Yaratilgan: Ангрен 2005 йил. Kategoriya: Педагогика Bo'lim



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə4/9
tarix14.06.2018
ölçüsü0,66 Mb.
#48544
1   2   3   4   5   6   7   8   9

TAYANCH TUSHUNCHALARI.

  1. Metod – (yunoncha - metod - tadqiqot, tekshirish) bilishning nazariy va amaliy o`zlashtirish usullari yig`indisi.

  2. Psixika – (yunoncha - psyche ruhiy) - yuksak darajada tashkil topgan materiya-miyaning funktsiyasi.

  3. Test – (inglizcha - test tekshirmoq) - standartlashtirilgan psixologik sinov.

  4. Printsip – (boshlanish, asos, biror bir narsaning ta’lim nazariyasi yoki fan, dunekarashning kelib chikish asoslari.

  5. Ong - insongagina xos bulgan ob’ektiv borlikni psixik aks ettirishning yukori usulidir.

6. Evolyutsion taraqqiyot - materiya taraqqiyoti.
NAZORAT SAVOLLARI

  1. Psixologiya predmetiga tushuncha bering.

2. Psixologiya fanini fanlar tizimida tutgan o`rnini

aniqlang va tushuntiring.

3. Psixologiya nimani o`rganadi? Psixik jarayonlar,

psixik holatlar, psixik xususiyatlariga tushunchalar

bering.

4. Psixologiya fan sifatida rivojlanish



bosqichlarini ayting.

5. Sharq mutafakkirlarining psixologik

qarashlarini ayting.


  1. Psixikaning taraqqiyot bosqichlari haqida tushuncha bering.

  2. Yuksak psixik funktsiyalarning tarkib topishini ayting.

  3. Psixologiya fanining metod va printsiplarini tushuntiring.

2 - MAVZU: FAOLIYATNING PSIXOLOGIK

TAHLILI.
REJA:


  1. Faoliyat haqida umumiy tushuncha.

  2. Harakat - inson faoliyatining asosiy birligi

sifatida uning uslublari va mexanizmlari.

(Anoxin, Bernshteyn)



  1. Faoliyatning interiorizatsiyasi va eksteriozatsiyasi

haqida tushuncha.

  1. Faoliyatning asosiy turlari. Pedagogik faoliyat

haqida tushuncha.

1. Ma’lumki, inson o`z tabiati jihatidan faol (ya’ni har doim bir maqsad asosida harakat qiladigan) mavjudotdir. Ana shu jihatdan olganda odamning barcha psixik jarayonlari va shaxsiy psixologik xususiyatlari uchun turli tuman faoliyatlarida namoyon bo`ladi. Faoliyat doimo organizm bilan muhitning o`zaro bir-biriga ta’sir etib turishining ifodasidir. Faoliyat deganda tirik organizmni ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan faolligi tushuniladi.

Odam faoliyati hayvonlarning xatti-harakatlaridan tubdan farq qiladi. Hayvonlarning faolligi ularning nerv sistemasi va psixikasining rivojlanganligiga qarab birmuncha murakkab bo`lishi mumkin. Ammo ularning hayoti har qanday hollarda ham tashqi borliqning talabiga organizmning biologik moslashishi bilangina chegaralanadi. Odamning xulq atvori, faoliyati esa tamomila boshqacha xarakterdadir. Inson hayvonlar xatti harakatlaridan farq qilib, avvalo ijtimoiy xarakterga egadir. Inson o`zining sa’yi harakatlarini ilk yoshidanoq, butun insoniyat tajribasi va jamiyat talablariga yo`naltirib boradi. xatti harakatlarning bu turi shu qadar o`ziga xosli, uning ifodalash uchun maxsus termin faoliyat termini qo`llaniladi. Inson faoliyatiga xos bo`lgan xususiyatlardan yana biri, u bilish jarayonlari va iroda bilan chambarchas bog`liq bo`ladi, ularga tayanadi, bilish va irodaviy jarayonlarsiz yuz berishi mumkin emas. Faoliyat kishining anglanilgan maqsad bilan boshqarib turiladigan ichki (psixik) va tashqi (jismoniy) faolligi bo`lib hisoblanadi.

Inson faoliyatining ma’lum motivlari, maqsad va amalga oshiruv usullari bo`ladi. Inson faoliyati ma’lum motivlar asosida yoki motivlar uchun bajariladigan, ongli suratda tug`ilgan extiejlar inson xatti-harakatini asosiy motivlaridir.

Motiv bu birinchidan insonni faoliyatga undaydi, ikkinchidan o`ziga xos jihatlarni namayon etadi va maqsadga erishish uchun zarur yo`l va usullarni tanlashga yordam beradi. Motivlarga ehtiyojlar, qiziqishlar, emotsiya va hislar, e’tiqod va ideallar, ustanovka va odatlar kirishi mumkin. Faoliyat tizimini quyidagi sxemada aks ettirish mumkin.

Faoliyat

Extiyojlarni kondirishga yunaltirilgan faolik, xayvonlarda u moslashuvchan, odamda ongli ravishda yuzaga keluvchan, maksad va vositalarga ijtimoiy asoslangan



Motivlar insonni faoliyatga undovchi



Maksad faoliyatga yunalganlik

Xatti xarakatlar- faoliyatga nisbatan tugallangan elementlar bulish orkali maksadarga va umumiy motivga buysunadi

Uzok-yakin


Shaxsiyumumiy



Uzoq-yaqin

Shaxsiyumumiy


Tashki, predmetli

Ichki, akliy






interiozatsiya

ekseriozatsiya



operatsiyalar






Kishining o`z ehtiyojlarini qondirish jarayoni ijtimoiy taraqqiyot bilan belgilanadigan faoliyat shaklini egallashning faol muayyan maqsadga yo`naltirgan jaraeni sifatida alohida ajralib turadi.

Extiejlar kelib chikishiga va predmetiga ko`ra farqlanadi:

1. Tabiiy extiejlar - bu insonning o`zini va avlodini xaetini saqlab qolishga qaratilgan faolligida namoen bo`ladi. Bularga oziklanish, uyquga extiej, nasl qoldirishga bo`lgan ehtiyoj.

2. Madaniy ehtiyoj - odamning insoniyat madaniyati maxsuliga bog`liq bo`lgan faolligida namoen buladi. Ularning bog`lanishi insoniyat tarixining boshlanishiga borib taqaladi. Madaniy ehtiej ob’ektiv bo`lib, tabiiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladigan predmetlar, vositalar kiradi. Predmetga ko`ra moddiy va ma’naviy ehtiejlar bo`ladi.

1. Moddiy ehtiyojlar - kishining moddiy ma’daniy predmetlarga vositalarga bo`lgan bog`liqligida namoen bo`ladi. Bular ovqatlanishga kiyinishiga uy-joyga maishiy turmush ashyolariga va boshqalarga ehtiyoj sezilishi.

2. Ma’naviy ehtiyoj ma’naviy madaniyatni o`zlashtirib olishda va yaratishda namoyon buladi. Ma’naviy ehtiejlarga o`qish, ilm, san’at, muzika tinglash, kinofil’m, teatr va shu kabilar kiradi. Ixtiyoriy (ongli irodaviy) harakatlarning ixtiyorsiz (ongsiz impul’siv) xatti-harakatlardan asosiy farqi kanday motivlar asosida amalga oshirilganligiga bog`liq. Ehtiyoj asosida odamda faoliyatning motivlari ya’ni muayyan ehtiyojlarni qondirish bilan bog`liq bo`lgan ichki-turtki kuchlar paydo bo`ladi. Shu boisdan motiv odamni faoliyatga undovchi sababdir. Motivlar bir-biridan ehtiyoj turlariga qarab hamda ijtimoiy xarakteriga ega bo`lishiga qarab farqlanadi. Anglash darajasiga qarab esa anglangan qiziqishlar ishonch intilish xavas ideal kabi va anglamagan, mayl, ishqibozliklar bo`lishi mumkin. Odam qandaydir motivlar asosida ma’lum bir faoliyatga kirishar ekan, ko`zlangan maqsadga erishmaguncha harakat kilaveradi. Maqsadga erishilganligidan so`ng faoliyat tugallanadi. Maqsad bu odamning biron ishni bajara turib nimagadir intilishidir.

Faoliyat maqsadi deganda biz ana shu faoliyat oxirida qo`lga kiritiladigan natijani tushunamiz. Faoliyat voqelikka nisbatan faol munosabat bildirishning shunday shaklidirki, u orqali tabiatga, narsalarga, boshqa kishilarga ta’sir ko`rsatadi. Fiziologlar K.Anoxin, N.A.Bernshteyn, U.A.Asratyanlarning tadqiqotlari muskullarining ishi bevosita sa’i harakat vazifalari bilangina emas, balki hamisha sa’i harakat ruy berayotgan shart sharoitlar bilan ham boshqarilishini ko`rsatadi. Sa’yi harakatlarning bajarilishi uzliksiz ravishda nazorat qilib va uning natijalari harakatining maqsadi bilan taqqoslangan holda to`g`irlab boriladi. Sa’yi harakatlarni boshqarish teskari aloqaga binoan amalga oshiriladi. Sezgi a’zolari ana shunday aloqa vositasi, narsalar va sa’i harakatlarning muayyan idrok etiladigan va harakat mo`ljallari, belgilari axborot manbai bo`lib xizmat qiladi. Teskari aloqaning bunday shaklini P.K.Anoxin teskari afferentatsiya deb atadi.

Shunday qilib oshyoviy (yoki boshqa xildagi tashqi) harakatning bajarilishi ma’lum bir sistemaga oid sa’yi-harakatlarni amalga oshirish bilangina cheklanmaydi. Muqarrar ravishda sa’yi-harakatlarning joriy natijalari harakatlar ob’ektining xususiyatlariga muvofiq tarzda sa’yi-harakatlarni sensor (hissiy) nazorat qilishni o`z ichiga oladi. Miyaga tashqi muhitning holati, unda sa’yi - harakatlar qanday ro`y berayotganligi va uning natijalari haqida axborotni etkazib turadigan hissiy arientirlarning o`zlashtirishi ana shu jarayonning negizi hisoblanadi. Bo`lg`usi harakat modellari (sa’yi-harakat programmasi) va uning natijasi maqsadining programmasini miyada ushbu harakatning o`zini oldindan hosil qiladigan andozalarini fizologlar “harakat aktseptori” va oldindan aks ettirishi (P.K.Anoxin) harakatlantiruvchi vazifa va bo`lg`usi ehtiyoj andozasi (N.A.Bernshteyn) zaruriy mohiyatning va “kelajak andozasi” deb atadilar. Rejalashtirish xatti- harakatlari nazorati va boshqaruvchi qator fiziolog, psixologlar tomonidan – P.K.Anoxin, N.A.Bernshteyn, E.Astrotyan va boshqalar tomonidan aniqlangan xatti- harakat qismlari va ularning vazifalarini quyidagi sxemada ko`rish mumkin


Хаtti- hаrаkаt




Моtор (hаrаkаtlаntiruvchi)



Маrkаziy

(аqliy)


0ensor

(сезиш)



Bajarishni amalga oshirish



Regulyatsiya

Nazorat qismi


2- sxema. Xatti - harakat qismlari va ularning asosiy vazifalari
3. Faoliyatning interiorizatsiyasi va ekteriorizatsiyasi haqida tushuncha.

Inson faoliyati ayrim hollarda tashqi tomondan ifodalansa (harakatlarda, yurish-turish va hokazolarda) boshqa hollarda esa u ichki harakatlarga ega bo`ladi. Ana shu nuqtai nazardan sa’yi - harakatlarini ikki turkumga ajratish mumkin: a) tashqi (real, predmetli, jismoniy amaliy, motor) harakatlarga; b) ichki; v) jismoniy, ruhiy, psixik, aqliy, intellektual sa’yi - harakatlar. Tashqi, real (predmetli) sa’yi - harakatlardan ichki, timsoliy, sa’yi-harakatlarga ko`chirilishi o`tish jarayonini interizatsiya (ma’nosi, ichki tarzga aylanish) deb atashadi.

Interiorizatsiya tufayli kishi psixikasi ma’lum bir vaqt ichida uning nazariy e’tiborida bo`lmagan narsalarning timsolida foydalanish qobiliyatiga ega bo`ladi. Akliy amallarning tashqi predmetlari bilan bo`ladigan sa’yi - harakatlar (amallarga) ko`chirilishiga ichki psixik faoliyatning eksteriorizatsiyalashuvi (ma’nosi, ichkini tashqi tarzga aylanish) deb qarash mumkin.

Kishi faoliyatining tashqi (jismoniy) va ichki (psixik) jihatlari chambarchas bog`liqdir. Tashki jihat odam tashqi olamga ta’sir ko`rsatish uchun qiladigan sa’yi-harakatlar motivlashtiruvchi, bilimiga undovi va boshqaruvi ichki psixik faoliyat bilan belgilanadi va yo`naltiriladi.

4. Faoliyatning asosiy turlari. Pedagogik faoliyat xaqida tushuncha.

Faoliyat hamisha kishining boshqa odamlar munosabati sistemasida yuz beradi. U boshqa odamlarning yordami va ishtirokini taqoza etadi, ya’ni birgalikdagi faoliyat xususiyatiga ega bo`ladi.

Faoliyatning quyidagi turlari mavjud:

1. O`yin; 2. Mehnat; 3. Ta’lim.

Bola faoliyatining oddiy shakllarini o`zlashtirish uchun dastlabki shart - sharoitlar tarkib topa boshlaydi. Ulardan birinchisi o`yin faoliyati hisoblanadi. O`yin faoliyati bilan organizmda kuch-quvvat almashinuvi o`rtasidagi bog`lanish o`yinga nisbatan mayillik tug`ilishiga olib keladi.

Tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki, o`yin bolalarda ham o`z faoliyatini ruyobga chiqarish shakli, hayot kechirish va faoliyat ko`rsatish shakli bo`lib xizmat qiladi. Faoliyatga bo`lgan ehtiyoj uning ko`zg`atuvchisi bo`lsa taqlid qilish va tajriba esa manbai hisoblanadi. Faoliyatning alohida turi bola hayotida sodir bo`ladigan vaqt ham etib keladi. Bu maqsadi bevosita muayyan axborotni harakatlarni xulq-atvor shakllarini o`zlashtirishga qaratilgan faoliyatdir. Sub’ektning o`rganishini o`ziga maqsad qilib olgan bunday o`ziga xos faoliyat ta’lim deb ataladi.

Ta’lim quyidagilardan tarkib topadi.

1. Bilim axborotni o`zlashtirilishi.

2. Faoliyatning ana shu barcha turlari tarkib topadigan usullar va harakatlarning o`zlashtirilishi malakadir.

3. Qo`yilgan vazifa va ilgari surilgan maqsadga mos keladigan usullar va jarayonlarni to`g`ri tanlash hamda nazorat qilish uchun ko`rsatilgan axborotdan foydalanish yo`llarining egallanishi-ko`nikmalar hosil qilinishidir.

Shunday qilib, ta’lim kishiining harakatlari muayyan bilimlar malakalar ko`nikmalarni o`zlashtirib olishga qaratilgan ong bilan idora qilingan joydagina yuz beradi.

Ta’lim o`ziga xos insoniy faoliyatdir. Bola faoliyati va xulq - atvorini ularning insoniyat ijtimoiy tajribasini o`zlashtirish sari yo`naltirishdan iborat jarayon o`qitish deb ataladi. Bola shaxsning rivojlanishiga ta’sir ko`rsatadigan jarayon - tarbiya deb ataladi. Mehnat bu ma’lum bir ijtimoiy foydali moddiy va ma’naviy mahsulotni ishlab chiqarishga yo`naltirilgan faoliyat demakdir. Mehnat faoliyati kishining eng etakchi, asosiy faoliyatidir.

Kishilarning mehnat faoliyati o`z mohiyatiga ko`ra ijtimoiy hisoblanadi. U jamiyat extiyojlari bilan shakllanadi, belgilanadi yo`naltiriladi va boshqariladi.

TAYANCH TUSHUNCHALAR

Faoliyat, harakat, sa’yi harakat, faoliyat tuzilishi va uning turlari, faoliyatning interiorizatsiyasi va ekstriorizatsiyasi, pedagogik faoliyat.

1. Faoliyatning ong bilan boshqariladigan ish - harakatlarda ko`rinadigan faolligi.

2. Faollik - ehtiyojlarni qondirishda ko`rinadigan ish - harakatlari majmui

3. Interiorizatsiya - tashki amaliy faoliyatning ichki psixik faoliyatga aylanishi.

4. Eksteriorizatsiya - ichki psixik faoliyatning tashqi amaliy faoliyatga aylanishi.


NAZORAT SAVOLLARI:
1. Faoliyat haqida tushuncha bering

2. Faoliyat tuzilishini nimalar tashkil qiladi?

3. Faoliyat turlarini aytib bering. Etakchi faoliyat haqida xam tushuncha

bering.


4. Faoliyat interiozatsiyasi nima?

5. Faoliyat ekstrorizatsiyasi nima?

6. Faoliyatning psixik jarayonlar bilan bog`liqligini qanday izohlaysiz?

3-MAVZU: MOTIVATSIYA VA EMOTSIYA PSIXOLOGIYASI
REJA:
1. Motiv va motivatsiya haqida tushuncha.

2. Shaxs ustanovkalari.

3. Insonning oliy hislari.

4. Iroda. Iroda xususiyatlari.


1. Motiv va motivatsiya muammosi jahon psixologiyasida turli tuman nuqtai nazaridan yondoshish orqali tadqiq qilib kelinmoqda. Uzoq va yaqin chet ellarda o`ziga xos psixologik maktab vujudga kelgan bo`lib, ularning negizida ilmiy pozitsiyalar va kontseptsiyalar mohiyati jihatidan farqlanuvchi g`oyalar va yo`nalishlar mujassamlashdi.

Rus va sobiq sovet psixologiyasi namoyondalari K.D.Ushinskiy, I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, V.M.Bexterev, A.F.Lazurskiy, A.A.Uxtomskiy, S.V.Rubinshteyn, V.S.Merlin, V.I.Selivanov va boshqalar mazkur muammo yuzasidan tadqiqot ishlari olib borganlar. Bundan tashqari Evropa va Amerika mamlakatlarida motivatsiyaga oid 30 dan ortiq ilmiy kontseptsiyalar mavjuddir.

Insonni xatti-harkati va ma’lum ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq faoliyatga undovchi sababga motiv deyiladi. Odamning faoliyat motivlarini o`rganish shaxsning ma’naviy-psixologik mohiyatini tushunishda muhim ahamiyatga ega. Kishilarning xulq-atvoriga qarab, uning xatti-harakatlarini tahlil qilib, ularning motivlarini aniqlashga intilish lozim. Shunda xatti-harakatlarni odam uchun tasodifiy yoki qonuniy ekanligini anglash mumkin bo`ladi.

Bunday xatti-harakatlarni yana takrorlanishini oldindan ko`ra olish, shaxsiy holatlarning ayrimlarini yuzaga keltirmaslikning oldini olish, boshqalarning taraqqiy etishini qo`llab-quvvatlash mumkin. Ba’zilar mehnatgao`uz ehtiyojlariga ko`ra sidqidildan munosabatda bo`lsalar, ba’zilar o`z burchlarini anlaganliklaridan, yana ba’zilar o`zlarining qobih niyatlariga erishish uchun vaqtincha sun’iy munosabatda bo`ladilar. Motivatsiya- odamni faol faoliyatga undovchi sabablar majmui bo`lib, xulq atvorni psixologik va fiziologik boshqarishning dinamik jarayoni hisoblanib unga tashabbus, yo`nalganlik, tashkilotchilik, qo`llab-quvvatlash kiradi. Motirovka deganda inson xulq atvorini tushuntirish bo`lib, unda «Nima uchun?», «£anday maqsad bilan?», «£anday ma’noda?» kabi savollarning mativatsiyaga bog`liqligidir.

Motivatsiya inson xulq atvori, uning bog`lanishi, yo`nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi.

Psixologiyada motivlashtirish deganda psixologik hodisalarning o`zaro mustaqil bog`langan, lekin bir-biriga to`la mos kelmaydigan nisbatan mustaqil uchta turi tushuniladi; a) Individning ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq bo`lgan faoliyatga undovchi sabablar sifatidagi motivlashtirishdir. Faollik holatini paydo bo`lishini sub’ektiv ehtiyojlarini izohlab beradi. b) Motivlashtirish faollik kimga qaratilgani boshqa xulq-atvor emas, balki xuddi shunaqasi tanlaganligini izohlab beradi. Motivlar xulq-atvor yo`nalishini tanlashni belgilaydigan sabablardir. Bular birgalikda kishi shaxsining yo`nalishini tashkil etadi. v) Kishi axloqi va faoliyatini boshqaradigan vosita hisoblanadi. Bularga emotsiyalar, istaklar, qiziqishlar kiradi. Ustanovkalar - yo`nalish, yo`naltirish ma’nosini anglatib, kishining tevarak atrofdagi odamlarga yoki ob’ektga nisbatan qanday munosabatda bo`lishlarini, ularni idrok qilinishi, sezish, ularga baho berish va qandaydir harakat qilishga tayyorgarligini anglatadigan holatdir. Yo`naltirilgan faoliyat sub’ektning ma’lum vaziyatda faol yo`l topib keta oladigan harakatlari majmuidir. Yo`nalish – tug`ilgan yo`l, maqsad sari shaxsning xatti-harakati va faoliyatini aniq sharoitlardan qat’iy nazar ma’lum yo`lga yo`naltiruvchi barqaror motivlar majmuidir. Ular asosiy, etakchi va bosh ehtiyojlar, qiziqishlar, moyillik, e’tiqod, dunyoqarashlar, yuksak g`oyalar bilan xarakterlanadi.

Har qanday motivlarning orqasida shaxsning ehtiyojlari yotadi. Inson ehtiyojlari, maqsadi, istagi, qiziqishlari shaxsiy holatlardir.

Ehtiyoj - jonli mavjudodning hayot kechirishning konkret shart-sharoitlariga qaramligini ifoda etuvchi va bu shart-sharoitlarga nisbatan uning faolligini vujudga keltiruvchi holatdir. Amerikalik psixologik A.Maslou «Inson ehtiyojlarini ierarxiya» tizimlarini quyidagicha tavsiya etadi:

Motivatsiyaning bir necha psixologik nazariyalari mavjud:

1. Qaror qabul qilish nazariyasida ta’kidlanishicha inson ongi tafakkurga, iroda va xatti harakatni tanlash imkoniyatiga ega. Demak, inson xulqi motivining asosi aql, ong va inson irodasidir.

2. Instinktlar nazariyasida (Z.Freyd, U.Magdugall) – biologizator nuqtai nazari mavjud bo`lib, unga asosan insonga, hayvonlarga xos instinktlar biriktirilgan. XX asrning 20-yillarida instinktlar nazariyasi o`rniga inson xulq atvorini biologik ehtiyojlar bilan bog`lovchi kontseptsiya yuzaga keladi.

3. Xulq atvor motivatsiyasi nazariyasi va oliy nerv faoliyati nazariyasi. XX asr boshida paydo bo`lib, xulq atvor «Stimul – reaktsiya» sxemada ko`rib chiqiladi. I.P.Pavlov va uning izdoshlari N.A.Bernshteyn va P.K.Anoxin xulq atvor dinamikasi funktsional sistemasi modelini ishlab chiqqanlar.

4. Motivatsiyaga kognitiv yondoshuv nazariyasi – inson xulq atvorini tushuntirishda uning ongi va bilimi bilan bog`liq fenomenlarga alohida e’tibor beriladi. qqq5. Faoliyat nazariyasi (A.N.Leont’ev) ga asosan motivlarni yuzaga keltiruvchi kuchlar ehtiyojlardir. Bundan shunday qonuniyat yuzaga keladiki, motivlar rivojlanishi faoliyat kengligining rivojlanishi bilan bog`liq bo`lib, u predmet faoliyatini tashkil etuvchisidir. qqq Insonning emotsional hayoti, uning his-tuyg`ulari, quvonch tashvishi, xunsandchiligi azal-azaldan insonlar e’tiborini o`ziga tortib kelgan. His-tuyg`u nima? Bu - borliqni o`ziga xos aks etishi bo`lib unda insonning olamga sub’ektiv munosabati aks etadi. His tuyg`u psixik jarayon bo`lib bunda insonni borliqqa o`zining shaxsiy ichki sub’ektiv munosabatini aks etadi. Emotsiyalar - lotincha so`zdan olingan (emovere) to`lqinlashtirish ma’nosiga ega. Ichki yoki tashqi qo`zgatuvchilar ta’siriga sub’ektiv holatda ifodalovchi javob reaktsiyasidir. Ya’ni hissiyot – tashqi olamdagi narsa va hodisalarga nisbatan bo`lgan munosobatlarimizning va munosobatlarimizdan hosil bo`ladigan ichki kechinmalarimizning ongimizda aks ettirishdir. Hissiyot o`ziga xos aks ettirish jarayoni bo`lib, bunda narsa va hodisalarning bevosita emas, balki shu narsalarning aks ettirish jarayonidan hosil bo`ladigan ichki kechinmalari va munosobatlari aks ettiriladi. His tuyg`u psixik jarayongina bo`lib qolmay psixik holat hamdir. U xususiyat bilan xarakterlanadi. His- tuyg`uni yuzaga keltiruvchi sabab stimullardir. Faoliga ko`ra hislar stenik (kuchlik) va astenik (kuchsiz) turlarga bo`linadi. Hislar tashqi jihatdan nomoyon bo`lib ular xatti – harakatlarida, yuzda namoyon buladi. Uning tashki ifodalanishi ekspressiya deb ataladi. Ekspressiya bu – hislarning spesifik namoyon bulishi bulib, u ovozda, mimika, pontomimika, yurishda, yogi va kulguda namoyon bo`ladi.

Hislar mazmuniga va qo`zgaluvchanliga qarab bo`linadi: kuchi, tezligi barqarorligiga ko`ra quyidagi emotsional holatlar ajratiladi. Kayfiyat, ko`tarinkilik. Kuchli xohish istak, affekt, stress.

Hislar mazmuniga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi: axloqiy hislar, intelektual hislar, estetik hislar, proksis hislar. Emotsional holatlarga bog`lik bir necha nazariyalar mavjud. Ulardan biri Djeyms- Lange va ikkinchisi Kennon – Bart nazariyalaridir.

Hissiyotlar o`zining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari, qiziqishlari va intilishlari bilan bog`liq bo`ladi.

Hissiet olamida sodir bo`layotgan narsalardan shaxs sifatidagi odam uchun ahamiyatli bo`lganlari haqida darak beruvchi signallar sistemasi hisoblanadi. Ma’lum qo`zg`alishlar odam uchun xotirjamlik yoki notinchlik haqidagi fikrlarga aylanadi. Ifodalangan xatti-harakat (mimika va pantomimika) signal funktsiyasini bajaradi. Ular odamning kechinmalarini boyitadi, yorqinlashtiradi va boshqa odamlarning idrok kelishini engillashtiradi.

Hissiyot olamda sodir bo`layotgan narsalardan shaxs sifatidagi odam uchun ahamiyatli bo`lganlari haqida darak beruvchi signallar sistemasi hisoblanadi. Ma’lum qo`zg`alishlar odam uchun xotirjamlik haqidagi signalga aylanadi. Hissiyotlarning boshqaruvchanlik funktsiyasi shunda namoyon bo`ladiki, barqaror kechinmalar bizning xulqimizni yo`naltiradi va qarama-qarshiliklarni engishga undaydi. Emotsiyalarni boshqaruvchi mexanizmi kuchli emotsional qo`zg`alishni kamaytiradi. Odamlarning hayotida bo`ladigan qayg`u, kulfat kabi psixik holatlar xaflidir. Odam ularni boshqarishi lozim.

Yuqorida bayon etib o`tilganidek hissiyotlarini ifodalanishi ma’lum sinallar vazifasini o`taydi.

Hissiyot 3 turga bo`linadi: 1) axloqiy hislar; 2) intellektual hislar; 3) estetik hislar.

Axloqiy hislar - shaxsning, odamlarning va o`zini xulq - atvoriga emotsional munosabatida ifodalanadi. Shaxs bu hislarni kechirar ekan, ijtimoiy axloqiy printsiplari va normalariga asoslanib, boshqa odamlarning xatti-harakatlariga yoki psixik xususiyatlariga ham e’tibor beradi, namoyon etadi. Intellektual hislar aqliy faoliyat jarayonida hosil bo`ladigan kechinmalarga aytiladi. Ushbu hislar haqqoniy fikrlarga, soxta, ajablanarli, shubhali yoki tushunib bo`lmaydigan, hayratda qoldiradigan fikrlarga bo`lgan munosabatlari ifodalanadi. Intellektual hislarga ajablanishini kiritish mumkin. Ajablanish inson bilish faoliyatining ajralmas tomonidir. Ajablangan va qandaydir tushunib bo`lmagan hayratda qoldiradigan narsaga qaratish odamning bilish ehtiyojlarini qondirishga intilishdir. Ajablanish odamning bilish bilan bog`liq faoliyatini yuzaga keltirishga undovchi omillardan biridir.

Estetik hislar: go`zallikni idrok qilish, zavqlanish, go`zallikni yaratishdan iborat bo`lishi mumkin. Estetik his hamma odamga xos bo`lgan hissiyotdir. Estetik hislarni yuzaga keltiruvchi manbaalar juda ko`p va xilma xildir.

4. Iroda odamning biror maqsad yo`lida ongli ravishda kiyinchiliklarni bartaraf qilishga qaratilgan xatti- harakatlardir. Irodaviy faoliyatda odam o`zini idora qiladi, xususiy ixtiyorsiz impul’slarni nazorat qiladi. Iroda tormozlovchi va boshqaruvchi mexanizmlarga ega. Xulqni irodaviy boshqarishi-ongli ravishda aqliy va jismoniy kuchni maqsadga erishishga qaratilishi yoki aktivlikdan o`zini ushlab turishidir. Iroda aktiv maqsadni anglash, qarorga kelish, rejalashtirish, bajarish, irodaviy zo`r berish kabi murakkab mexanizmdan iboratdir. Iroda ikkita funktsiyani bajaradi: qo`zg`alanuvchanlik va tormozlash. Insonni psixik boshqaruvchanligining buzilishi abulie deb ataladi. Iroda turlari quyidagilardan iborat. Oddiy irodaviy akt, murakkab irodaviy jarayon va ekstermal holatlar bilan bog`liq irodaviy jarayon. Oddiy irodaviy jarayon bu maqsadni aniqlash va darhol vazifani echish. Murakkab irodaviy jarayon quyidagi tizimga ega: 1. Intilishni anglash; 2. Maqsad va vositalarni tanlash; 3. Qaror qabul qilish; 4. Qarorni bajarish va ijro etish; V.M.Selevanov irodani inson xulq atvorini ongli bajarilishi deb tushuntiradi va uni oldindan ko`ra olish va tashqi to`siqlarni engishda ifodalaydi. Shaxsning irodaviy sifatlariga:

a) mustaqillik;

b) qat’iylik;

v) dadillik;

g) o`zini tuta olishlik kiradi.

Iroda va irodaviy sifatlar sekin-asta organizmning o`sishi natijasida taraqqiy etish imkoniyatiga ega bo`ladi. O`quvchilar irodasini tarbiyalashda kattalar va o`qituvchilar tug`ri talab qo`yishlari, bajarilishi nazorat qilib bajarishlari uyushgan tartibda ma’lum maqsad sari intilmoqlari zarur. Ana shunday tarzda irodani taraqqiy ettirish mumkin. Xulosa: Insonni anglanilgan, maqsadli, ongli faoliyatga, xatti - harakatga undovchi sabablar majmui motivatsiyadir. Ushbu mavzuni ahamiyatli jihati shundaki, odamning faoliyat motivlarini o`rganish, shaxsning ma’naviy-psixologik mohiyatini tushunishga yordam beradi. His-tuyg`ular odam uchun ahamiyatli bo`lgan narsalar haqida darak beruvchi signallar hisoblanib, xotirjamligi va notinchligi borasida ma’lumotga ega bo`lish imkonini beradi. Estetik, axloqiy, intellektual hislar shaxsni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


TAYNCH TUSHUNCHALAR


  1. Motiv - inson xulq atvorining ichki barqarorligidir.

  2. Motivatsiya – xulq atvorni psixologik va fiziologik boshqarishning dinamik jarayoni.

  3. His-tuyg`u – psixik jarayon bo`lib, unda insonning borliqqa o`zining shaxsiy ichki sub’ektiv munosabatini aks ettirishdir.

  4. Emotsiya – oddiy psixik holat va ehtiyojlarni qondirish jarayonida mavjud bo`ladi.

  5. Irodaviy akt - harakatlar, intilishlar bilan uzviy bog`liq.

  6. Abuliya – insonning psixiy boshqaruvchanligini buzilishi.

  7. Negavitizm – insonni boshqa inchonlarga nisbatan qarshiligi. Maslahatlarni ochiq tan olmasligi.


NAZORAT SAVOLLARI

  1. Motiv, motvatsiya, motirovka tushunchalarini izohlang.

  2. A.Maslouning inson ehtiyojlari ierarxiyasini tushuntiring.

  3. Motivatsiyaning qanday nazariyalarini bilasiz?

  4. His-tuyg`u va uning turlari haqida tushuncha bering.

  5. His-tuyg`uning fiziologik asosi nimadan iborat?

  6. Iroda nima?

  7. Iroda sifatlari haqida ma’lumot bering.



4-MAVZU: SHAXS PSIXOLOGIYASI
REJA:

  1. Psixologiyada shaxs tushunchasi

  2. Shaxsning tuzilishi, tarkib topishi

  3. Shaxs faoliyatining yo`nalishi

  4. Shaxsni shakllanishida o`z-o`ziga baho berish.

  5. Shaxs taraqqiyotini harakatga keltiruvchi kuchlar

  6. O`quvchi shaxsni o`rganish metodlari

1. Insonning shaxs sifatida tarkib topishi, unga ta’sir etuvchi omillar, uning mexanizmlari haqida psixologiya fani aniq ma’lumotlarga ega. Jamiyat taraqqiyotida bosh omil hisoblanuvchi, shu jamiyatning rivojlantiruvchisi bo`lib hisoblanuvchi inson odam sifatida dunyoga keladi. Uning shakllanishi o`ziga xos xususiyatlari u yashab turgan jamiyatda tarbiyalanadi, yuz beradi. Odam insoniyat vakili sifatida baholanuvchi termin bilan xarakterlanadi. Hamma odamlar, u yangi tug`ilgan yoki katta, sog`lom yoki kasal bulsa ham, uning sifatlari va xususiyatlaridan qat’iy nazar individ deb ataladi. “Individ” tushunchasida odamning nasl-nasabi mujassamlashgandir. Demak, individ qachonki, ongli ravishda va maqsad sari ma’lum bir faoliyatda atrof-muhitni anglasa va yaratuvchanlik hissasini qo`shsa, uni sub’ekt deb atash mumkin bo`ladi. Ammo ayrim faoliyatda ishtirok etuvchi individ hamma vaqt shu faoliyatning sub’ekti bo`la olmaydi, chunki har doim ham individ bajarayotgan xatti- harakatini anglamaydi va ularni maqsadga qaratilgan holda amalga oshirmasligi mumkin. Har bir individ takrorlanmas sotsial fazilatlarini o`zida mujassamlashtirgandagina u shaxs bo`lib etishadi. Shaxs bu - ongga ega bo`lgan ijtimoiy – iqtisodiy formatsiyada yashab ongli faoliyat bilan shug`illanuvchi odam individdir. Psixologiyada individ tomonidan amaliy faoliyat va munosobat jarayonida hosil qilinadigan hamda ijtimoiy munosabatlarning individga ta’sir o`tkazish darajasi va sifatli belgilaydigan sistemali tarzdagi sotsial fazilat shaxs tushunchasi bilan ifoda etiladi.

“Shaxs” va “individ” tushunchalari haqida etakchi rus psixologlari B.G.Ananaev, A.N.Leont’ev, B.F.Lomov, S.YA.Rubinshteyn kabilar o`z tadqiqotlarida alohida to`xtalganlar. A.N.Leont’ev shaxsan individ tomonidan egallab olingan alohida fazilat, inson munosabatlari to`lqinidagi sistemali “g`ayrihissiy” fazilatlar egasi ekanligini ta’kidlagan. Shaxs sifatida kamolga erishmagan individ bo`ladi. Bunga hayvonlar orasida tarbiyalangan bolalarni misol kilishimiz mumkin. Ammo individni shaxsga aylanishida qanday omillar mavjud. Rus psixologi S.L.Rubinshteyn: odam o`zidagi takrorlanmas xususiyatlariga ko`ra individualdir. Uni o`z atrofidagilariga, borliqqa bo`lgan ongli munosabati, biror faoliyat bilan shug`illanishi uning shaxs ekanligidan dalolat beradi.

Individ bo`lib tug`ilgan insonni shaxsga aylanishi uchun nimalar zarur?



  1. Ijtimoiylik

  2. Ongga ega bulish

  3. faollik

4) insonni falollikga undovchi narsa ehtiyojdir.

Shaxs tushunchasiga psixolog olimlar tomonidan berilgan qator (50 ga yaqin) tavsiflar mavjud. Shulardan quyidagilarni keltiramiz:

«Shaxs- ijtimoiy munosabatlarning sub’ekti va ob’ektidir» (A.G.Kovalyov).

«Shaxs individlararo munosabatlarning sub’ekti sifatida» (A.V.Petrovskiy)

«Shaxs - jamiyatda o`z o`rnini anglovchi faoliyatga qodir a’zosidir» (K.K.Platonov)

«Shaxs faoliyat sub’ektidir» (A.N. Leontev)

Juda ko`plab ta’rif va tushunchalar orasida Amerikalik psixolog G. Ollportning ta’rifi e’tiborga loyiqdir: «Shaxs bu hayot jarayonida shakllanuvchi individual o`ziga xos psixo fiziologik tizimlar shaxs xususiyatlari yig`indisi bo`lib, u asosida ushbu insonga xos tafakkur va xulq - atvor yuzaga keladi».

Shundayqkilib, shaxs bu jamiyat a’zosi bo`lib u individning psixofiziologik tizimining dinamik tashkil etuvchisi bo`lib bu uning xatti - harakati va tafakkurini belgilab beradi. Individuallik bu insonning o`ziga xos individual xususiyatlari bo`lib ular asosida insonlar bir biridan farq qiladilar. «Individuallik – bu o`ziga xoslikga ega bo`lgan shaxsdir» (Kovolyov)

2. Shaxsning tuzilishi, shakllanishi, tarkib topishda u yashayotgan muhitning kishilik jamiyatining roli juda kattadir. Tashki muhit inson shaxsining tarkib topishda muhim ahamiyatga ega. Birinchidan, ijtimoiy muhitdagi turli hodisalar odamning ongiga bevosita ta’sir qilib, unda chuqur iz qoldiradi. Ikkinchidan, tashqi ijtimoiy muhim ta’sirining chqkurroq va mustahkamroq bo`lishiga odamning o`zi yordam beradi. Ayrim g`ayritabiiy hodisalar inson shaxsining tarkib topishida tashqi muhit ta’sirining hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini to`la tasdiqlaydi. Tasodifan odam bolalarning yovvoyi hayvonlar muhitiga tushib qolish hodisasi nazarda tutilgan. A.G.Asmolov: “Tarixiy-evolyutsion yo`nalish targ`ibotchisi sifatida shaxs rivojlanishida 2 ta omil; a) nasliy; b) ijtimoiy omillar muhim hisoblanishi ta’kidlangan. Shuningdek, shaxsni hayotdagi maqsadi - yashash uchun xayotdagi me’yoriy tenglikni saqlash bo`lib, uning individual xususiyatlari bir butunlikda shaxs tuzilishini tashkil etadi. Shaxsni tuzilishini va uni yuzaga kelishini bilmasdan turib usib kelayotgan inson shaxsini proektlashtirish va diagnostika qilish, shakllanishi uchun eng maqbul sharoit, samarali yo`llarini aniqlab olish qiyin masaladir. Inson shaxsi yuqorida ta’kidlab o`tkanimizdek, o`zini o`rab turgan narsalar va ijtimoiy muhit bilan faol munosobat jarayonida tarkib topadi. Odamning ontogenetik tarraqqiyoti va shaxsning tarkib bo`lishida biologik va ijtimoiy omillar o`zaro munosabatga kirishib, tashqi ta’sir effektini ta’minlovchi kuchli ichki sharoitni yuzaga keltiradilar.

Ana shunday sharoitlarda odamning anatomik fiziologik layoqatlari shunchaki o`zini oshkor qilib qolmay, balki shaxs faoliyati sifatidagi odamning psixik faoliyati va nisbatan mustahkam psixik xususiyatlar va ularning sistemalarini ta’minlab, neyrodinamik va sensor-pertseptiv organlarning ma’lum funktsional ahamiyatiga ega o`ulgan mexanizmlari tarzida taraqqiy etadi, o`zgaradi va tarkib topadi.

Shaxs strukturasiga psixik jarayonlar, psixik holatlar, tabiiy va ijtimoiy o`zaro bog`liq xususiyatlar kiradi.

A.V.Petrovskiy shaxs 3 ta tarkibiy strukturasini ajratdi:

1. Individning ichki tuzilmasi (Intraindividlik) – u insonni temperamenti, xarakteri, qobiliyatini tuzilishida o`z aksini topib, u zarur, lekin shaxs psixologiyasini bilish uchun etarli emas.

2. Shaxsni real mavjud bo`lishi uchun uni predmetlar bilan faoliyat jarayondagi munosabatini o`z ichiga olib, insonni ma’lum xarakteristikalarini fazoda individni organik tanasidan tashqarida izlash lozim bo`lib, u shaxsning interindivid tuzilmasini tashkil qiladi.

3. Individ usti (metaindivid) tuzilma markazida insonni faoliyat jarayonida insonlardan muloqat jarayonida boshqalarga ta’sir va boshqalardan olinadigan ta’siri sifatida namoyon bo`lib, u persona ravishda namoyon bo`ladi. A.V.Petrovskiy o`z strukturasiga 3 tuzilmani kiritgan. Bu shaxs individualligi, uni shaxslararo munosabatlarda namoyon bo`lishi va boshqa insonlargan ta’sir eta olishi bo`lib, shaxs doimo shu uchlikda namoyon bo`lishi va individlararo, ijtimoiy munosabatlar sub’ekti sifatida mavjud bo`lishi lozim.

S.L.Rubeshteyn bo`yicha shaxs strukturasi quyidagi ko`rinishga ega:


Ehtiyojlar, qiziqishlar, ideal, e’tiqod, etakchi motivlar, xulq-atvor va dunyoqarashda namoyon bo´ladi.


Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə