Yengil sanoat texnologiyalari


-rasm. Ayollar jaketi texnik rasmi



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/29
tarix22.12.2022
ölçüsü1,97 Mb.
#97672
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
MA\'RUZA matni Kompyuter yordamida moda va dizayn

 
4-rasm. Ayollar jaketi texnik rasmi 
 
 
5-rasm. Shim assortimentlari texnik rasmi 


19 
 
6-rasm. Ayollar koftasi texnik rasmi 
Paintda ekranning har bir shunday nuqtasi 
piksel 
deb ataladi. Ekrandagi tasvirning 
biror qismi kattalashtirilsa, piksel rangli to‘g`ri to‘rtburchak shakliga egaligini 
ko‘rish mumkin. Piksellarning ekranda joylashishini shaxmat doskasidagi 
kataklarning joylashishiga yoki rangli jadvalga o‘xshatish mumkin. Demak, 
piksellar majmui ekranda tasvirni hosil qiluvchi 
jadval 
(matritsa)ni tashkil etar 
ekan. Monitor turiga qarab matritsa o‘lchamlari piksellarda 640x480, 800x600, 
1024x768, 1600x1200… kabi bo‘lishi mumkin. Matritsa o‘lchami ekran 
o‘lchamiga bog`liq bo‘lmaydi. Bir xil o‘lchamli ekranda matritsa o‘lchami qancha 
katta bo‘lsa, uni tashkil etuvchi nuqtalarning o‘lchami shuncha kichik bo‘ladi. 
Ya’ni, ekrandagi tasvirning sifati ham yaxshi bo‘ladi. 
Ekran imkoniyati 
monitor, 
videoqurilma va operatsion sistema imkoniyatlariga bog`liq bo‘lib, piksellarda 
o‘lchanadi va ekranda to‘lig`icha joylashadigan tasvir o‘lchamini aniqlaydi 
Tasvir 
imkoniyati 
– bu tasvirning xususiyati bo‘lib, bird yum uzunlikdagi kesmada 
nechta nuqta tasvirlanganligi (
dpi
) bilan o‘lchanadi. Bu birlik grafik muharrir yoki 
skaner yordamida tasvir hosil qilish vaqtida belgilab olinadi. Tasvir 23 
imkoniyatining qiymati tasvir faylida saqlanib, tasvirning yana bir xususiyati – 
haqiqiy o‘lchami bilan bog`liq bo‘ladi. 
Tasvirning haqiqiy o‘lchami 
piksellarda 
yoki uzunlik o‘lchov birliklari (millimeter, santimetr, dyum)da o‘lchanadi. U tasvir 
hosil qilish vaqtida belgilanadi va tasvir fayli bilan birga saqlanadi. 
Tasvirning yana bir xususiyati, unda qoallanilishi mumkin bo‘lgan ranglar 
miqdoridir. Ya’ni, har xil tasvirlar turli rang ko‘lamiga ega bo‘lishi mumkin: 
oqqora shtrixli, nimrang (kulrangning oqdan qoragacha asta o‘tib boruvchi tuslari) 
indekslangan rangli, to‘liq rangli. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə