Yevroosiyo iqtisodiy hamkorlik tashkiloti va a'zo mamlakatlar iqtisodiyotlari uchun uning ahamiyati


Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining tashkiliy-huquqiy asoslari



Yüklə 28,88 Kb.
səhifə2/4
tarix16.05.2023
ölçüsü28,88 Kb.
#110607
1   2   3   4
Rayhon

2. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining tashkiliy-huquqiy asoslari
Bugungi shiddatli globallashuv sharoiti jahon mamlakatlari o‘rtasida yuz berayotgan savdo-iqtisodiy munosabatlarning zamonaviy tendensiyalari – xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalarini chuqur tadqiq etish lozimligini taqozo etmoqda.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining tashkiliy-huquqiy asoslari O‘zbekiston manfaatlariga mosmi?​
Bugungi shiddatli globallashuv sharoiti jahon mamlakatlari o‘rtasida yuz berayotgan savdo-iqtisodiy munosabatlarning zamonaviy tendensiyalari – xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalarini chuqur tadqiq etish lozimligini taqozo etmoqda. Bu o‘rinda milliy iqtisodiyotlar oldida jahon hamjamiyatiga samarali integratsiyalashuvni chuqurlashtirish orqali tashqi iqtisodiy siyosatni doimiy takomillashtirib borish vazifasi muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqaro ekspertlarning fikricha, iqtisodiy integratsiya milliy iqtisodiyotlarning iqtisodiy o‘sishiga ta’sir ko‘rsatuvchi dinamik rivojlanuvchi jarayondir. Shu ma’noda, bugun O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yangi bosqichdagi islohotlar samarasi jahon iqtisodiyoti tizimiga integratsiyalashishga, ayniqsa, hududiy jihatdan yaqin mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga ham bog‘liqdir. Shu nuqtai nazardan, MDH doirasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni iqtisodiy integratsiyaning muhim ko‘rinishi hisoblangan yagona bojxona ittifoqi doirasida rivojlantirish, uning tashkiliy va huquqiy asoslarini takomillashtirish, bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Hozirgi vaqtda YeOII tomonidan xorijiy sheriklar bilan hamkorlik aloqalari Jahon Savdo Tashkiloti (JST) normalari va tamoyillariga muvofiq tarzda o‘rnatilgan. Kuzatuvchilik maqomi. 2017 yil aprel oyida Moldova Respublikasi bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi, YeOII mamlakatlari prezidentlari Moldovaning Ittifoqda kuzatuvchi mamlakat maqomini olish to‘g‘risidagi murojaatini qabul qildilar. 2018 yil may oyida Moldovaga YeOIIda kuzatuvchi davlat maqomi berildi. Erkin savdo zonasi kelishuvlari. 2017-2018 yillarda YeOII uchinchi davlatlar bilan xalqaro iqtisodiy aloqalarni sezilarli darajada kengaytirishga muvaffaq bo‘ldi. Bugungi kunga qadar Vetnam (2016 yil oktyabr) va Singapur (2018 yil noyabr) bilan erkin savdo zonasi to‘g‘risidagi, Xitoy bilan iqtisodiy hamkorlik (2017 yil) to‘g‘risidagi bitimlar imzolangan, Eron bilan esa mazkur maqsadda vaqtinchalik bitim (2018 yil) imzolangan. Shuningdek, yana qator davlatlar bilan erkin savdo zonasi kelishuvini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Jumladan: Hindiston. 2015–2016 yillarda Hindiston Respublikasi bilan YeOII erkin savdo zonasi to‘g‘risida Bitim tuzishning maqsadga muvofiqligini o‘rganish bo‘yicha qo‘shma tadqiqot guruhi o‘tkazildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, erkin savdo rejimiga o‘tish YeOIIning Hindiston bilan o‘zaro importining ham, eksportining ham 18 foiz o‘sishi prognoz qilindi. 2017 yil iyun oyida YeOII bilan erkin savdo zonasini tashkil etish bo‘yicha muzokaralarni boshlash to‘g‘risida bayonot imzolandi. Misr. 2016 yilda OYeIKning yig‘ilishida Misr Arab Respublikasi bilan erkin savdo bitimi tuzish bo‘yicha muzokaralarni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 2017 yil dekabr oyida ushbu masalada Misr tomoni vakillari bilan texnik maslahatlashuvlar o‘tkazildi. Mo‘g‘uliston. 2015 yil iyun oyida YeOII va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish, o‘zaro savdoni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish maqsadida OYeIK va Mo‘g‘uliston hukumati o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Tailand. 2016 yil 1 aprelida Rossiya va Tailand o‘rtasida erkin savdo zonasini yaratish bo‘yicha muzokaralar boshlandi. Shuningdek, Vengriya, Isroil, Kambodja, Laos, Pokiston, Peru, Koreya Respublikasi, Suriya, Tunis, Chili, Yaponiya va Indoneziya kabi 50 ga yaqin davlatlar ushbu ittifoq bilan erkin savdo zonasini yaratish yuzasidan qiziqish bildirgan. Jumladan, Isroil. Erkin savdo bitimini tuzish bo‘yicha ishlarni faollashtirish maqsadida 2018 yil 23-24 aprel kunlari tomonlar muzokaralarning birinchi bosqichini o‘tkazdilar. Uning doirasida bitim tuzish bo‘yicha muzokaralar olib borish yuzasidan hujjat imzolandi. Hujjat o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab, kelgusida ishlash va muzokaralar formatiga oid qator muhim kelishuvlarni o‘z ichiga oldi. Koreya Respublikasi. 2015 yil oktyabr oyida Komissiya va Koreya Respublikasi Davlat xaridlari xizmati o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Hujjatda davlat xaridlarini tartibga solish, xususan, elektron xaridlar tizimini takomillashtirish sohasida tajriba almashish ko‘zda tutildi. Bundan tashqari, 2015 yil 30 noyabr kuni YeIK va Koreya Respublikasi Sanoat, savdo va energetika vazirligi o‘rtasida savdo-sotiq sohasidagi hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik. YeOII xalqaro tashkilotlar va institutlar bilan faol hamkorlik olib bormoqda. Jumladan, Jahon savdo tashkiloti (JST), Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OYeCD), Jahon bojxona tashkiloti (WCO), Xalqaro migratsiya tashkiloti (MOM) va boshqalar bilan o‘zaro aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, mazkur ittifoqqa a’zo davlatlarning asosiy qismi Jahon savdo tashkiloti (JST)ga ham a’zo hisoblanadi. YeOII va MDH davlatlari hamkorligi. YeOII va MDH davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik 2013 yildan buyon tizimli ravishda rivojlanib bormoqda. YeIK tashabbusi ko‘ra, MDHning Ijroiya qo‘mitasi bilan o‘zaro anglashuv memorandumi va o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar imzolangan. So‘nggi yillarda YeIK va MDH Ijroiya qo‘mitasi turli sohalarda, ayniqsa, mehnat migratsiyasi masalalarini muvofiqlashtirish sohasida faol hamkorlik qilmoqda. 2018 yil noyabr oyida YeIK va MDH Ijroiya qo‘mitasi hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risida memorandum imzoladi. Hozirgi kunda YeOII bilan MDHga a’zo boshqa davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalar 2011 yilda tashkil etilgan MDH Erkin savdo zonasi doirasidagi o‘zaro imtiyozlar tizimi orqali amalga oshirilmoqda. MDHning YeOIIga a’zo bo‘lmagan davlatlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish YeOIIning xalqaro faoliyatidagi ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu o‘rinda, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida hal etilishi zarur bo‘lgan ustuvor vazifalar haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, birinchi navbatda davlatlararo ustuvor ahamiyat kasb etuvchi tashqi savdo va bojxona siyosatiga jiddiy e’tibor qaratish lozim, deb hisoblaymiz. Chunki puxta o‘ylangan tashqi savdo va bojxona siyosatining amalga oshirilishi nafaqat Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati doirasidagi integratsiyaning yangi bosqichga ko‘tarilishiga, balki a’zo davlatlarning xalqaro savdo jarayonlarida faol ishtirok etishida ham muhim omil bo‘ladi. Bu yo‘nalishda quyidagilarni alohida ta’kidlash o‘rinli: • davlatlararo to‘laqonli erkin savdo rejimini joriy etish; • yagona bojxona tariflari va tartibga solishning yagona notarif usullarini joriy etish; • tovar va xizmatlar savdosining umumiy qonun-qoidalarini joriy etish va ularning ishtirokchi davlatlar ichki bozorlarida qat’iy amal qilishini ta’minlash; • ishtirokchi davlatlar tomonidan Jahon Savdo Tashkiloti (JST) va boshqa xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarni o‘rnatishda yagona kelishilgan yondashuvlarni ishlab chiqish; • YeOII tashqi chegaralarida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash. Shuningdek, tashkiliy-huquqiy yo‘nalishni takomillashtirish uchun quyidagilarni inobatga olish zarur: YeOIIga a’zo davlatlarning milliy qonunchiliklarini o‘zaro muvofiqlashtirish; YeOII doirasida umumiy huquqiy makonni yaratish maqsadida ishtirokchi davlatlar huquqiy tizimlarining o‘zaro ta’sirchanligini so‘zsiz ta’minlash. Yuqorida qayd etilgan chora-tadbirlarning barchasini YeOIIga a’zo davlatlarning o‘zaro teng manfaatlari nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda amalga oshirish, bunda ishtirokchi tomonlarning yagona “konsensus”larga erishishi orqaligina amalga oshirish mumkin. Zero, xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida integratsiya jarayonlarining makro darajasi – iqtisodiy siyosatni davlatlararo muvofiqlashtirish orqali hududiy miqyosda sifat jihatdan yangi iqtisodiy muhitni yaratish demakdir. Mutaxassislarning e’tirof etishlaricha, makro darajada ana shunday integratsiya guruhlarini shakllantirish, pirovard natijada milliy xo‘jaliklar ko‘lamida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, yuzaga kelgan ijtimoiy nomutanosibliklarni bartaraf etish imkonini beradi. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, hozirgi zamonaviy sharoitda xalqaro mehnat taqsimoti asosida davlatlar o‘rtasida barqaror iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi global xarakter kasb etmoqda. O‘zbekistonning mazkur integratsion uyushmaga a’zo bo‘lishi respublikada rivojlanayotgan ilmiy va texnologik inqiloblar, xalqaro savdo, kapitalning ko‘chib yurishi, zamonaviy transport, aloqa va axborot tizimlari iqtisodiy hayotning xalqarolashuvi jarayonining global shakllangan darajaga o‘tishiga yordam berishi mumkin. Shuningdek, O‘zbekiston va boshqa a’zo davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro integrallashuv ishlab chiqarish hajmining o‘sishiga, yangi texnologiyalarning keng va jadal tarqalishiga, infratuzilmalarning rivojlanishiga, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, fondlar rolining yanada oshishiga, savdo va bozorlarning erkinlashuviga va boshqa yutuqlarga erishilishiga olib kelishi mumkin.

Yüklə 28,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə