Yaratilgan: Ангрен 2005 йил. Kategoriya: Педагогика Bo'lim



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə8/9
tarix14.06.2018
ölçüsü0,66 Mb.
#48544
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Reproduktiv tafakkur. – bu standart tafakkur bo`lib, unda qayta mashqlar asosida egallangan usullardan masalani echishda foydalanadi.

Ijodiy tafakkur - yangilikni ochib bilan bog`liqdir. Tafakkur turlari ta’lim xarakteriga bog`liqdir.


Ta’lim turi

Ta’lim oluvchi nima qiladi

Qanday tafakkur turi shakllanadi

Algoritmik ta’lim

Darslik yoki o`qituvchidan nusxa olinadi

Standart reproduktiv tafakkur

Tushuntiruvchi-ifodalovchi, yo`naltiruvchi

Yarim mustaqil fikrlash, ya’ni o`quv materiallarini o`zlashtirish

Reproduktiv, yarim mustaqil tafakkur



Reproduktiv, yarim mustaqil tafakkur

Muammoli izlanish

Mustaqil ravishda yangi tushunchalarni sintez qilish

Produktiv tafakkur

Hozirgi buyuk islohatlar amalga oshirilayotgan O`zbekiston sharoitida mustaqil fikrlovchi yoshlarning bo`lishi davr taqqozasi bo`lib, shaxsiy dunyoqarashga ega bo`lgan insonlargina, jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi ko`plab loyihalarni ishlab chiqishga qodir bo`ladilar.

Prezidentimiz siyosatining bosh omillaridan biri ham teran fikrlovchi, o`z mustaqil dunyoqarashiga ega bo`lgan iqtidorli shaxslarni kamol toptirish va tarbiyalashdir. Mustaqil fikrlash bir qarashda shaxsning individual xususiyati bo`lsada, bu xususiyat xamiyatda, insonlar o`rtasidagi munosabatlar muhiti yaxshi bo`lganda rivojlanadi.

Fikrlashni bilish bu insonning aqlidir. Aqlning quyidagi sifatlarini ajratish mumkin:



  1. Mazmundorlik

  2. Fikrlash kengligi, fikrlashning kengligi va chuqurligi nazariya va amaliyotning uzviyligiga bog`liqdir.

  3. Fikrlashning mustaqilligi

  4. Aqliy tashabbuskorligi

  5. Aqlning tanqidiyligi, o`z ishini aniq baholay olish.

  6. Fikrning ketma-ketligi

  7. Tafakkurning tezligi

Ijodiy ishda fikrlashning mustaqilligi va tanqidiyligi zarur bo`lib, u aqliy faoliyatning produktivligini ta’minlaydi.

5. Kismlardan rasm hosil qilish metodikasi A.N.Bernshteyn (1911) tomonidan taklif etilgan bo`lib, tafakkur xususiyatlarini, rasmning yaxlitligini tahlil qila olish, uning ba’zi qismlari ketma-ketligini o`rnata olish qobiliyatini o`rganishga mo`ljallangan.

Guruhlar bo`yicha klassifikatsiya qilish metodikasi birinchi marta K.Goldstein (1920) tomonidan taklif etilgan bo`lib, keyinchalik L.S.Vigotskiy (1934) va B.G.Zeygornik (1958) tomonidan o`zgartirilgan. Metodika umumlashtirish va mavhumlashtirish jarayonlari darajasini o`rganish uchun qo`llaniladi.

Ortiqchasini o`chirish metodikasi umumlashtirish va chalg`ish, muhim belgini ajratish kabi tafakkur jarayonlari darajasini o`rgatish uchun qo`llaniladi.

Muhim belgini ajratish metodikasi tafakkur xususiyatlarini, predmetlarning muhim belgilarini ajratish qobiliyatini tekshirishda foydalaniladi.

Bolalarda tushunchali tafakkur xususiyatlarini o`rganish uchun L.S.Vigotskiy va L.S.Saxarov (1930) metodikasining o`zgartirilgan usulini (A.V.Govorkova) qo`llash mumkin. Bu metodika yordamida bolaning maqsadga yo`naltirilgan va ketma-ket xarakterlarni bajara olish qobiliyati, bir necha yo`nalishda tahlil qila olish qobiliyati aniqlanadi.

Intellektni tekshirishning eng keng tarqalgan metodlaridan biri amerikalik psixolog va psixiatr D.Wechsler (1949) tomonidan ishlab chiqilgan bolalar intellektini o`lchash shkalasidir. Bu metodikaga 1974 yilda so`nggi marta 5 yoshdan 15 yoshgacha bo`lgan bolalarni tekshirish uchun o`zgartirishlar kiritildi.

Maktab aqliy taraqqiyoti testi metodikasi M.K.Akimova, E.M.Borisova, V.T.Kozlova, G.P.Loginovalar tomonidan ishlab chiqilgan bo`lib, o`smirlarning intellektual taraqqiyoti darajasini aniqlashga mo`ljallangan.

Hikoyada tushurib qoldirilgan so`zlarni to`ldirish metodikasi H.Ebinjhaus (1891) tomonidan taklif etilgan bo`lib, nutq rivojlanish xususiyatlarini 10 yoshdan katta bolalarda assotsiativ jarayonlarni o`rganishda qo`llaniladi.
TAYANCH TUSHUNCHALAR


  1. Analiz va sintez. Analiz bir butunni fikran yoki amaliy ravishda tarkibiy qismlarga ajratish, sintez bo`laklardan butunga qarata fikr yuritish.

  2. Taqqoslash - narsa va hodisalarni o`zaro solishtirish orqali ular o`rtasidagi o`xshashlik va tafakkurlarni ajratish.

  3. Mavhumlashtirish abstraktsiya-narsa yoki hodisalarning belgi xususiyatlarini ajratib olib fikr yuritish.



NAZORAT SAVOLLARI.

  1. Tafakkur haqida tushuncha.

  2. Tafakkur jarayonlarini aytib bering.

  3. Tafakkur turlarini aytib bering.

  4. Fikr yuritishning qanday formalari mavjud?

  5. Nazariy va amaliy tafakkur xususiyatlarini aytib bering.

  6. Tafakkur bilan nutqning bog`liqligini ko`rsatib aytib bering.

  1. Tafakkurning qanday individual xususiyatlari mavjud?

  2. Mustaqil fikrlash deganda nimani tushunasiz?



9 - MAVZU: X A YO L
R E J A:
1. Xayol haqida tushuncha.

2. Xayolning ijtimoiy tabiati, fiziologik mexanizmlari.

3. Xayol jarayonlari va turlari.

4. Bolalarda xayolni rivojlantirilishi.


1. Insonlr borliqni anglab, unda yuz berayotgan narsalarni qabul qilib, qolibgina qolmay o`ni o`zgartirishga ham harakat qiladi. Borliqni amaliyotda o`zgartira olishni bilish bilan birga xayolni ham o`zgartira bilish lozim.

Xael ong faoliyati bo`lib, mavjud tasavvurlar orqali yangi, hayotda mavjud bo`lmagan obrazlar, ob’ektlarni yaratishdir. Xayolning funktsiyasi – o`tgan tajriba natijalarini qayta ishlashdir. Hech narsasiz xayol mavjud bo`lishi va yaratilishi mumkin emas. Ushbu tasavvurlar xotiradan farq qiladi va xayol tasavvurlari deb ataladi. Xayol eki fantaziya, tafakkur kabi, yuksak bilish jarayonlari qatoriga kirib, kishining o`ziga xos insoniy xarakterga ega bo`lgan faoliyatlarida namayon bo`ladi. Mehnatning tayer natijasini xayolga keltirmay turib, ishga kirishib bo`lmaydi. Istalgan mehnat jarayoni xayolni uz ichiga qamrab oladi. Xayol inson ijodiy faoliyatining zarur elementi bo`lib, mehnatning oxirigi va oraliq mahsulotlarida o`z ifodasini topadi, shuningdek problemali vaziyat noaniqlik ko`rsatgan hollarda xulq atvor programmasini tuzishni ta’minlaydi. Xayolning psixik jarayon sifatidagi birinchi va muhim vazifasi shundan iboratki, u mehnatni boshlamasdan oldin uni natijasini tasavvur qilish imkoniyatini beradi. Binobarin, xayol odamga faoliyat jarayonida mehnat mahsulotlarining oxirgi yoki oraliq psixik modellarini hosil qilish yo`li bilan yo`l-yo`riq ko`rsatadi. Bu esa mehnat mahsulotlarining narsalar sifatida gavdalanishiga yordam beradi. Xayolning qimmati shundan iboratki, u hatto tafakkur uchun kerak bo`lgan to`la va zarur bilimlar bo`lmagan joyda ham biror qarorga kelish hamda muammoli vaziyatdan chiqish imkonini beradi.

Demak, biz ilgari idrok qilmagan predmet va hodisalarni yaratishdan iborat bo`lgan psixik jarayon xayol deb ataladi.

Xayolni ko`pincha fantaziya deb ataydilar, xolbuki, ba’zan “fantaziya” degan so`z bilan haqiqiy hayotda kam aloqador bo`lgan tushunchadir. Xayolning boyligi idrok qilish ko`nikmasiga, predmetlar va hodisalarning obrazlarini kuzatishi va xotirada saqlab qolishga bog`liq bo`lib, ular keyinchalik qayta ishlab chiqiladi. Bu jarayonda tafakkur muhim rol’ o`ynaydi. Tafakkur fantaziya natijalariga tuzatish kiritadi. Uni tanqidiy baholaydi. His tuyg`ular ham xayolga ta’sir ko`rsatadi, ular ko`p jihatdan xayolga bog`liq bo`ladi. Nihoyat, kishining xayoli bilan yaratilgan ijodiy niyatlarini amalga oshirish uchun iroda zarur bo`ladi.

2. Xayolning nerv fiziologik asoslari inson ongida yotgan ilgari mavjud bo`lgan bog`liqliklarni vaqt bog`liqliklari asosida qayta ishlash va yangi birikmalarini yaratishdir.

Hayot timsollarining paydo bo`lishi kishi miyasi faoliyatining natijasidir. Xayol boshqa hamma psixik jarayonlar kabi katta yarim sharlar po`stloq qismining funktsiyasi hisoblanadi. Xayol qiladigan kishida miya hujayralari yangicha bog`lanadi. Xayolning fiziologik mexanizmi faqat miya po`stlog`i bilan emas balki, miyaning chuqurroq qismlari bilan bog`liq. So`nggi o`tkazilgan tadqiqotlar buni to`g`riligini isbotladi.

Fantaziya timsollarining tarkib topishi va ularning faoliyat jarayonlariga qo`shishga miya yarim sharlari po`stlog`i bilan birga qatnashuvchi miyaning ana shunday chuqur qismlari gipotalam-limbik (uning qadimsgi po`stloq va po`stoq osti qismlari bilan bog`lanishi miya yarim sharlarga chiqaverishda oldingi qismi atrofida «limb» yoki chegara hosil bo`ladi) sistemadir. Eksprimentlardan shu narsa aniqlagandiki, gipotalam - limbik sistema zararlanganda, kishi psixikasida o`ziga xos buzilishi sodir bo`ladi: odamning xatti-harakatlari guyo ma’lum programma bilan boshqarilayotgan va bir biri bilan bog`lanmagan alohida-alohida shu bilan birga o`z-o`ziga etarli darajada murakkab va bir butun harakatlardan iboratdek tasavvur tug`iladi. Psixik faoliyatning ayrim buzilishlari ham o`zining kelib chiqishi jihatdan haddan tashqari ta’sirlanuvchan va tetik xayolga bog`liqdir. Shunday hollar ma’lumki, vrachning ehtiyotsizlik bilan aytgan ta’sirida davolanishga kelgan kishi og`ir kasallik bilan og`rib qolgan bo`lsam kerak deb xayoldan o`tkazadi va unda bu kasallikning tegishli alomatlari rivojlana boshlaydi Yatrogen deb ataladigan kasalliklar yuzaga keladi. Ijodiy xayol obrazlarni (albatta ilgari idroklar asosida) mustaqil ravishda yaratishdan iboratdir. Bu xayol kishining ijodiy faoliyati bilan bog`langan. Xayolning bu turi esga tushiradigan xayoldan murakkabroqdir. Har bir yangi orginal narsalarni o`ylab yaratish bilan bog`liq bo`lgan har qanday kishining faoliyatini ijodiy xayolsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Xayolning analitik sintetik faoliyati.

Xayolning fiziologik asosi miyaning katta yarim sharlar po`stlog`ida ilgari hosil bo`lgan muvaqqat bog`lanishlar o`rtasida yangi birikmalarning paydo bo`lishidir. Avvalgi bog`lanishlarning tiklanishi bu xotira jarayonlaridir. Xayolning ishlashi uchun bu bog`lanishlarning miya po`stlog`ida hali mavjud bo`lmagan lekin u erda bor bo`lgan qo`zg`alishlarning qoldiqlaridan tashkil topadigan birikmani yangi sistemalari vujudga kelishi zarur. Xayol ikkala signal sistemasining faoliyati bilan mustahkam bog`langan. Agar kishi tegishli sezgilar idroklarga ega bo`lgan atrofdagi voqiylikning dastlabki signallarini oldini olgan taqdirdagina unda narsa va hodisalar to`g`risida obrazlar, tasavvurlar hosil bo`lishi mumkin. Og`zaki va yozma nutq ikkinchi signal sistemasi ham xayol uchun ko`p material beradi. Xayol shaxsning irodaviy sifatlari bilan bog`liq uning foydasi yoki zarari ko`p jihatdan xayol surish jarayonlari kishining ongi tomonidan qanchalik nazorat qilinishiga bog`liq bo`ladi.

3. XAYOLNING TURLARI

Boshqa psixologik jarayonlar singari xayol ham ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo`ladi. Ixtiyoriy xayol qandaydir ijodiy mehnat bilan band bo`lgan kishi o`z xayolini ishlashga majbur qilganda ro`y beradi. Bu hol badiiy asarlarni yaratish jarayonida, ixtirochi, konstruktorning faoliyatida va hatto qilayotgan narsani o`ylab ko`rish va yaxshi tasavvur qilish zarur bo`lgan oddiy ishda ham yuz beradi. Ixtiyorsiz xayol kishining oldiga hech qanday vazifa turmagan vaqtda, lekin u beixtiyor ravishda orzu qilib, xayol sura boshlagan paytda bo`ladi. Ba’zan bu jarayonlar shirin orzu xarakteriga ega bo`ladi va ongning to`liq nazorati ostida tarkib topmaydi. Xayolning ixtiyorsiz faoliyatiga tush ko`rish ham kiradi.



Tushlar – uyquda yuzaga keladigan ixtiyorsiz obrazlar bo`lib, ular tez unitilishi yoki uzoq muddatga saqlanishi mumkin.

Orzu – inson ongidagi real va noreal tasavvurlar bilan bog`liqdir.

Aktiv xayol – insonning hayotiy rejalarini, xohish – istaklarini amalga oshirishda o`z aksini topadi. Masalan: yangi avtomabil yaratish, GESS qurilishi rejasini tuzish shularga misoldir. Reproduktiv xayolda aniq real vazifani amalga oshirish maqsad qilib qo`yiladi. Unda fantaziya elementlari mavjud bo`ladi.

Produktiv (ijodiy) xayol - bizning tajribamizda mavjud bo`lmagan obraz va ob’ektlarni yaratish bilan bog`liq bo`lgan xayol turidir. Masalan: Ixtirochi, yozuvchi yangi narsa yaratadi.

Ijodiy xayol - san’atning barcha turlarida ifodalanadi va aks etadi.

Tasavvur xayoli deb hozir yoki o`tmishda aslida bo`lgan bo`lsada, lekin bizning tajribamizda hali uchramagan va biz idrok qilmagan narsa va hodisalar to`g`risida tasavvur va obrazlar yaratishdan iborat bo`lgan xayol turiga aytiladi.

Xayol jarayoni natijasida xayol obrazlari yuzaga keladi. Ular ertak, ilmiy fantastik, mistik bo`lishi mumkin. Badiiy obraz yaratilish jarayoni ma’lum texnologiyaga ega bo`lib, avval obrazga asos solinadi keyin u ustida analitik ish olib boriladi, so`ng g`oya amalga oshiriladi.

Ijodiy xayolda ruhlanish, ilhomning roli juda katta bo`lib, u psixik va nerv qo`zg`alishi, diqqatni maksimal to`plash, irodaga zo`r berish, fikrni aniqligi, xotirani tezligi bilan ifodalanadi. Real xayol tez amalga oshadi. Real bo`lmagan xayol hayotda o`z aksini topmaydigan, mantiqsiz, ma’nosiz obrazlar hisoblanadi. Obrazlarning mustakilligi va orginalligiga karab esga tushiradigan xayol buladi. Esga tushiradigan xael boshkalar tomonidan bajarilgan tasvirlashlar eki aks ettirishlar asosida paydo buladi. Biz kitob ukir ekanmiz, tabiat manzarasini tasavvur kilamiz, avtor tasavvur kilaetgan kishilarni fikran kuramiz. Esga tushiradigan xael xaetda, mexnatda va ukuv ishlarida zarurdir.

4. Xayol insonning barcha faoliyat turlarida (o`yin, o`qish, mehnat) muhim ahamiyatga ega.

Xayolning o`ziga xos faoliyati xotira tasavvurlarini tahlil va sintezda namoyon bo`ladi. Xayolning jarayonlariga agglyutinatsiya, aksentirlash, sxematizatsiya, tipiklashtirish kiradi.

Agglyutinatsiya – bir necha predmetlarni qismlarini alohida bir yagona obrazda birlashtirish (yopishtirish) dir (Suv pari - boshi, tanasi, ayol, dumi baliq, sochi suv o`tlari).

Xayolning murakkab xususiyatlari adabiy obrazlarni yaratishda aks etadi. Xayol jarayonida xotira tasavvurlari kattalashtirish yoki kichiklashtirishda, predmet qismlarini ko`paytirishda ifodalanishi mumkin.



Aksentirlashtirish – u yoki bu xususiyatlarga urg`u berish orqali yangi obrazlarni yaratish.

Sxemalashtirish - biror bir obrazlarni tasvirlashda umumiy bosh xususiyatlarga to`xtalish.

Tipiklashtirish - bir xilda qaytariluvchi faktlarni konkret obrazda namoyon bo`lish.

Xayolning xususiyatlari shaxsning ma’naviy qiyofasi to`g`risida hukm chiqarish uchun ham ma’lum darajada imkon beradi. Faktlar hodisalar va boshqalarni ko`rsatishga buyurtirib yuborish yoki kamaytirishga moyillik ko`pincha xayol ustidan nazoratning yo`qligi tufayli ro`y beradi. Bu sifat ayrim bolalarda mavjud bo`lib ular yolg`on gapirganlarida ba’zan haqiqiy narsa bilan xayoldagi narsani aralashtirib yuboradilar. Lekin to`g`ri qo`yilgan tarbiya tufayli bu kamchilik yo`qoladi.

Badiiy adabiyotni o`qish – xayolni rivojlantirishni eng yaxshi maktabidir, u xayolni tarbiyalashning kuchli vositasi ham. Xayol buyuk qadriyatdir. Ushbu xususiyatni yosh avlodda rivojlantirish – pedagogik amaliyotning muhim vazifasidir.
TAYANCH TUSHUNCHALAR


  1. Xayol – yangi obrazlar va taxminlarning shakllanishi jarayonidir.

  2. Fantaziya – xayolning borliqdan, haqiqatdan biroq uzoqlashuv jarayonidir.

  3. Agglyutinatsiya, aksentirlash, sxematizatsiya, tipiklashtirish.



NAZORAT SAVOLLARI

  1. Xayol haqida tushuncha bering.

  2. Xayolni boshqa bilish jarayonlari bilan taqqoslang.

  3. Xayolning turlari haqida ma’lumot bering.

  4. Xayolning fiziologik mexanizmlari nimalardan iborat.

  5. Insonning ijodiy faoliyatida xayolning roli haqida gapiring.

  6. Orzu, fantaziya, tushning farqi nimada?



10-MAVZU: TEMPERAMENT
REJA:

  1. Temperament haqida umumiy tushuncha.

  2. Temperament masalasini o`rganish tarixi haqida. Oliy nerv faoliyati tiplari.

  3. Temperament turlari.

  4. Mehnat va o`quv faoliyatida temperamentning roli.

1. Shaxsning individual xususiyatlari haqida gap ketganda, ularning tug`ma, biologik xususiyatlariga alohida e’tibor beriladi. Chunki aslida bir tomondan shaxs ijtimoiy mavjudot bo`lsa, ikkinchi tomondan – biologik yaxlitlik, tug`ma sifatlarni o`z ichiga olgan substrat – individ hamdir. Temperament va layoqatlar indivining dinamik-o`zgaruvchan psixik faoliyati jarayonini ta’minlovchi sifatlarini o`z ichiga oladi. Bu sifatlarning ahamiyati shundaki, ular shaxsda keyin ontogenetik taraqqiyot jarayonida shakllanadigan boshqa xususiyatlarga asos bo`ladi. Odam temperamentiga aloqador sifatlarning o`ziga xosligi shundaki ular odam bir faoliyat turidan ikkinchisiga, bir emotsional holatdan boshqasiga, bir malakalarni boshqasi bilan almashtirgan paytlarda reaktsiyalarning egiluvchan va dinamikligini ta’minlaydi va shu nuqtai nazardan qaraganda temperamentshaxs faoliyati va xulqining dinamik (o`zgaruvchan) va emotsional-hissiy tomonlarini xarakterlovchi individual xususiyatlar majmuidir.



Temperament – (yunoncha. Temperamentum – sifatlar munosabatlarni aralashtiraman) – inson psixik faoliyatining dinamik xususiyatlari, jumladan temni, tezligi, ritmi, intensivligi jihatidagi xarakteristikasidir.

Temperament sifatlari, bu shunday psixikaning individual sifatiki, ular psixik faoliyatining oqimini ifodalaydilar. Psixologik jihatdan temperament emotsional qo`zg`aluvchanlikdagi tezligi, kuchi va barqarorligida namoyon bo`ladi. Ular turli mazmunda vaziyatga qaramay, nisbatan o`zgarmas doimiy bo`lib, ular temperament turini ifodalovchi motiv va faoliyat maqsadlarida mavjud bo`ladi.

Yuqorida aytilganlardan shu narsa ayon bo`ladiki, emotsional quzg`aluvchanlik turli odamlarda qo`zg`alish kuchi, tezligi va barqarorligiga ko`ra turlicha bo`ladi. Shunday odamlar borki, ularda qo`zg`alish tez yuzaga keladi, kuchli va barqaror bo`ladi. Va unga teskari qo`zg`aluvchanlika ega bo`lgan kishilar ham bor. Bu holatlar ayniqsa, his-tuyg`ular yuzaga kelayotgan ixtiyorsiz holatlarda yaqqol namoyon bo`ladi. Tashqi jihatdan qo`zg`aluvchanlik yuz tuzilishi, mimika, pantomimika, turli xatti-harakatlarda namoyon bo`ladi. Bu holatlar diqqat, iroda, nutq tezligida ham o`z ifodasini topadi.

Temperament inson psixikasining individual xususiyatlaridan biri bo`lib inson psixik faoliyatining o`tishini ya’ni dinamikasini belgilab beradi. Ammo psixik faoliyat dinamikasi faqat temperamentga bog`liq bo`lmay, psixik faoliyat dinamikasi, shuning bilan birga, motivlarga va psixik holatlarga ham bog`liqdir. Temperamentning xususiyatlari deganda bir inson psixik faoliyati dinamikasining bog`lovchi psixikasining barqaror individual xususiyatlarini tushunamiz. Bu xususiyatlar turli mazmundagi faoliyatlarda motivlarda va maqsadlarga nisbatan o`zgarmaydi hamda tamperament tipining xarakterlovchi strukturasini hosil qiladi. Demak, psixikaning individual jihatdan o`ziga xos, tabiiy jihatdan shartlashgan dinamik ko`rinishlari majmui kishining temperamenti deb ataladi.

2. Temperament haqida ta’limot ilk bora yunon tabibi Gippokrat (eramizdan avvalgi 460-356 yillar) tomonidan yaratilgan bo`lib, uning ta’limotiga asosan «temperament» tushunchasi paydo bo`ladi va temperament turlarining nomlari saqlanib qoldi.

Bu qadimiy gumoral (subqlikka asoslangan) nazariya bo`lib, u temperament xususiyatlarini organizmdagi suyuqliklar bilan bog`laydi. Gippokrat fikricha inson organizmida to`rt xil suyuqlik mavjud:

Safro (yunon chole)

Qon (lotin Sanguis)

Qora o`t ( yunon melaine chole)

Shilimshiq (yunon phlagma)

Har bir suyuqlik o`z xususiyati va o`rniga ega.

Safro xususiyati - quruqlik. Uning o`rni organizmda quruqlikni saqlash.

Qonning xususiyati – namlik. U organizmni isitadi.

Shilimshiqning xususiyati – sovuqlik. U organizmni sovutishga xizmat qiladi.

Gippokrat fikricha inson organizmida mana shu to`rttadan bitta suyuqlik ustuvorlik qiladi. Ushbu suyuqliklar munosabati yunon terminologiyasida «krasis» deb atalib, (arlashma, qorishma) tarjima qilinganda «temperament» tushunchasi yuzaga keladi.

Gippokrat nazariyasi asosida 4 ta temperament turlari haqidagi ta’limot yuzaga keldi va temperament turlariga asos solindi. Unga asosan singvinik (sangvinik lotin Sanguis - qon), xolerik (yunon chole – safro, sariq o`t), melanxolik (yunon melaina chole qora o`t), flegmatik (yunon phlagma – shilimshiq) turlari yuzaga keldi.

Temperamentga taalluqli Abu Ali ibn Sino qarashlari (980-1037 y.) ham juda qiziqarlidir. U temperamentga tabiiy va psixologik tushuntirish beradi. Ibn Sino ta’limoti Gippokrat ta’limotiga asoslngan bo`lib, uning fikricha temperament bir-biriga qarama-qarshi sifatlar munosabatida yuzaga keladigan xususiyatdir. Ulardan birining ustuvorligi temperament turini yuzaga keltirib, bunda organizmdagi 4 ta suyuqlikdan biri ustuvor bo`ladi. Abu Ali ibn Sino fikrilari temperament haqidagi ta’limot tarixida o`ziga xos ahamiyatga ega.

Ilk bora temperament xususiyatlarning psixologik tavsifi nemis faylasufi I.Kant («Antropologiya», 1789 y.) tomonidan berilgan bo`lib, uning fikrlari, g`oyalarida temperament va xarakter sifatlarning aralashib ketishi namoyon bo`ladi. I.Kant ham o`z g`oyalarida gumoral nazariya asoschilariga suyanadi.

Gumoral nazariya yaqinroq fikrlarni I.F.Lesgaft (1837-1909) ilgari surib, u asosan temperament turlarini namoyon bo`lishini qon almashishinishi bilan bog`laydi.

Bunda u temperament turlari qon tomirlarini diametri, yurak formasi va tuzilishiga bog`liq deydi. Uning fikricha, qalin qon tomirlariga ega bo`lganlar xoleriklar, tor qon tomirliklar melanxoliklar va h.q.dir.

Temperamentni tadqiq qilishning ikkinchi yo`nalishi konstitutsional nazariyaga bog`liqdir. Uning asoschisi E.Krechmer (1888-1964) bo`lib, u temperament tiplarini morfologik konstitutsiyaga qarab aniqlashga e’tiborni qaratadi. Kremerga asosan, ular shizoid temperamentga xos bo`lib, ular his-tuyg`uga beriluvchan, sovuqqon, o`z ichki dunyosi bilan band, xatti-harakatlari chegaralangan kishilardir.

Morfologik nazariyaga amerikalik psixolog U.Sheldonining(1898-1974) ha kontseptsiyasini kiritish mumkin bo`lib, unga asosan temperament uch somatik konstitutsiyaga ega? Endomorf, mezamorf va ektomorf.



Endomorf – yumshoqlik, dumaloq tana tuzilishi, sust rivojlangan suyak va muskul tizimi, sevgi va komfortga intiluvchanlik, his-tuyg`uga beriluvchanlik, sekin harakatlanish xosdir. U vistserotonik temperamentdir.

Mezomorf - qt’iylik, beshafqatlik, qat’iy xatti-harakatlr, suyak, muskul tizimining yaxshi rivojlanganligi, kuchlilik, atletik tana tuzilishi, sevgi ishtiyoqlariga qiziqish, tavakkalchilik, faollik, qo`rqmaslik va agressivlik xosdir. Bu somototonik temperamentidir.

Ektomorf – noziklik, muskulning namoyon bo`lmasligi, kam kirishimlilik, odamovilik, yolg`izlikka intilish, yuqori reaktivlik xosdir. Bu tserobrotonik temperamentidir.

I.T.Pavlovning ta’rificha: “Temperament har bir odamning ham, har bir ayrim hayvonning umumiy xarakteristikasidir, nerv sistemasining har bir individ butun faoliyatga muayyan qiyofa beruvchi asosiy xarakteristikasidir”. I.T.Pavlovning nerv sistemasi turlari to`g`risidagi ta’limoti yoki shuning o`zi kabi oliy nerv faoliyatining turlari-temperamentlari tabiiy-ilmiy o`rganish tarixida chinakamiga keskin o`zgarish yasadi. Bu ta’limotni fiziologik ilmiy faoliyatning yakunlovchi bosqichida ifodalab bergan edi.

I.T.Pavlovning laboratoriyalarda bosh miya katta yarim sharlari qobig`ining individualligi bilan bog`liq bo`lgan nerv faoliyatidagi farqlari kashf etadi. Itlarda tajriba o`tkazildi. It xatti-haraktining o`ziga xosligi (masalan: ziyraklik va sustlik, dadillik yoki qo`rqoqlik) asosiy nerv jarayonlarining ayrim xususiyatlari hayajonlanish va tormozlanishga qonuniy ravishda mos kelganligi kuzatiladi. Ko`p yillik tadqiqotlar natijasida o`rganiladigan individual farqlar asosida quyidagi nerv sistemasining uchta asosiy xususiyatlarini nerv, sistemasining kuchi, qo`zg`alish va tormozlanish jarayonlar o`rtasidagi muvozanatli hamda nerv jarayonlarining harakatchalik xususiyatlari aniqlangan.

I.P.Pavlov oliy nerv faoliyatining ana shu uchta xususiyati asosida nerv sistemasining to`rtta tipi bo`linishi mufassal tavsiflab bergan. Olim kuchli va kuchsiz tiplarning bir-biridan farq qilishini asoslab berishga alohida e’tibor bergan. Oliy nerv faoliyatining tiplari: nerv protsesslari (qo`zg`alish va tormozlanish)ning muayyan individ oliy nerv faoliyatini sifatlaydigan muhim va barqaror xususiyatlar yig`indisi. Bu xususiyatlarga nerv protsesslarining kuchi, muvozanatligi, harakatchanligi kiradi. Shu 3 ta xususiyatning ma’lum tartibda bir - biri bilan qo`shilishidan. Oliy nerv faoliyatining quyidagi to`rt asosiy tipi hosil bo`ladi:

1. Kuchli, muvozanatli harakatchan (chaqqon) tip.

2. Kuchli, muvozanatli, inert (osoyishta) tip:

3. Kuchli, muvozanatsiz, shiddatli tip.

4. Kuchsiz tip oliy nerv faoliyatining bu tipologiyasi hayvonlarga ham insonlarga ham xosdir.

I.P.Pavlov bundan tashqari, ikki signal sistemasining o`zaro nisbatiga qarab oliy nerv faoliyatining “Maxsus insonlarga xos 3 ta tipini aniqlagan”.

1. ”Fikrlovchi” tip, bunda 2 chi signal sistemasi birinchi signal sistemasiga nisbatan ustun turadi.

2. “Badiiy” tip bunda birinchi signal sistemasi ikkinchi signal sistemasiga nisbatan ustun turadi.

3. Temperamentning asosiy xususiyatlari quyidagilar (V.S.Merlin bo`yicha):

A) senzitivlik – tashqi ta’sirlarga ma’lum miqdordagi psixik javob berish kuchi (kuchsiz his-tuyg`u).

B) reaktivlik – emotsional reaktsiya kuchi, emotsionallik, ta’sirchanlik, taassurotga berilishi.

V) faollik – tashqi olamga ta’sir etish faolligi.

G) reaktivlik va faollik munosabati.

D) ta’sirga javob tempi – psixik jarayonlr va ta’sirlar kechishi tezligi (aql tezligi, nutq tezligi va h.k.)

E) plastiklik – egiluvchanlik, beriluvchanlik.

J) rigidlik – intertlik, xulq-atvor ikkilanuvchanligi.

Z) ekstrovertlik – inson reaktsiyasini ichki obrazlar, fikrlar, o`tmish va kelajakka bog`liqligi.

K) emotsional ko`zg`aluvchanlik – emotsional jarayonlarning kechishi va tashqi ifodalanishi.

Yuqorida keltirilgan sifatlardan kelib chiqib, temperament turlariga psixologik xarakteristika quyidagi jadvalda berilgan.




Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə