Yer tuzishning ilmiy asoslari


  Respublika, viloyatlar va m a’muriy tumanlar yer tuzish chiz­


səhifə70/85
tarix11.04.2023
ölçüsü
#105040
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   85
Yer tuzishning imiy asoslari. Avazbayev S

3. 
Respublika, viloyatlar va m a’muriy tumanlar yer tuzish chiz­
malari.
Viloyat va tum anlar darajasida yer tuzish chizm alarini ishlash 
zarurati 60-yillar oxiridayoq, yerdan foydalanishlarni tartibga solish, 
infratizim elementlarini oqilona joylashtirish, tabiiy muhitni muhofaza 
qilish vazifalari bilan b o g iiq holda yuzaga chiqdi. Ayrim hududiy 
birliklar bo ‘yicha, ularning tabiiy-iqtisodiy salohiyatlarini (eng aw alo 
yerlarning soni va sifati), yerdan foydalanishlar tizim ini takom il- 
lashtirishni, yer resurslaridan foydalanish va uni muhofaza qilish, 
yaxshilashning samarali yo'nalishlarini tanlashni hisobga oladigan 
tadbirlarni tabaqalashtirishning yangi usullari zarur edi.
Yer tuzish chizm alari viloyatlar va tum anlarda ASM kelajakda 
rivojlanish rejalarini tuzishni va yer tuzish loyihalarini ishlashni 
oldindan aniqlab beradi. Shuning uchun ular rejalashda yerlarni 
yaxshilash va m uhofaza qilish b o ‘yicha ko‘rsatk.ichlar tizimini hamda 
yer tuzishni loyihalashning maqsadi va aniq vazifalarini shakllan- 
tiruvchi reja oldi va loyiha oldi hujjatlar vazifasini bajaradi. Yer tuzish 
chizm alarida viloyat va tum an A SM h u d u d iy ta s h k il e tis h va
168


rivojlantirish, kapital qurilish obyektlarini, m cliorativ tizim larni, 
y o ‘l tarm o q larin i joylashtirish m asalalari o ‘z yechim larini to p ad i
yer va boshqa tabiiy resurslarni m uhofaza qilish b o ‘yicha tadbirlar 
belgilanadi. U lar albatta ayrim m intaqalar va yerlar toifalari bo ‘yicha 
m a ’lu m o tla rn i o ‘zida m u jassam lash tirad ig an Bosh c h iz m a la r 
asosida ishlanadi.
Tum an yer tuzish chizm alarida yuqori darajada qabul qilingan 
yechim larning (ularni aniq yer egaliklari va yerdan foydalanishlarga 
yetkazish bilan), aniqligi oshiriladi.
Yer tuzish chizm alarining tarkibiy m odelini quyidagi tarkibiy 
qismlar ko'rinishida ta sa w u r etishimiz mumkin:
® yer resurslarining ahvori, taqsim lanishi va kelajakda foyda- 
lanilishi;
• agrosanoat m ajm uasining joylashishi va rivojlanishi;
« yer egaliklari va yerdan foydalamshlar tizimini takom illash-
tirish;
• tabiatni m uhofaza qilish tadbirlarini joylashtirish;
• tavsiya etilayotgan choralarning iqtisodiy samaradorligi va ularni 
qo ‘llash reiasi.
Yer tuzish n in g respublika, viloyatlar darajasidan m a ’m uriy 
tum an darajasiga o ‘tishda yerlarni yaxshilash, ulardan foydalanish 
va ularni m uhofaza qilish ko‘rsatkichlarining hududiy aniqlik darajasi 
oshadi. Agar viloyat chizm alarida tabiiy va iqtisodiy sharoitlar tahlili 
bo'yicha izlanishlar va hisob-kitoblar, qishloq xo‘jalik ekinlarining 
samarali tarqalish areallarini ajratish, tubdan yaxshilanishi kerak 
bo'igan yerlarni aniqlash, yerdan foydalanishni takom illashtirishni 
iqtisodiy asoslash m asalalari ko'pchilikni 
tashkil qilsa, tu m an
chizm alarida ko'proq bevosita hududni tashkil etish - aholi yashash 
joylarini va ishlab chiqarish markazlarini joylashtirish, yoM tarm oq­
larini rivojlantirish, yer turlarini tashkil etish bo'yicha m asalalar 
birinchi navbatda yechiladi. Barcha ko‘zda tutilgan tadbirlar ularni 
am alga osh irish b o sq ic h la ri b o ‘yicha b ir nech a h iso b lan g an
rnuddatlardan oldin aniqlashtiriladi.
0 ‘zbekistonda yer islohoti jaravonida yerni har xil xo‘jalik yuritish 
shakllarini tenglik asosida rivojlantirish, ko'p ukladli iqtisodiyotni 
shakllantirish va ularni muhofaza qilish uchun sharoit yaratish, undan
169


yuqori samarali foydalanish m aqsadida qayta taqsirnlash sodir boiadi. 
Fuqarolarni, korxonalarni, tashkilotlarni, m uassasalarni, birlash- 
m alarni va o £rtoqliklarni yerlar bilan ta ’minlash yangi qonunchilikka 
mos amalga oshiriladi. Bu ishlar davom ida barcha m a’muriy tum anlar 
yer tuzish chizm alarini tuzish k o ‘zda tutilgan. Ustivor vazifalardan 
biri yerlarni dehqonlar va shaxsiy yordam chi xo'jaliklar, bog'dorchilik 
jam oalari foydasiga qayta taqsirnlash hisoblanadi.
T um an yer tuzish chizm alarida quyidagi yer islohotini amalga 
oshirish bilan b o g iiq m asalalar yechiladi:
• foydalanilm ayotgan va nooqilona foydalanilayotgan yerlarni 
aniqlash;
• maxsus taqsimlanadigan yer fondlarini yaratish va ulardan foy­
dalanish b o ‘yicha tavsiyalar tayyorlash;
• qishloq va boshqa aholi yashash joylari chegaralarini, yerlarni 
qishloq va posyolka m a’murivati ixtiyoriga berish m ateriallarini ras- 
m iylashtirish bilan, aniqlash va belgilash;
• tu m an yer fo n d in i'tarm o q lararo qayta taqsirnlash bo'yicha 
tavsiyalar tayyorlash;
» tabiatni m uhofaza qilish, tabiat-qo'riqxona, sogiom iashtirish, 
rekreatsion va tarixiy-m adaniy m aqsadlarga m oijallangan hududlar 
(yerlar) chegaralarini aniqlash va belgilash.
Tum an chizm alari asosida yerlarni qayta taqsirnlash, ulam i ajratib 
berish, yerga mulkchilik, egalik qilish va ulardan foydalanish huquqini 
tasdiqlovchi xujjatlar berish bilan oikaziladi.
Yer tuzish chizm alari tarkibiga kiradigan tadbirlarni joriy etish 
m uddatiari uzoqligini hisobga olib, ularga o ‘z vaqtida zarur aniqliklar 
va o ‘zgarishlar kiritilishi kerak. Bu ishlar ular harakatming navbatdagi 
bosqichi tugashiga ikki yil qolguncha doim iy ravishda olib boriladi. 
C hizm alarni xaritaviy rasmiylashtirish tarkibiga verlardan hozirgi va 
kelajakda foydalanish, yerlarni yaxshilash, tabiatni muhofaza qilish 
tadbirlari kiritiladi.
Yei- tuzish chizm alari yerlardan oqilona foydalanish va ularni 
muhofaza qilishning asosiy yo'nalishlarini va ishlab chiqarishning 
kelajakdagi hududiy tashkil etilishini aniqlovchi loyiha oldi ishlari 
hisoblansa ham ,' ular naturaga (joylarga) ko ‘chirilmaydi. U larda 
asoslangan choralar yer tuzish loyihalari yordam ida joriy etiladi.
170



Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə