

  1. Qobiliyat - shaxsning ma’lum faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishini ta’minlaydigan individual psixologik xususiyat.

  2. Talant - qobiliyatning yuqori darajasi.

  3. Layoqat - qobiliyatlar tarkib topishining dastlabki tug`ma zamini.

  4. Irsiyat - avloddan - avlodga o`tadigan nasliy xususiyatlar.


NAZORAT SAVOLLARI

  1. Qobiliyat haqida tushuncha bering.

  2. Qobiliyatning turlari va tuzilishi haqida ma’lumot bering.

  3. Qobiliyat va layoqat deganda nimani tushunasiz?

  4. Talant, iqtidor, iste’dod haqida tushuncha bering.

  5. Qobiliyat va yoshlarning kasb tanlash muammosiga qanday qaraysiz?

  6. Qobiliyatni o`rganish metodlari haqida ma’lumot bering.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


  1. Vasila Karimova “Psixologiya “, Toshkent, 2000.

  2. Foziev E. “Umumiy psixologiya “ 1-kitob, Toshkent, 2004

  3. “Psixologiya atlasi” M.Gomezo tahririda Moskva 1986

  4. M.G.Davletshin. “Psixologiya”, Izohli lug`ati, Toshkent 1998

  5. M.G.Davletshin. «Umumiy psixologiya», Toshkent, 2002.

  6. Foziev E. «Umumiy psixologiya», 2 –kitob, Toshkent, 2004.

  7. A.V.Petrovskiy. «Umumiy psixologiya», Toshkent, 1992.

  8. Anastazi A. Psixologicheskoe testirovaniya v dvux tomax. M., 1992.

  9. M.G.Davletshin. Zamonaviy maktab o`qituvchisi psixologiyasi. T., 1997.

  10. Foziev E. Psixologiya. T., 1994.


ADABIYOTLAR RUYXATI
1. A.V.Petrovskiy. “Umumiy psixologiya”, 1992 yil.

2. P.V.Ivanov .“Umumiy psixologiya”, 1972 yil.

3. A.N.Leont’ev. “Problem’ razvitiya psixika”

4. M.Voxidov. Psixologiya. 1982 yil

5. E.Goziev. Psixologiya. 1994 yil

6. Turgunov. Psixologiya termenlarining ruscha - o`zbekchi izohli lug`ati. 1975 y.

7. Psixologiya atlasi. M.Gomezo tahririda. 1986 yil.

8. Psixologiya izohli lug`ati. 1997 yil

9. Umumiy psixologiya, yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya. M.Gomezo tahririda 1982 yil.

10. A.ALeont’ev. Obshaya xarakteristika psixika jivotn’x.

11. V. Karimova. Psixologiya 2000 y.

12. Z.Nishonova. Bolalar psixodiagnostikasi, 1999 y.

13. A.S.Vigotskiy. “Voobrajenie i ego razvitie v detskom vozraste”.

14. Anikeeva. Jamoada ruhiy muhit. 1994 yil.

15. E.Goziev. “Intellekt psixologiyasi”. 1996 yil.

16. A.N.Leont’ev. “Shaxs psixologiyasi”.

17. O`quvchilarning qiziqish va moyillari diagnostikasi. Metodik tavsiyanoma 1993 yil.

18. E.Goziev. Inson psixikasining rivojlanishi. 1996 yil.

19. O`quvchilarni umumlashtirishga o`rgatishga va uning aqliy taraqqiyoti. 1983 yil.

20. A.I.Rogov. “Nastol’naya kniga shkol’nogo psixologa.

  1. Foziev E. “Umumiy psixologiya “ 1-kitob, Toshkent, 2002

  2. M.G.Davletshin. “Psixologiya”, Izoxli lugati, Toshkent 1998

  3. M.G.Davletshin. «Umumiy psixologiya», Toshkent, 2002.

  4. Foziev E. «Umumiy psixologiya», 2 –kitob, Toshkent, 2002.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə