1-Mavzu: Model va modellashtirish tushunchalari. Bilish jarayonida va insonning amaliy faoliyatida modellashtirishning roli



Yüklə 64,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix22.03.2024
ölçüsü64,3 Kb.
#168877
1   2   3   4   5   6
1-Mavzu

Matematik modellashtirish 
- bu real ob‘yekt, jarayon yoki tizimni o’rganib 
bilmoq uchun ularni matematik modeli bilan almashtirgan holda kompyuterda 
qulayroq eksperimental tadqiqot qilish vositasidir. 
1.1.
 
Matematik modelni qurish bosqichlari 
 
Matematik modelni qurish quyidagi asosiy bosqichlardan iborat [7]: 
1.
Jarayonni o’rganish. Bu bosqichda jarayonga doir, uning dinamikasini, tabiatini 
xarakterlovchi ma‘lumotlari yig’inadi. 
2.
Yig’ilgan ma‘lumotlarni tizimlashtirish. Ishchi gipotezalar qabul qilish. Jarayonni 
jarayon osti bloklarga ajratish, bloklarda o’zgaruvchilarni aniqlash, bloklar va 
ulardagi o’zgaruvchilar orasidagi bog’liqliklarni o’rnatish. Jarayon uchun ikkinchi
uchinchi darajali faktorlar aniqlanib, bu faktorlar tashlab yuboriladi. 
3.
Yig’ilgan ma‘lumotlar asosida jarayon bo’ysunadigan qonun yoki qonuniyatlar 
tanlanadi (variatsiya yoki analogiya prinsiplari). Ushbu qonunlar asosida jarayon 
matematik tilda yoziladi. Matematik modelni nazariy tadqiqoti o’tkaziladi. 
4.
Jarayonning taklif etilayotgan matematik modeli ―jihozlanadi‖. Masalan, 
jarayonni boshlang’ich holati beriladi (jism tezligi, boshlang’ich vaqtda populyatsiya 
soni va shunga o’xshash). Shu bilan matematik formallashtirish, ya‘ni matematik 
modelni yozish jarayoni tugaydi. 
5.
Jarayonning matematik modeli asosida diskret modeli quriladi va diskret model 
asosida dastur tuzilib, kompyuterda qo’yilgan matematik masala yechiladi. Bu 
bosqichda hisoblash eksperimenti o’tkaziladi. Hisoblash eksperimenti natijasida 
matematik model real ob‘yektga muvofiqligi tekshiriladi. Modelni unda ishtirok 


etayotgan faktorlarga nisbatan sezgirligi o’rganiladi. Modelda qatnashayotgan 
kattalik yoki parametrlarni o’zgarish chegaralari aniqlanadi. Boshqacha qilib 
aytganda, ushbu bosqichda matematik modelni real jarayonga moslashtirish bajariladi. 

Yüklə 64,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə