Yengil sanoat texnologiyalari



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/29
tarix22.12.2022
ölçüsü1,97 Mb.
#97672
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
MA\'RUZA matni Kompyuter yordamida moda va dizayn

Ekran imkoniyati 
monitor, videoqurilma va 
operatsion sistema imkoniyatlariga bog`liq bo‘lib, piksellarda o‘lchanadi va 
ekranda to‘lig`icha joylashadigan tasvir o‘lchamini aniqlaydi 
Tasvir imkoniyati 
– 
bu tasvirning xususiyati bo‘lib, bird yum uzunlikdagi kesmada nechta nuqta 
tasvirlanganligi (
dpi
) bilan o‘lchanadi. Bu birlik grafik muharrir yoki skaner 
yordamida tasvir hosil qilish vaqtida belgilab olinadi. Tasvir 23 imkoniyatining 
qiymati tasvir faylida saqlanib, tasvirning yana bir xususiyati – haqiqiy o‘lchami 
bilan bog`liq bo‘ladi. 
Tasvirning haqiqiy o‘lchami 
piksellarda yoki uzunlik 
o‘lchov birliklari (millimeter, santimetr, dyum)da o‘lchanadi. U tasvir hosil qilish 
vaqtida belgilanadi va tasvir fayli bilan birga saqlanadi. 
Tasvirning yana bir xususiyati, unda qoallanilishi mumkin bo‘lgan ranglar 
miqdoridir. Ya’ni, har xil tasvirlar turli rang ko‘lamiga ega bo‘lishi mumkin: 
oqqora shtrixli, nimrang (kulrangning oqdan qoragacha asta o‘tib boruvchi tuslari) 
indekslangan rangli, to‘liq rangli. 
Oq-qora shtrixli tasvir
. Tasvirning har bir 
pikseliga bir bit axborot ajratiladi. Ma`lumki, bir bit yordamida ikki holatni 
kodlash mumkin:
oq 
va 
qora 
rang. Tasvirning bunday turi 
Bitmap 
deb ataladi. 
Bunday tasvirnng rang ko‘lami bir bit bo‘ladi. 
Nimrang tasvir. 
Nimrang 
(grayscale) tasvir pikseli 8 bit bilan kodlanadi, ya’ni uning rang ko‘lami 8 bit. 
Tasvirning har bir pikseli 256 xil qiymat qabul qilishi mumkin. Bu qiymatlar 
kulrang shkala 
deyiladi. Bu shkala kulrangning 256 gradatsiyasiga ega bo‘lib, 
ularning har biri 0 (qora) dan 255 (oq) gacha oraliqdagi yorug`lik qiymati bilan 
ifodalanadi. Bu oq-qora fotosuratni aniq tasvirlash uchun etarlidir. Hozirgi kunda 
tasvirni 16 bitli kodlash imkoniga ega dasturlar mavjud bo‘lib, ular yordamida 


16 
kulrangning 256 xil emas, balki 65536 xil tusi ishtirok etgan tasvirlar hosil qilish 
mumkin. Ammo bunday tasvirlarni saqlashda fayl hajmi bitliga nisbatan 2 marta 
katta bo‘ladi. Ikki о`lchamli kompyuter grafikasi quyidagi turlarga ajratiladi: 

rastrli grafika;

vektorli grafika;

fraktal grafika.
Rastr so‘zi informatikaga televideniyedan kirib kelgan bo‘lib, lotin tilidagi rastrum 
- xaskash, omoch so‘zidan olingan. Rastrli grafikada tasvir qatorlar va ustunlarga 
bo‘linadi, tasvirning mayda bo‘laklari – piksellardan iborat bo‘ladi. Rastrlar 
zichligi deganda uzunlik birligiga mos keladigan piksellar soni tushuniladi va dpi 
(dots per inch – bir dyuymdagi nuqtalar) da o‘lchanadi. Masalan, 3200x2400 
o‘lchamli tasviri 300 dpi zichlikda chop etish uchun 11x8 dyuym2 о`lchamli 
qog`oz kerak bo‘ladi. 1 dyuym=300 bo‘lsa, 1dyuym2 =90.000 (3200*2400)/9000 
=85,3 bu esa taxminan 11x8 dyuym2 ga teng. Tasvirlarni oddiy grafik shakllar 
yordamida yaratish vektor grafikasining asosini tashkil etadi. Vektor grafikasida 
tasvir chiziqlardan tashkil topadi. Fraktal so‘zi lotincha fractus so‘zidan olingan 
bo‘lib, maydalangan, bo‘lib chiqilgan degan ma’noni bildiradi. Fraktallar deb 
o‘ziga o‘xshash qismlardan iborat bo‘lgan geometrik shakllarga aytiladi. Fraktal 
atamasi fanga 1975-yili kiritilgan bo‘lib, ular yordamida daraxtlar, o‘rmonlar, 
bulutlar, mavjlanayotgan dengiz, alanga va tutun, oqayotgan suyuqlik kabi 
tasvirlarni yaratish mumkin. Fraktallardan virtual borliq, animatsiya, kompyuter 
o‘yinlari va matematik modellashtirishda keng foydalaniladi. 
3-rasm. Fraktal tasvirlar 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə