Yaxlit pedagogik jarayon



Yüklə 229,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü229,67 Kb.
#136907
  1   2   3
4-mavzu Yaxlit pedagogik jarayon



Yaxlit pedagogik jarayon
 
Reja: 
1. Pedagogik jaroyon va unig tuzilishi. 
2. Pedagogik jarayon konuniyatlari. 
3. Yagona pedagogik jarayonning etaplari. 
 
1. Pedagogik jarayon va uning tuzilishi. 
Pedagoglik kasbining paydo 
bo’lishiga e’tibor qaratilsa, shu narsa ko’rinadiki, dastlab uning doirasida 
differentsiallashuv va integratsiyalashuv jarayoni chegaralangan bo’lsa, key-
inchalik ochiqchasiga ta’lim va tarbiya qarama-qarshi qo’yila boshladi: o’qi-
tuvchi o’qitadi, tarbiyachi esa tarbiyalaydi. Lekin XIX asrga kelib, taraqqiy-parvar 
pedagoglarning ishlarida argumentlarni asoslashda ob’ektiv nuq-tai nazardan 
ta’lim va tarbiyaga bir butun, yaxlit hodisa sifatida qarala boshladi. I.F. 
Gerbartning fikricha, tarbiyasiz ta’limda vosita bor, lekin maqsad yo’q, ta’limsiz 
esa maqsad bor, vosita etishmaydi. 
Nemis pedagogi A. Disterveg, ta’limni tarbiyaning bir qismi sifatida qaraydi: 
“Ta’lim printsiplari bor ekan, hamisha tarbiya printsiplari ham bo’ladi, yoki 
aksincha”. 
Pedagogik jarayonning yagonaligi g’oyasi K.D Ushinskiy g’oyalarida chu-
qur ifodalangan. U pedagogik jarayonni maktab faoliyatining ma’muriy, o’quv va 
tarbiya elementlarini bir butun tizim sifatida tushundi. K. D. Ushinskiyning
taraqiyparvar g’oyalari uning izdoshlari: N.F. Bunakov, P.F. Lesgaft, K.B 
Yelniskiy, V.P Baxterov va boshqalarning ishlarida o’z aksini topgan.
Pedagogik jarayon muammosi bilan P.F. Kapterev alohida shug’ullan-di. U 
pedagogik jarayonlarning ko’ptomonlama ham ichki, ham tashqi jihatlarini taxlil 
qiladi va quyidagi xulosalarga keldi: “Ta’lim, o’qi-tish, o’rgatish, tarbiya, pand-
nasihat, o’git va boshqa bir qator so’zlar turli xususiyat, jihatlar, vosita va 
vaziyatlarni ifodalaydi, lekin ularning hammasi yagona pedagogik jarayondir”.
N.K.Krupskaya, A.P.Pinkvich, S.T.SHatskiy, P.P.Blonskiy, M.M.Rubin-
shteyn, A.S.Makarenko yagona pedagog jarayonning taraqqiyotiga katta hissa 
qo’shishdi.
XX asrning 70-yillarida Yu.K. Babanskiy, B.S.Ilьin, V.M.Korotov, 
B.V.Kraevskiy, B.T.Lixachev, Yu.P. Sokolnikov va boshqalar yagona pedagogik 
jarayonga ilmiy qiziqish bilan qarashdi.
Pedagogik jarayonning mohiyati tizimli metodologik yondashuv asosidagina 
zamonaviy mualliflar tomonidan ochib berildi. U pedagogik ob’ektlarni tizimlar 
sifatida qarashni taklif etadi, aynan: tarkibiy qismlarining tuzilishini, ular 
orasidagi o’zaro aloqadorlikni aniqlash kabilarni o’zida jamlaydi.
Pedagogik jarayon – pedagogik fanlarning eng muhim, asosiy katego-
riyalaridan biri.
Pedagogik jarayon kattalarning pedagogik faoliyati va tarbiyachilar-ning 
boshqaruvchilik roli tufayli faol hayotiy faoliyat natijasida bolaning o’zini-o’zi 
o’zgartirishining maqsadga yo’naltirilgan mazmundor, tashkiliy harakatidir. 


U haqiqatdan ilmiy asoslangan, rivojlantiruvchi va takomillashib boruvchi 
tizim sifatida mavjud bo’ladi hamda tarbiya qonuniyatlari, pedagogning ijodkorligi 
va ta’lim oluvchilarning yosh bilan bog’liq o’zgarishlari dinamikasiga asoslanadi. 
Pedagogik jarayon boshqa barcha ijtimoiy jarayonlar (iqtisodiy, siyo-siy, 
axloqiy, madaniy va boshqalar) bilan chambarchas bog’langan. Uning mo-hiyati, 
mazmuni va yo’nalganligi ijtimoiy jarayonlarning holati, ishlab chiqarish kuchlari 
va ishlab chiqarish munosabatlarining real o’zaro haraka-tiga bog’liq bo’ladi. 
O’quv-tarbiya jarayonining asosiy xususiyati – yagonalik, undagi barcha 
muhim tarkibiy qismlarni saqlab qolish zaruriyati. 
Yaxlitlik asosiga ta’lim, tarbiya va rivojlanish birligini ta’min-lash pedagogik 
jarayonning mohiyatini tashkil etadi. 
Pedagogik jarayon – ko’plab jarayonlarning ichki aloqadorligi yig’indi-sidir. 
Unda o’qitish, ta’lim, tarbiya, shaxsning shakllanishi va rivojla-nishi jarayonlari 
birlashadi. 
Pedagogik jarayonning umumiyligi va birligi uni tashkil etuvchi barcha 
jarayonlarni yagona maqsadga bo’ysundiradi. Pedagogik jarayonning murakkab 
ichki munosabatlari: 
-
uni tashkil etuvchi jarayonlarning birligi va mustaqilligi; 
-
undagi jarayonlarning yaxlitligi va teng huquqliligi; 
-
umumiy mavjudlik va o’ziga xoslikni saqlashda namoyon bo’ladi. 
Pedagogik jarayonga uning tarkibiy qismlarining o’zaro aloqadorlikda 
qonuniy joy egallashi birligini o’zida ifoda etuvchi yagona tizim sifatida qarash 
mumkin. Tuzilish(struktura) – bu tarkibiy qism(element)larning tizimdagi 
joylashuvidir. Tizimlarning tuzilishi tarkibiy qismlarni qabul qilish mezonlarida 
belgilangani bo’yicha, bundan tashqari ular orasidagi aloqadorlikda tashkil etiladi. 
Pedagogik jarayonning o’zi maqsad, vazifa, mazmun, metodlar, pedagog va 
tarbiyalanuvchilarning o’zaro harakati shakllari, shu bilan birga erishilgan natijalar 
bilan xarakterlanadi. 
Pedagogik jarayonda ishtirok etadigan tizim tarkibiy qismlariga quyidagilar 
kiradi: 
-
pedagoglar; 
-
tarbiyalanuvchilar; 
-
tarbiyaviy shart-sharoitlar. 
Jarayonning aniq maqsadli tarkibiy qismi pedagogik faoliyatning barcha ko’p 
obrazli maqsad va vazifalarini: bosh maqsad – har tomonlama va barkamol shaxsni 
tarbiyalashdan – alohida sifatlarni shakllantirishning aniq vazifasigacha o’z ichiga 
qamrab oladi. 
Mazmunli tarkibiy qism umumiy maqsad bilan birga, xuddi shunday aniq 
vazifani qo’yadigan ma’noni aks ettiradi. 
Faoliyatli tarkibiy qism – jarayonni tashkil etish va boshqarishda busiz 
belgilangan 
natijalarga 
erishish 
mumkin 
bo’lmagan 
pedagoglar 
va 
tarbiyalanuvchilarning o’zaro harakati va ularning hamkorligi. Mazkur tarkibiy 
qism pedagogik adabiyotlarda yana tashkiliy yoki tashkiliy-boshqaruvli deb ham 
nomlanadi. 


Jarayonning natijali tarkibiy qismi uni amalga oshishi samarador-ligini aks 
ettiradi, qo’yilgan maqsad bilan bog’liqlikda muvafaqqiyatli o’zgarishlarga olib 
kelish bilan xarakterlanadi. 
Professor I.P.Rachenko ta’lim tizimidagi tarkibiy qism(kompo-nent)larni 
quyidagicha bo’lib ko’rsatadi: 
-
tizim faoliyatini aniqlashtiruvchi maqsad va vazifalar; 
-
ta’lim va tarbiya mazmuni maqsad va vazifalarining amalga oshishi-ni 
ta’minlovchi pedagogik kadrlar; 
-
tizimning ilmiy asosda ishlashini tashkil etuvchi ilmiy kadrlar; 
-
ta’lim oluvchilar(ta’lim oluvchilar); 
-
moddiy-texnik ta’minot; 
-
tizim va uning samaradorligi ko’rsatkichlarining moliyaviy ta’mi-noti; 
-
shart-sharoit(psixofiziologik, sanitar-gigienik, estetik va ijti-moiy); 
-
tashkil etish va boshqarish. 
Amerikalik pedagog F. G. Kumbs quyidagilarni ta’lim tizimining asosiy 
tarkibiy qismlari deb hisoblaydi: 
-
tizimning faoliyatini aniqlashtirib beruvchi maqsad va birinchi galdagi 
vazifalar; 
-
ta’lim oluvchilar hamda tizimning asosiy vazifasi hisoblanmish o’qitish; 
-
tizim faoliyatini muvofiqlashtirish, rahbarlik va baholashni amalga 
oshiruvchi boshqarish; 
-
turli vazifalar bilan bog’liqlikda o’quv muddati hamda ta’lim oluvchilar 
guruhining tuzilishi va taqsimlanishi; 
-
mazmun – eng asosiysi, ta’lim oluvchilar ma’lumotga ega bo’lishlari shart; 
-
o’qituvchilar; 
-
o’quv qo’llanmalar: kitoblar, doskalar, xaritalar, filьmlar, laboratoriyalar 
va boshqalar; 
-
o’quv jarayoni uchun zarur bo’lgan bino; 
-
texnologiya – ta’limda foydalaniladigan barcha metod va usullar; 
-
bilimlarni baholash va nazorat qilish: qabul qilish, baholash, imtihonlar, 
tayyorgarlik sifati qoidalari; 
-
bilimlarni oshirish va tizimni takomillashtirshi uchun tadqiqot ishlari; 
-
ta’lim samaradorligi ko’rsatkichlari xarajatlari. 

Yüklə 229,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə