1-Mavzu: Model va modellashtirish tushunchalari. Bilish jarayonida va insonning amaliy faoliyatida modellashtirishning roli



Yüklə 64,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix22.03.2024
ölçüsü64,3 Kb.
#168877
  1   2   3   4   5   6
1-Mavzu



1-Mavzu: Model va modellashtirish tushunchalari.
Bilish jarayonida va insonning amaliy faoliyatida modellashtirishning roli. 
 
Modellashtirish jarayon va hodisalarni anglashning asosiy usullaridan biri 
hisoblanib, reallikni akslantirish shaklidir va real ob‘yektlar, predmetlar va 
hodisalarni boshqa ob‘yektlar, jarayonlar, hodisalar yoki tasvir, reja, xarita, 
tenglamalar majmuasi, algoritmlar va dasturlar majmui ko’rinishlaridagi abstrakt 
tavsifi yordamida aniqlash yoki real ob‘yektlarning ba‘zi bir boshqa hususiyatlarini 
tasvirlashdan iborat [5]. 
Model lotincha ―modulus‖ so’zidan olingan bo’lib, o’lchov va namuna 
ma‘nosini bildiradi. Model bu real ob‘yekt ustida tadqiqot va tajriba olib borish uchun 
qulay va arzon bo’lgan boshqa bir real yoki abstrakt ob‘yektdir. Model real 
ob‘yektning asosiy hususiyatlarini o’zida mujassam etgan soddalashtirilgan 
ko’rinishidir. 
Turli sohalarda model tushunchasining o’ziga xos ta‘rifi mavjud, bularning ba‘zi 
birlarini misol sifatida keltirish mumkin. 
Model 
(ilm va fanda) – real mavjud bo’lgan ob‘yekt yoki tizimning faqat eng 
muhim hususiyatlari o’z ichiga olgan soddalashtirilgan ob‘yekt bo’lib, va oldindan 
ularni o’rganish uchun tayinlangan. Model real ob‘yekt va/yoki unda o’tayotgan 
jarayonlarning soddalashgan ko’rinishidir. 
Model 
(informatikada) – bu tizim bo’lib, uni tadqiq qilish natijasida boshqa bir 
tizim to’g’risida ma‘lumot olish uchun ishlatiladi: 
berilganlar modeli: 
relyatsion, ierarxik, tarmoq – ma‘lumotlar bilan ishlash nazariy konsepsiyadir; 
axborot modeli – konkret predmet sohalar yoki ob‘yekt ma‘lumotlar modeli; 
konseptual model (predmet soha yoki ob‘yektning); 
tarmoq modellari – tarmoq protokollarining o’zaro bog’lanishi; 
fizik model–material ob‘yekt yoki fizik hodisalarning ma‘lum bir hususiyatlarini 
taqlid (imitatsiya) qilish uchun ishlatiladigan texnik qurilma. 
Model 
(sanoatda) – ketma-ket ishlab chiqariladigan bir turdagi qanday-dir buyumlar 


turkumi majmui (model qatori). 
Model 
- tadqiq va hisob qilinayotgan jarayon yoki hodisani tasvir etuvchi ta‘riflar, 
bog’lanishlar, shartlar va cheklashlar tizimi iborat. 
Matematik model esa real ob‘yektning tasavvurimizdagi abstrakt ko’rinishi 
bo’lib, u matematik belgilar va ba‘zi bir qonun–qoidalar bilan ifodalangan bo’ladi [6]. 
Matematik modelga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat: 
1.

Yüklə 64,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə