Yevroosiyo iqtisodiy hamkorlik tashkiloti va a'zo mamlakatlar iqtisodiyotlari uchun uning ahamiyati



Yüklə 28,88 Kb.
səhifə1/4
tarix16.05.2023
ölçüsü28,88 Kb.
#110607
  1   2   3   4
Rayhon




Yevroosiyo iqtisodiy hamkorlik tashkiloti va a'zo mamlakatlar iqtisodiyotlari uchun uning ahamiyati

Mundarija:


Kirish.
1.Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi shakllanishi
2.Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining tashkiliy-huquqiy asoslari
3.Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi: Foyda va zararlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Yevroosiyo Iqtisodiy Hamjamiyati — davlatlararo (xalqaro) iqtisodiy tashkilot. 2000 yil 10 oktabrda Belorussiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Rossiya, Tojikiston prezidentlari Ostona shahrida imzolagan shartnoma asosida ta’sis etilgan (mazkur davlatlar tomonidan 1995 yilda tashkil etilgan bojxona Ittifoqining huquqiy vorisi). 2002 yil may oyidan Ukraina, Moldova, 2003 yildan Armaniston kuzatuvchi maqomiga ega. 2005 yil 6-7 oktabrda Sankt-Peterburg (Rossiya)da Markashi Osiyo hamkorligi tashkiloti (MOHT) ga a’zo davlatlar boshliklari kengashi majlisida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov taklifi bilan davlatlararo iqtisodiy integratsiyani yanada rivojlantirish maqsadlarida MOHT Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati bilan qo’shilgani haqida qaror qabul qilindi.
Mavzuning zarurligi. Hamjamiyat doirasida imzolangan bitim va shartnomalar savdo-iqtisodiy, moliya, bojxona, tariflar va ijtimoiy sohalardagi hamkorlik masalalarini tartibga sodadi. Hamjamiyatning oliy organi — a’zo mamlakatlar davlat boshliqlari va hukumat boshlikdari kiradigan davlatlararo kengash hisoblanadi. Hamjamiyatning ijroiya organi — integratsiya qo’mitasi (uning tarkibiga hukumat boshliqlarining iqtisodiyot masalalari bo’yicha o’rinbosarlari kiradi). Hamjamiyat 2003 yildan BMT Bosh assambleyasida kuzatuvchi maqomiga ega. Yevropa Ittifoqi, Jahon savdo tashkiloti, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlik aloqalari o’rnatilgan
1.Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi shakllanishi
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) sobiq ittifoq hududidagi omadli va istiqbolli integratsiya loyihasidir. 1995 yilda Rossiya Federatsiyasi va Belorus Respublikasi o‘rtasida imzolangan «Bojxona ittifoqi to‘g‘risida»gi bitimga asoslangan va keyinchalik o‘z tarkibiga Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda Armanistonni birlashtirgan yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati, o‘zining shakllanish tarixi va rivojlanish amaliyotiga ko‘ra, jahon hamjamiyatining diqqat markaziga tushdi.
Hozirgi kunda dunyoda 5 ta asosiy iqtisodiy blok mavjud bo‘lib, ular yevropa Ittifoqi, MERCOSUR - Janubiy Amerika davlatlarining davlatlararo iqtisodiy birlashmasi, NAFTA - Shimoliy Amerika erkin savdo zonasi, ACEAN - Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi va yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) hisoblanadi.
Shu jihatdan qaraganda, bugun turli bahs-munozaralarga turtki bo‘layotgan masala - O‘zbekistonning yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII)ga a’zo bo‘lishi yuzasidan fikr-mulohazalarimizni bildirishni joiz, deb bildik. Bu o‘rinda, eng avvalo, EOII doirasidagi tashkiliy-huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi organlar va ularning faoliyati, hamkorligining huquqiy asoslari, o‘zaro kelishuv va bitimlarni chuqur tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.
Ta’kidlash lozim, EOIIning a’zo davlatlari (Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Armaniston va Qirg‘iziston) o‘rtasida tovarlar va xizmatlar harakati, migrantlar harakatlanishi va kapital harakatining erkinligi ta’minlangan bo‘lib, yagona bojxona tizimiga ega bo‘lgan umumiy iqtisodiy hudud shakllantirilgan. yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining oliy organi a’zo davlatlar rahbarlari tarkibidan tashkil topgan Oliy yevroosiyo Iqtisodiy Kengashi (OEIK) hisoblanadi. Kengash ittifoq faoliyatining asosiy masalalarini ko‘rib chiqadi, integratsiyani rivojlantirish strategiyasi, yo‘nalishlari va istiqbollarini belgilaydi.
EOII Shartnomasi, EOII doirasidagi xalqaro kelishuvlar va Oliy Kengash qarorlarining bajarilishi va monitoringi a’zo davlatlar hukumat rahbarlaridan iborat Hukumatlararo Kengash tomonidan ta’minlanadi.
EOII Sudi - doimiy faoliyat yurituvchi sud organi hisoblanib, uning shtabkvartirasi Minsk shahrida joylashgan. U a’zo davlatlar tomonidan EOII Shartnomasi tartib-qoidalaridan teng ravishda foydalanilishini ta’minlaydi va nizolarni hal qiladi.
Evroosiyo Iqtisodiy Komissiyasi (EIK) - doimiy faoliyat yurituvchi milliy boshqaruv va tartibga soluvchi organ bo‘lib, uning tarkibi a’zo davlatlar hukumat rahbarlarining o‘rinbosarlari va har bir davlatdan uch kishidan iborat bo‘lgan hay’atdan iborat. Komissiya qarorlari barcha davlatlarga ijro uchun majburiydir.
Evroosiyo Iqtisodiy Komissiyasi iqtisodiy ittifoqning 170 tadan iborat funktsiyalarini bajaradi:
Jumladan, bojxona-tarif va notarif tartibga solish; bojxona ma’murchiligini tartibga solish; sanitariya, veterinariya va fitosanitariya chora-tadbirlarini tartibga solish; uchinchi mamlakatlarga nisbatan savdo rejimlarini o‘rnatishni tartibga solish; makroiqtisodiy va raqobat siyosatini belgilash; sanoat va qishloq xo‘jaligiga subsidiyalar, tabiiy monopoliyalar, davlat xaridlari, transport va tashishga oid chora tadbirlarni tartibga solish va boshqalar.
Shu o‘rinda, ayrim faktlarni ham keltirib o‘tish o‘rinli. Ya’ni, EOIIni tashkil etuvchi beshta a’zo davlat hudud, aholi soni va iqtisodiyot hajmi jihatidan bir-biridan keskin farq qiladi. Ittifoqning eng katta mamlakati Rossiya, eng kichigi Armanistondan 574 marta kattaroqdir va shunga o‘xshash, Rossiyaning yalpi ichki mahsuloti (YaIM) Armanistondan 170 baravar katta. Umuman, Rossiyaning YaIMi qolgan to‘rt a’zoning umumiy YaIMidan taxminan 6 baravar katta. To‘rt a’zo davlat - Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘izistonning umumiy aholisi qariyb 42 million, Rossiya aholisi esa 147 millionga yaqin.
Ittifoq doirasida tovarlarning boj to‘lovlarisiz olib o‘tilishi, davlatlarning ichki bozorlariga mahalliy tovarlarning hech qanday to‘siqlarsiz kirib borishi, bojxona idoralari faoliyatini tartibga solishning umumiy va mukammal tizimini yaratish, kapital harakati erkinligini ta’minlash imkoniyatlarini yaxshilaydi.
Bu iqtisodiy aloqalar kuchayishining ijobiy tomonlari edi. Shu bilan birga, uning ayrim salbiy jihatlari ham mavjud. Bular - mamlakatimizda mahsulotlari yuqori narxga ega bo‘lgan korxonalar faoliyatiga salbiy ta’sirlar bo‘lishi, ichki bozorda import mahsulotlari hajmining ko‘payishi, ayrim tovarlar bozorida raqobatning ortishi, hozir turlicha bo‘lgan texnik tartibga solish va standartlarni bir xil qilish bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lishi, tayyor sanoat tovarlarini ishlab chiqarish bo‘yicha tumanlararo tafovut ortishi kabi ehtimollar. EOII doirasida yagona elektr energiyasi bozorini yaratish va shu yo‘l orqali barcha a’zo davlatlarni nisbatan arzon elektr energiyasi bilan ta’minlash, suv resurslaridan oqilona foydalanishda bir echimga kelish mumkin. Bular iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’sir qiladi.
Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga aʼzo mamlakatlar Davlatlararo kengashining Sankt-Peterburg sammitida Oʻzbekiston mazkur tashkilotga rasman aʼzo boʻldi (2006 yil 25 yanvar). O‘zbekiston tashkilotdan 2008 yilda chiqqan.

Yüklə 28,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə