Yengil sanoat texnologiyalari



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/29
tarix22.12.2022
ölçüsü1,97 Mb.
#97672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
MA\'RUZA matni Kompyuter yordamida moda va dizayn

Illyustrativ grafika
. Xizmat ko‘rsatishning turli sohalarida bezatish 
ishlarida foydalaniladi.

Badiiy grafika
. San`at asarlarini yaratishda keng qo‘llaniladi. Ilmiy 
sohada izlanish natijalarini, ko‘rsatkichlarini oson va qulay ko‘rinishda 
tasvirlashda grafika foydalaniladi. Ayniqsa, matematika, geometriya, kimyo, 
biologiya kabi fanlarni o‘qitishda turli shakllarni ikki, uch o‘lchovli ko‘rinishda 
tasvirlashda, tasvirni o‘quvchi ko‘z oldida gavdalantirishda, tasavvur hosil qilishda 
kompyuter grafikasining o‘rni beqiyosdir. Tijorat grafikasi statistik ma’lumotlarni, 
iqtisodiy o‘sish yoki kamayish jarayonlarini tasvirlashda qo‘llaniladi. Bunda 
ko‘rsatkichlarni diagramma turlari, harakatlar orqali, video, audio ko‘rinishda 
tasvirlash mumkin. Axborot marketingi kompyuter grafikasi vositalari 
qo‘llanishining eng keng va turli-tuman sohasidir. Shaxsiy kompyuter yordamida 
qurilgan interaktiv grafiklar, diagrammalar, rasmlardan ko‘pincha moliyaviy-
iqtisodiy tahlilni o‘tkazish uchun hamda rejalashtirish va marketing qarorlarini 
qabul qilishda qulay vosita sifatida foydalaniladi. Tijorat kompyuter grafikasining 
dasturiy vositalari tufayli byudjet, tovarlarning mavjudligi, pul mablag`larining 
harakati, foydaning miqdorlari, foiz stavkalari, sarmoya kiritishdan daromadlar, 
buyurtmalar «portfeli»ning holati haqidagi ma’lumotlarga ega har xil interaktiv 
grafiklar va diagrammalarni tayyorlash mumkin. Konstruktorlik grafikasi qurilish, 
texnika kabi sohalarni loyihalarini chizish, loyiha orqali inshootni tayyor holatda 
ko‘rish imkonini beradi. Bu esa iqtisodiy samaradorlikni oshirish, sarf-xarajatni 
hisoblash, xatolarni kamaytirishga sabab bo‘ladi. Illyustrativ grafika asosan turli 
shakllar hosil qilish, ranglar bilan ishlash, bezatish bilan shug`ullanadi. Biror 
mahsulotni reklama yoki taqdimot qilish, ko‘pchilikka tanishtirishda illyustrativ 
grafika yordamga keladi. 
Kompyuterlarda ishlatiladigan barcha tasvirlar quyidagi guruhlarga 
bo‘linadi.


12 

2D-grafika
. Bunda ikki o‘lchovli grafikaning dasturiy ta’minoti 
(x,y) 
koordinatalar sistemasida yuza tasvirini hosil qilish imkoniyatini beradi.

3D grafika
. Bunda uch o‘lchovli grafikaning dasturiy ta’minoti tekis ekranda 
(x,y,z) 
(3D) koordinatalari sistemasida tasvirlarni hosil qilish imkoniyatini beradi. 
Uch o‘lchovli model chiziqlar va egri sirtlar bilan o‘zaro bog`langan ko‘pgina 
nuqtalar yordamida yaratiladi.


Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə