1-Mavzu: Model va modellashtirish tushunchalari. Bilish jarayonida va insonning amaliy faoliyatida modellashtirishning roli



Yüklə 64,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix22.03.2024
ölçüsü64,3 Kb.
#168877
1   2   3   4   5   6
1-Mavzu

Moslashish darajasi 
yuqori bo’lishi lozim. Ya‘ni model blokli prinsipda 
qurilishi lozim. Bunda o’zgaruvchilar iloji boricha alohida blokda – avtonom holda 
hisoblanishi maqsadga muvofiq. Bu esa matematik modelni tez o’zgartirish, 
modifikatsiya qilish imkonini yaratadi. Umuman olganda bu talab unga katta 
bo’lmagan o’zgartirish orqali boshqa real ob‘yektga moslashishni, ya‘ni matematik 
modelni universalligini xarakterlaydi.
Tabiiy va texnik fanlar bilan bog’liq modellashtirish turlari quydagilar: 
-
konseptual modellashtirish, bunda ma‘lum bo’lgan faktlar yoki tadqiqot 
qilinadigan ob‘yektga nisbatan tasavvurlar yoki maxsus belgilar, simvollar ustidan 
bajariladigan amallar bilan yoki tabiiy yoki sun‘iy tillar asosida tasvirlanadi; 
-
jismoniy modellashtirish, unda model va modellashtiruvchi ob‘yekt real ob‘yektlar 
yoki yagona yoki turli jismoniy tabiyatli jarayonlarni tasvirlaydi, bunda 
jarayonlarning jismoniy o’xshashligidan asl ob‘yekt va modeldagi jarayonlar 
o’rtasida ba‘zi bir o’xshashlik munosabatlari amalga oshiriladi; 
-
tuzilmaviy-funksional modellashtirish, bunda modellar sifatida sxemalar (blok- 
sxemalar), grafiklar, chizmalar, diagrammalar, jadvallar, maxsus birlashtirish va 
o’zgartirish qoidalari bilan to’ldirilgan suratlar ishlatiladi, 
-
matematik (mantiqiy-matematik) modellashtirish, bunda modellashtirish, shu 
jumladan model qurish, matematika va mantiq vositalari orqalik amalga oshiriladi; 


-
imitatsion (kompyuter vositasida) modellashtirish, bunda tadqiqot qilinuvchi 
ob‘yektning mantiqiy-matematik modeli ob‘yektning faoliyat jarayoning kompyuter 
uchun dasturiy ta‘minot sifatida amalga oshirilgan algoritmi sifatida tasvirlanadi. 
Matematik model matematik terminlarda ifodalangan bo’lib, real ob‘yekt, 
jarayon yoki tizimni asl nusxaning muhim hususiyatlarini saqlagan taqribiy 
ko’rinishidir. Matematik modellar miqdoriy shaklda ob‘yekt, jarayon yoki tizimning 
asosiy hususiyatlarini, parametrlari, ichki va tashqi bog’lanishlarini mantiqiy 
matematik qurilmalar asosida tasvir qiladi. 

Yüklə 64,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə